Адрес: Узбекистан, г.Самарканд, Университетский бульвар 17

Телефона: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Страница

PDF

“IPAK YO‘LI” TURIZM XALQARO UNIVERSITETIDA TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISh VA BAHOLASh TARTIBI
 
            “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash TARTIBI O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 sentyabrda №3069 qayd raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida ishlab chiqildi va Universitet o‘quv-metodik Kengashining 2018 yil 29 sentyabrdagi 1-son majlisida muhokama etilib, Universitet Ilmiy Kengashining 2018 yil 29 sentyabrdagi 1-son majlis qarori bilan tasdiqlandi.
Ushbu Tartib talabalar bilimini baholashning oraliq va yakuniy bosqichlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish, talabalar bilimini baholash va natijalarini rasmiylashtirish sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi.
1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur tartib 2018-2019 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda
o‘llaniladi.
2. Professor-o‘qituvchilar talabalarni birinchi o‘quv mashg‘ulotida mazkur Tartib talablari bilan tanishtirishi shart.
3. Talabalar bilimini baholashda, malakaviy amaliyot, kurs ishi, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasida mazkur tartibda belgilangan baholash mezonlari qo‘llaniladi.

 
  2. Nazorat turlari va baholash mezonlari
4. Universitetda talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
5. Tegishli fan o‘qituvchilari talabalarni oraliq va yakuniy nazorat turlari o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin oraliq va yakuniy nazorat savollari bilan tanishtirishi shart.
6. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida (darsdan tashqari paytda) o‘tkaziladi.
7. Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin.
8. Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib, o‘quv-metodik bo‘lim bilan kelishgan holda tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
9. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
10. Semestr davomida o‘quv mashg‘ulotlari hajmi haftasiga 2 akademik soat (semestr bo‘yicha o‘quv soati hajmi 36 soat va undan kam) bo‘lsa, bir marta oraliq nazorat o‘tkaziladi. Bunda oraliq nazorat fan dasturi bo‘limlarining kamida 60-70 foizi o‘qitilgandan so‘ng o‘tkaziladi.
10.1. Agar semestr davomida o‘quv mashg‘ulotlari hajmi haftasiga 4 akademik soat (o‘quv soati hajmi 36 soatdan ko‘p) bo‘lsa, ikki marta oraliq nazorat o‘tkaziladi.
11. Oraliq va yakuniy nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi hamda ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan tekshirilib, talab darajasida tuzilganligiga ishonch hosil qilingandan so‘ng konvert yelimlanib, muhrlanadi va saqlash uchun o‘quv-metodik bo‘limga topshiriladi. Test savollari shaklidagi oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari elektron va qog‘oz ko‘rinishda topshirilishi shart.
11.1. Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis (ob’yektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart.
12. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Talabalar bilimini baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
- talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a’lo) baho;
- talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 4 (yaxshi) baho;
- talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho;
- talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
13. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
14. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha o‘quv-metodik bo‘lim tomonidan kafedra bilan kelishilgan holda belgilanadi.
15. Yakuniy nazorat turi o‘quv-metodik bo‘lim bilan kelishgan holda fakultet dekani tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.

