Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

Yosh olimlar kengashi

      «Ipak yo’li» turizm xalqaro universiteti qoshidagi “Yosh olimlar kengashi” (keyingi o’rinlarda - Kengash) universitet olimlari, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari tashkilotlarining tajribali mutaxassislari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant talabalardan iborat tarkibda shakllangan (keyinchalik – yosh olimlar) jamoat tashkiloti hisoblanadi.
    Kengash barcha imkoniyatlarini qo’llagan holda yosh olimlar ijodiy faolligini rivojlanishiga, ularning mutaxassisliklari bo’yicha kamol topishiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim ilmiy va amaliy muammolarning ilmiy jihatdan yechimini topishga ko’maklashadi, yosh tadqiqotchilarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga, o’z salohiyat va imkoniyatlarini to’liq namoyon etishlariga yordamlashadi va sharoit yaratadi.
KENGASH FAOLIYATI
Kengash o’zining faoliyatida:
  • joriy yil uchun o’zining rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning bajarilishi to’g’risidagi axborotlarni tinglaydi. Kengash tadbirlari, ilmiy anjumanlari, seminarlari rejalarini tasdiqlaydi, tadbirlarga tayyorgarlik va o’tkazish jarayoni to’g’risidagi axborotlarni tinglaydi.
  • Yosh olimlarni muntazam ravishda universitet olimlari, tajribali mutaxassislarini ma’ruzalarini reja asosida tashkillashtiradi.
  • Universitetda faoliyat yuritayotgan olimlarning ommaviy-axborot vositalari (televideniye, radio, soha gazeta va jurnallar)da axborot-kommunikasiya texnologiyasini rivojlantirish bo’yicha dolzarb mavzularda ilmiy-ommabop materiallar bilan chiqishini tashkillashtiradi.
  • O’zR OO’MTVga hamda universitet rahbariyatiga yosh olimlarni yo’nalishlar bo’yicha xorijga ilmiy tajriba va malaka oshirishga, halqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga yuborish to’g’risida takliflar kiritadi.
  • Kengash yig’ilishlarida xorijiy ilmiy-markazlar va muassasalarda malaka oshirgan yosh mutaxassislarning axborotini tinglaydi.
  • O’zR OO’MTVga, hamda universitet rahbariyatiga yosh olimlarning eng yaxshi ishlarini taqdirlash bo’yicha takliflar kiritadi.
  • Universitet yosh olimlarining yutuqlari va erishayotgan natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni ommalashtiradi.
  • kengash tarkibiga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqadi va muhokama etadi.
KENGASHNING MAQSADI VA VAZIFALARI
  • Kengashning asosiy maqsadi – oliy ta’lim tizimida yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo’naltirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlar kasbiy va ijtimoiy-maishiy miqyosdagi ilmiy-ijodiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini izchil rivojlantirish asosida ilmiy tadqiqotlar bilan muntazam shug’ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, universitet akademiklari, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasining yirik korxona va tashkilotlarining raxbariyati, tajribali mutaxassislari tomonidan ularning mutaxassisliklari va ijtimoiy sohalarga oid qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash – shu tarzda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlashga ko’maklashishdan iborat.
  • Yosh olimlarni universitet olimlari, tajribali mutaxassislari maslahatlari va ko’magida mamlakat ilm-fani uchun dolzarb, milliy iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga, halqimiz ma’naviyati va madaniyatining yuksalishiga ko’maklashuvchi fundamental, amaliy va innovasion yo’nalishlardagi ilmiy faoliyatga jalb qilish.
  • Yosh olimlar faoliyati orqali ilm-fanning ustuvor yo’nalishlar bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish va olib borishda ustoz-shogird tizimini shakllantirish.
  • Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalari hamda boshqa ilmiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, yosh olimlarning ijodiy faolligini kuchaytirish, ilmiy anjumanlar, seminarlar o’tkazishga ko’maklashish.
  • Yosh olimlarning ilmiy tadqiqot ishi natijalarini umumlashtirish va uning yangi shakllarini izlash, OO’MTV muassasalarida tadbiq etishda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tashabbuskorlik ko’rsatish.
  • Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etish uchun yosh olimlarning ilmiy safarlarini rejalashtirish va har tomonlama yordam ko’rsatish.
  • Yosh olimlarning yetakchi ilmiy markazlar va OTMlardagi horijiy hamkasblari bilan o’rnatilgan tartibda faol halqaro hamkorligini tashkil etish, xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markaz va muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o’rnatish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, anjumanlar, seminarlar va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etishga, xorijiy mamlakatlarning ilmiy jurnallarida maqolalar e’lon qilishga ko’maklashish.
  • Yosh olimlar ilmiy ishlari natijalarini universitet olimlari, tajribali mutaxassislari tomonidan muntazam muhokama etish, davlat grantlari, xorijiy mamlakatlar grantlari va xo’jalik shartnomalarida yosh olimlar ishtirokini ta’minlash, eng yaxshi va Respublika uchun ustuvor hisoblangan ilmiy tadqiqot natijalarini universitet va soha tashkilotlar jurnallarida nashr etish va ommalashtirishga ko’maklashish.
  • O’z faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan yosh olimlarni rag’batlantirish bo’yicha tavsiyalar berish.
  • Yosh olimlarning faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi grant ajratuvchi tashkilotlar to’g’risida ma’lumotlar yig’ish va ular haqida yosh izlanuvchilarni xabardor qilish.