Payshanba, 17 Sentyabr 2020 11:51

Universitetning 2 - bosqich talabasi – O'ETTF tanlovlari g'olibi

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat Qo'mitasi hamda O'zbekiston ekstremal va tog' turizmi Federatsiyasi (O'ETTF) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-sonli "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, shuningdek, "Tarix karvoni" ("Караван историй") loyihasi doirasida 2020-yil 5-13-sentabr kunlari Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi "Eagle Rock" turizm tayanch hududida "Ekolandia" yoshlar oromgohi tashkil etildi.

Ushbu loyihada "Guidance and Translation" yo'nalishi 2-bosqich talabasi Amirova Shahzoda ham faol ishtirok etdi. Xususan, Shahzoda O'zbekistonning kam ma'lum bo'lgan tarixiy-etnografik obyektlariga turizmni yo’naltirish loyihalariga bag'ishlangan tezislar tanlovida ishtirok etgani uchun sertifikat bilan taqdirlandi. Amirova Shahzodaning tezisi ingliz tilida tayyorlangan bo'lib, hakamlar hay'ati tomonidan yuqori baholangan. Tezislar tanlovida ishtirok etishdan tashqari, "Ipak yo'li" universiteti talabasi soha yo’nalishidagi turli sho’balarda ishtirok etgan, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritib, diplomlar bilan taqdirlangan. Jumladan, Shahzoda "Sport oriyentatsiyasi" sho’basida faxrli ikkinchi, "Sport turizmi" sho’basida esa birinchi o'rinni egalladi.

Ta'kidlash joizki, "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti talabasi Amirova Shaxzodaning erishgan yutuqlari O'zbekiston ekstremal va tog' turizmi Federatsiyasi raisi L.Yu.Kozlovskiyda katta taassurot qoldirdi. Bu haqda “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti birinchi prorektori prof. J.D. Eltazarovning nomiga yozilgan rasmiy minnatdorchilik xatida ham ta’kidlab o’tildi.

O'qilgan 4592 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar