Адрес: Узбекистан, г.Самарканд, Университетский бульвар 17

Телефона: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: info@univ-silkroad.uz

НОВОСТИ

PDF

2019-08-03 16:20:25 6728

Qabul tugadi deb o‘ylaysizmi? Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti o‘qishga taklif etadi

Example blog post alt

OTMlarda qabul tugadi deb o‘ylasangiz, adashasiz. Samarqandda faoliyatini boshlagan  «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga taklif qiladi.
Double degree (Qo‘shma dastur) bo‘yicha
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti Double degree (Qo‘shma dastur) diplomi beriladigan yo‘nalishlarga ham o‘qishga taklif qiladi. Ya’ni, bunday diplom ham O‘zbekistonda, ham xorijda amalda bo‘ladi. «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti quyidagi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha chet el oliygohlari bilan hamkorlikdagi o‘qishga taklif etadi. Unga ko‘ra 4 yillik ta’limning ikki yili O‘zbekistonda, ikki yili hamkorlik qilinayotgan mamlakatda amalga oshiriladi.
  • Bachelor in Tourism Management. Indoneziyaning Saxid politexnika instituti bilan hamkorlikda. 2+2 ko‘rinishidagi ta’lim ingliz tilida olib boriladi;
  • Bachelor in Tourism ManagementMajor in Event Management. Saxid politexnika instituti bilan hamkorlikda. 2+2 ko‘rinishidagi ta’lim ingliz tilida olib boriladi;
  • Bachelor Degree in Culinary Management. Saxid politexnika instituti bilan hamkorlikda. 2+2 ko‘rinishidagi ta’lim ingliz tilida olib boriladi;
  • Hotel Management. Xitoyning Guylin universiteti bilan hamkorlikda. 2+2 ko‘rinishidagi ta’lim ingliz tilida olib boriladi;
  • Tourist Logistics. Chyexiyaning oliy logistika maktabi bilan hamkorlikda. 1+2 ko‘rinishidagi ta’lim ingliz va rus tillarida olib boriladi;
Hujjatlar 2019 yil 20 iyuldan 10 avgustgacha qabul qilinadi.
Abituriyentlar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:
1) Oliy ta’lim muassasalari rektorlari nomiga ariza;
2) O‘rta (o‘rta-maxsus) ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi;
3) 6 dona rangli fotosurat (3x4 o‘lchamda);
4) Pasport nusxasi;
Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha
Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ham o‘qishga qabul qiladi. 2019/20 yilgi o‘quv mavsumi uchun quyidagi yo‘nalishlarda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi:
  • 5111076  – Kasb ta`limi (turizm);
  • 5233400  – Turizm sohasida marketing;
  • 5610300  – Turizm (faoliyat yo`nalishlari bo`yicha);
  • 5610900  – Turizm sohasida loyihalash;
  • 5611000 – Turizm sohasida xizmatlar texnologiyasi va ularni tashkil etish;
  • 5611100 – Mehmonxona biznesi;
  • 5611200 – Restoran biznesi;
  • 5611300 – Ommaviy tadbirlar menejmenti;
  • 5620500 – Turizm faoliyatida logistika.
Abituriyentlar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:
1) Oliy ta’lim muassasalari rektorlari nomiga ariza;
2) Oliy  ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi;
3) 6 dona rangli fotosurat (3x4 o‘lchamda);
4) Pasport nusxasi;
5) Harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.
Yuqoridagi yo‘nalishlarda o‘qish o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Abituriyentlar 20 avgustgacha hujjat topshirishlari mumkin.
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti manzili: Samarqand shahri, universitet xiyoboni 17.
Murojaat uchun telefonlar: +99866 233-56-47; +99866 233-34-20