3. Talabalar bilimini baholash
 
16. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Yakuniy baholash 100 ballik tizimda amalga oshirilib, 5 baholik tizimga o‘tkaziladi (Tartib ilovasi 1-jadvalining Koreya tizimiga muvofiq).
17. Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
18. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash universitetning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori tasdiqlagan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
19. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi ta’qiqlanadi.
20. Komissiya tarkibi o‘quv-metodik bo‘lim tomonidan tegishli fan professor-o‘qituvchilari hamda soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari ham jalb qilinishi mumkin.
21. Komissiya o‘quv-metodik bo‘lim nazorati ostida yakuniy nazorat (yozma) ishlarni tekshirib baholaydi.
22. Yakuniy nazorat turi video kuzatuv orqali nazorat qilinib yozib olinadi. Yakuniy nazorat o‘tkazilish jarayonida ota-onalar, yoshlar ittifoqi, ish beruvchi tashkilotlar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
23. Yakuniy nazoratga talabalar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida kiritiladi.
24. Nazorat turlarining o‘tkazilishi universitetning ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Bunda nazorat turlarining o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.
25. Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini hamda kurs ishlarini (agar fan bo‘yicha kurs ishlari nazarda tutilgan bo‘lsa) topshirgan bo‘lishlari shart. Oraliq nazorat turi yoki kurs ishini birinchi topshirishda o‘ta olmagan talaba birinchi yakuniy nazoratgacha ko‘pi bilan ikki marta topshirish imkoniyatiga ega.
26. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
27. Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
28. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
29. Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim.
30. Bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalar kuzgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan hollarda talabaga 1 oygacha, bahorgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan talabaga tegishli fan (fanlar) bo‘yicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi o‘quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.
30.1. Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular universitet rektorining buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
31. Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
31.1. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani o‘quv-metodik bo‘lim bilan kelishgan holda komissiya tuzadi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
31.2. Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
32. Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan universitet rektorini xabardor qiladi va ushbu talaba rektor buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi.
3. Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.
34. Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) o‘zlashtirmagan semestr boshidan to‘lov-kontrakt asosida mazkur o‘quv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq o‘qishni davom ettiradi.
35. Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar o‘quv-metodik bo‘lim tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
36. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi.
37. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
38. Talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
39. Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatiladi.
40. Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi.

4. Baholash natijalarini qayd qilish

41. Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi tomonidan Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-o‘qituvchi qo‘shimcha ravishda talabalar bilimini baholashni elektron qaydnoma tizimida ham yuritishi shart.
42. Professor-o‘qituvchi jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning o‘zida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, bunda professor-o‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda jurnalga qayd etishi lozim.
43. Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
44. Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yiladi.
45. Jurnal tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi, fakultet dekani va dekan o‘rinbosari tomonidan imzolanadi hamda fakultet dekanatida saqlanadi. Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani mas’ul hisoblanadi.
46. Komissiya tomonidan o‘tkazilgan yakuniy nazorat natijalari fan o‘qituvchisi tomonidan jurnalga qayd etilib, shu kunning o‘zida talabaning Baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi shart.
47. Yakuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan yoki Jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi.
48. Jurnalning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq yuritilishi, shuningdek undagi baho va boshqa ma’lumotlarga asossiz o‘zgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi mas’ul hisoblanadi.
49. Tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha ishchi o‘quv rejadagi fanlar bo‘yicha «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholangan talaba universitet rektorining buyrug‘iga asosan keyingi kursga o‘tkaziladi.
50. Baholash natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va universitet Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan fanning nomi professor-o‘qituvchilar ro‘yxati bilan tegishli chora ko‘rilishi uchun universitet rahbariyatiga taqdim etiladi.
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tartibiga ILOVA
1-jadval
Oliy ta’limda talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimlarini qiyosiy taqqoslash
JADVALI
O‘zbekiston tizimi
(baho)
Rossiya tizimi
(MDU)
YEvropa kredit transfer tizimi (ECTS — European Credit Transfer System)
Amerika tizimi
(A- F)
Britaniya tizimi
(%)
Yaponiya tizimi
(%)
Koreya
tizimi
(%)
O‘zbekiston tizimi
(%)
«5»
«5»
«A»
«A+»
70 - 100
80 - 100
90 - 100
90 - 100
«A»
«A-»
65 - 69
«4»
«4»
«B»
«B+»
60 - 64
70 - 79
80 - 89
70 - 89,9
«C»
«B»
50 - 59
«B-»
«3»
«3»
«D»
«C+»
45 - 49
60 - 69
70 - 79
60 - 69,9
«E»
«C»
40 - 44
«C-»
«D+»
60 - 69
«D»
«D-»
«2»
«2»
«FX»
«F»
0 - 39
0 - 59
0 - 59
0 - 59,9
«F»