Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

"Ustoz-shogird" maktabi

     Universitetning “Turizm menejmenti” fakultetida 3 ta kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar tomonidan “Ustoz-shogird” tizimiga asoslangan holda ilm-fan, ijodkorlikka alohida iqtidori bo’lgan, fanlarni muntazam ijobiy baholarda o’zlashtirib kelayotgan talabalar ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilinmoqda. 1-kursda ta’lim olayotgan 137 nafar talabalar Universitetda faoliyat ko’rsatayotgan fan doktorlari va fan nomzodlari, tajribali o’qituvchilarga biriktirilgan.
“Ustoz-shogird” maktabi bu:
  • universitetda yosh o‘qituvchilarning kasbiy darajasi va malakasini oshirish;
  • yosh mutaxassis-pedagoglarda ta’lim faoliyatiga ijobiy munosabatni rivojlantirish;
  • pedagogik faoliyatda jadal moslashish va kutilgan natijalarga erishish imkoniyati;
  • universitetda ta’lim jarayonining sifatini oshirishga ko‘maklashish.
Ushbu tizim yosh o‘qituvchiga oliy ta’lim tizimining barcha tuzilmalari va bo‘linmalari faoliyati bilan tanishishga yordam beradigan yo‘l xaritasidir. Bunday tizim pedagogik faoliyatni tashkil etishning namunasi va yosh o‘qituvchini rag‘batlantirish jarayonidir.