Address: 17, University blv. Samarkand сity, Samarkand region, Uzbekistan

Phone: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: info@univ-silkroad.uz

NEWS

PDF

2020-02-06 10:30:11 132

Qardosh xalqlar birlashganda

Example blog post alt

O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Yo‘l xaritasida belgilangan “Amaliy chora-tadbirlar rejasi”, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2018 yildagi PQ №3815 qarorini amalga oshirish yuzasidan dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda zamonaviy ta'lim dasturlarini joriy etish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti birinchi prorektori boshchiligidagi delegasiya ALTID (Alaniya turoperatorlari uyushmasi) vakillari bilan uchrashdi. 
Do‘stona muhitda kechgan uchrashuvda respublikamizning turistik potensiali va imkoniyatlari bilan tanishish, xalqaro turistik bozorida ilgari surish, Turkiyadan kelayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida ilg‘or turistik kompaniyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalarini mamlakatning turfirmalari va mehmonxonalarida amaliyot o‘tash, oliy ta'lim sohasida yangi innovasiyalarni qo‘llash masalalari hal qilindi.  
Uchrashuv doirasida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti va ALTID tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv va Memorandum imzolandi. Hujjat ikki tomonlama o‘zaro tadqiqot loyihalari va ilmiy-tadqiqot dasturlari, seminar, ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish, shuningdek, manfaatdor tomonlarni jalb etgan holda innovasion loyihalar, universitet talabalari uchun doimiy ravishda turk turindustriyasi ob'ektlarida amaliyot o‘tashni amalga oshirish imkonini beradi.  
“Work and Travel” dasturiga doir barcha ta'lim yo‘nalishlari (Hotel management, Event management, restoran biznesi va h.) bo‘yicha Antaliyada 4 oylik yozgi amaliyotni tashkil qilish muzokaralarning eng muhim masalasi bo‘ldi. 
Ma'lumot uchun: Alan'yaning xushmanzara dengiz kurorti sifatidagi tarixi 1960 yillarga borib taqaladi. Turistik soha rivojlanishi va sayyohlar oqimining jadal o‘sishi oqibatida 1990 yillarga kelib mamlakat dunyoning eng mashhur turistik yo‘nalishiga aylandi. Bugungi kunga kelib, shaharning mehmonxonalar sig‘imi 200 000 o‘ringa teng. Shaharning turistik infrastrukturasi yuksak darajada rivojlangan.