Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

TALABALAR “ONE.UZ” KLUBIDA BIRLASHADI.

Joriy yilning 2-fevral sanasida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining Turizm sohasida innovatsiyalar markazida “ONE.UZ” nomi bilan yoshlar innovatsiyalari va startaplari klubi o’z faoliyatini boshladi. Klubning asosiy olib boradigan ishi bevosita yoshlar g’oyalarini va innovatsion tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashdan iborat bo’lib, uni loyiha va prototip ko’rnishga keltiradi. Hozirda Klub startap biznes modellari bo’yicha o’quv seminarlarini olib bormoqda. Yoshlarga o’rgatilayotgan asosiy model – bu tejamkor, ya’ni “Lean startup” modelidan foydalanish hisoblanadi. Klub o’z oldiga startap va innovatsion g’oyalarni rivojlantiruvchi va modelini yaratish bo’yicha turli vazifalar va dasturlar qo’ygan bo’lib, 1-davrda har bir guruhdan klub a’zolarini saralash bo’yicha ishlar olib borildi. Bunda talabalarning bilimlari, ijodiy qiziqishlari, iqtidorlari va tashabbuskorligi hisobga olindi. Hozirgi kunda klub 30 ga yaqin iqtidorli talabalardan tashkil topgan a’zolarini jamlagan va birgalikda turli startap loyihalari bo’yicha akselleratsiya jarayonini amalga oshirishmoqda.