Address: 17, University blv. Samarkand сity, Samarkand region, Uzbekistan

Phone: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Pages

PDF

Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish tartibi
1. Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
  • magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
  • chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo‘lgan holda);
  • 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
2. Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.
3. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko‘rsatadilar.
4. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.