Address: 17, University blv. Samarkand сity, Samarkand region, Uzbekistan

Phone: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: info@univ-silkroad.uz

NEWS

PDF

2020-02-04 17:35:11 263

Ta'lim sohasidagi o‘zbek-turk munosabatlarining rivojlantirish yo‘llari

Example blog post alt

Turkiya va O‘zbekiston xalqlarining ta'lim sohasidagi o‘zaro hamkorligi borasidagi o‘zaro intilishini inobatga olgan holda, turizmni rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar sohasida umumiy ustuvorlikka ega ikkala mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining birinchi prorektori B.To‘raev Turkiyadagi Antaliya turizm Akademiyasiga rasmiy xizmat safari bilan tashrif buyurdi. 
2018 yilning 19 dekabr' kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti va Antaliya turizm Akademiyasi o‘rtasida imzolangan kelishuvga binoan tashkil etildi. Uchrashuv doirasida O‘zbekiston va Turkiya savdo-sotiq, iqtisodiyot, investisiya, axborot texnologiyalari, sanoat, ilm-fan, ta'lim, madaniyat va turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish borasida ulkan potensialga ega ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, uchrashuv chog‘ida 2020/2021 o‘quv yili uchun ish rejasi va ikki diplom ta'lim dasturlari borasida kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha to‘liq masshtabli ishlarni olib borish batafsil muhokama qilindi. Bu o‘z navbatida universitetning eng faol va yaxshi talabalarini yarim yillik muddatga Antaliyaning mehmonxona va restoranlariga amaliyotga sistematik tarzda yuborish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. 
Turizm Akademiyasining ilg‘or professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda bakalavriat va magistratura talabalari uchun turli onlayn o‘qitish tizimini yaratish usullarini yaratish va tashkil etish, shuningdek, shartnoma asosida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan o‘zaro tajriba almashish ishlarini yaxshilashga kelishib olindi.  
O‘zbek-turk munosabatlarining ijobiy o‘sish sur'atining yuksalayotgani quvonarli hol. Do‘stlik, strategik va o‘zaro manfaatdor, madaniy-gumanitar, xalqaro turizm sohasidagi strategik va o‘zaro manfaatdor hamkorlik o‘zaro hurmat va ishonch mezonlari asosida qurilmoqda.