Shanba, 20 Iyun 2020 12:06

«Samarqand – Sharq gavhari» mavzusidagi eng yaxshi fotosuratlar tanlovi

«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti va Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda «Dunyoga eng yaxshi fotosuratlaringizni namoyish eting! Turizmni birgalikda tiklaymiz!» shiori ostida tanlov o‘tkazmoqda.

Barcha professional va havaskor fotosuratchilarni o'zlarining fotogalereyasidagi fotosuratlari bilan tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz. Tanlovda sovrinli o‘rinlar belgilanishi uchun 100 dan ortiq fotosuratlar kelib tushishi lozim. Fotosurat yuqori sifatli olingan va internet manbasidan ko‘chirilmagan bo‘lishi shart. Tanlovda har bir ishtirok etuvchi kamida 10 ta fotosurat bilan qatnashishi mumkin. Ishtirok etuvchi shaxs quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim: F.I.SH, telefon raqami, ish joyi, yuborilgan fotosuratning tanlovdagi mavzusi va fotosurat to‘g‘risida ma’lumotlar (fotosurat sanasi va fotosuratda aks ettirilgan joyning nomi)

Fotosuratlar quyidagi mavzularga oid bo‘lishi kerak:

  • Samarqandning diqqatga sazovor joylari;
  • Samarqand bozorlari;
  • Samarqandning mehmondo'stligi;
  • Samarqand xalqining milliy urf-odat va an’analari;
  • Samarqandi so‘zanasining rang-barang olami;
  • Samarqand xalqining hunarmandchilik sirlari;

G‘oliblar uchun sovrinlar:

  • 1-o‘rin – 2 000 000 so‘m
  • 2-o‘rin – 1 500 000 so‘m
  • 3- o‘rin – 1 000 000 so‘m

Fotosuratlarni jo‘natish muddati 2020-yil 30-iyulgacha

Aloqa uchun:

E-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Akbar Abduxalilov +998 93 665 09 55

Nodir Xushvaqtov +998 90 985 89 90

Saytdagi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar