Juma, 02 Oktyabr 2020 10:54

Universitet mustaqil izlanuvchilikka (PhD) quyidagi ixtisosliklar bo’yicha tanlov e’lon qiladi

“Ipak yo’li” Turizm xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD) quyidagi ixtisosliklar bo’yicha tanlov e’lon qiladi:

08.00.05- Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti

08.00.11- Marketing

08.00.13- Menejment

09.00.02- Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi

09.00.04- Ijtimoiy falsafa

10.00.04- Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti

10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

10.00.11- Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi

Hujjatlar 2020 yil  2 Oktyabrdan – 15 Oktyabrgacha qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 26 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limga qo’yilgan davlat talablari” va “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi: (1) magistr diplomi yoki oliy ma’lumot to’g’risidagi (ixtisoslik bo’yicha) diplomga ega bo’lganlar; (2) belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo’lganlar; (3) kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari)ga ega bo’lganlar.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida o’qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni  universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo’limiga taqdim etishlari va http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali onlayn ro’yxatdan o’tishlari talab qilinadi:

  1. Ariza;
  2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  4. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to’g’risidagi diplom nusxasi ilovalari bilan birgalikda;
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari;
  6. Pasport nusxasi;
  7. 3x4 rasm, 4 dona;
  8. Taxminiy dissertasiya mavzusi va asosnomasi

Mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi.  

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo’li” Turizm xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo’limi

Murojaat uchun telefon: +998976143377

Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Saytdagi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar