Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

Xalqaro aloqalar bo’limi

   Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i
   Akramova Firuza Ikromovna
   Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17
   Тел: + 998 97 915-51-00

 

Xalqaro aloqalar bo’limi «Ipak yo’li» turizm xalqaro universitetining tarkibiy bo’limidir.
Bo’lim o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, ta’lim to’g’risidagi qonun, O’zbekiston Respublikasi prezidenti va Vazirlar Mahkamasining farmonlari, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining, Turizm xalqaro universitetining nizomi, ilmiy kengashi va rektorat qarorlari asosida olib boradi.
Bo’limning maqsadi:
  • «Ipak yo’li» turizm xalqaro universiteti rektorati rahbarligida barcha tarkibiy bo’linmalarning faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Milliy va xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim jarayonida zamonaviy innovasion va ilmiy pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni tayyorlashni ta’minlash;
  • Ta’lim va ilmiy faoliyatda ishlab chiqarishning uzviy integrasiyasi uchun sharoit yaratish;
  • Turizm sohasidagi subyektlar mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
  • Turistik faoliyatni yuritishda va turizm sohasida yo’lovchi tashish faoliyatlarini amalga oshirish;
  • Respublika va xorijning yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan ularning mutaxassislarini va ekspertlarini ta’lim jarayoni, ilmiy tadqiqot ishlari va turizm sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpozium va seminarlar o’tkazishga jalb etish;
  • Akademik mobillikni (almashinuvni) ta’minlash;
  • Hamkor universitetlar bilan birga yozgi va qishki maktablarni tashkil etish va ularda universitet talabalarining ishtirokini ta’minlash;
  • Mavjud ta’lim dasturlarini rivojlantirish;
  • Ikki tomonlama diplom dasturlarini rivojlantirish;
  • O’zbekiston hududida joylashgan xalqaro, yevropa tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
  • Xalqaro uchrashuvlar vaqtida rasmiy delegasiyalarga hamrohlik qilish;
Bo’limning vazifalari:
  • Universitetda xalqaro hamkorlikning tashkiliy, uslubiy va vakillik ta’minotini tashkil etish;
  • Hamkorlikning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash, universitet xalqaro aloqalarini perspektiv rejalashtirish, universitet miqyosida aloqalarni o’rnatishda hamkorlarni izlash va tanlash, hamkorlikdagi faoliyatlarning rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, xalqaro almashinuvlarni amalga oshirish;
  • Xalqaro ilmiy tadqiqot va ta’lim loyihalarini tayyorlash va uni amalga oshirish;
  • Universitet bilan chet davlatlarning o’quv muassasalari, tashkilotlari va fondlari bilan hamkorlik ishchi dasturlarining bajarilishini tashkil etish hamda ular bilan hamkorlikni o’rnatish;
  • Faoliyatning tomonlararo kelishuvi, xalqaro aloqa va almashinuvlarni, xususan talabalar va professor-o’qituvchilarning akademik almashinuvini amalga oshirish maqsadida axborot va tahliliy ta’minotni hamda xalqaro xamkorlikni qo’llashni amalga oshirish;
  • Amalga oshirilgan kelishuvlarga muvofiq universitetning fakultetlari, kafedralari va boshqa bo’limlarining xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv faoliyatiga yordam berish va koordinasiyalash, xalqaro konferensiyalarni tashkil qilish, chet davlatlar universitetlari, tashkilotlari va muassasalari bilan aloqalar o’rnatishda hamkorlik qilish;
  • Universitetga keluvchi chet el delegasiyalarining rasmiy, ishchi, xususiy tashriflarida hamrohlik qilish.
Hozirgi kunda universitet quyidagi xorijiy ta’lim muassasalari bilan faoliyat olib bormoqda:
  • Saxid turizm instituti
  • Saxid kurort va mehmonxonalari
  • Maksim Tank nomidagi Belorussiya davlat pedagogika universiteti
  • Shimoliy-Kavkaz davlat universiteti
  • Sochi davlat universiteti
  • Qozon davlat madaniyat instituti
  • Tatarston Respublikasi Fanlar Akademiyasi A.X.Xalikov nomli Arxeologiya instituti
  • Qozon Federal universitetining Xalqaro aloqalar instituti
  • Indoneziyaning Palimbang politexnika universiteti
  • Antaliya turizm akademiyasi (Turkiya)
Ikki tomonlama diplom berilishini ko’zda tutuvchi Surakartadagi (Indoneziya) Saxid turizm institute va Djakartadagi Saxid politexnika maktabi bilan ikki tomonlama shartnoma imzolandi.