Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

O`quv va ishlab chiqarish koplekslarni boshqarish direksiyasi

"O‘quv-ishlab chiqarish komplekslarini boshqarish direksiyasi "
(keyingi o‘rinlarda O‘IK)
“Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti.
Direksiya boshlig‘i: J. Abdullayev
 




O‘IK missiyasi va vazifalari
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi
PQ-3815-sonli «Ipak yo‘li xalqaro turizm universiteti tashkil etish to‘g‘risida» gi Farmoni asosida universitet tarkibida «Kadrlar tayyorlash va ishlab chiqarish majmualarini boshqarish direksiyasi» tashkil etildi;
1.2. Missiya - "O‘quv va ishlab chiqarish majmualari boshqarish direksiyasi" - talabalarning professional malakasini shakllantirish, turistik xizmatlar bozorining ichki va tashqi iste’molchilari uchun turistik xizmat ko‘rsatish hududining o‘ziga jalb etilishini ta’minlaydigan zamonaviy turizm industriyasining mamlakat (mintaqasi) uchun yetarli bo‘lgan shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish;
1.3 Maqsad - Mintaqada amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish va ijtimoiy-madaniy rivojlanish markazi bo‘lish. O‘zbekiston va ayniqsa, Samarqand shahri uchun turizmning muhim sohalaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi ishberuvchilar tomonidan yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan talabni qondirishni talab qiladi;
O‘IK asosiy vazifalari
2.1. Universitet hududida amaliy turizmni ishlab chiqarish maydonlarini yaratish;
2.2. Mahalliy va xorijiy etakchi tadqiqotchilarni, mutaxassislarni, o‘qituvchilarni, amaliyotchilarni tegishli mutaxassisliklar va o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonini ta’minlash;
2.3. Faol va iqtidorli talabalarni ilmiy va ijodiy guruhlarga jalb qilish mexanizmini shakllantirish. Xalqaro turizm masalalariga bag‘ishlangan iqtidorli talabalarning ilmiy va ijodiy forumini tashkil etish;
2.4. Chyet el sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar va boshqa turar joy binolari, etakchi oliy o‘quv yurtlari va tadqiqot markazlarida, shu jumladan magistratura va doktoranturada o‘qish uchun iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish orqali O‘IK xodimlarini malakasini oshirish;
2.5. Turistik firmalari, mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun ilmiy anjumanlar (konferensiya, simpozium, kongress va boshqalar) o‘tkazish. Seminarlar, qisqa o‘quv kurslar va amaliy seminarlar o‘zaro aloqalarni rivojlantirish vositalari bo‘lishi mumkin;
2.6. Aniq iqtisodiyot dasturlar va biznes loyihalarini ishlab chiqishda nafaqat nazariy bilimlarni balki amaliy ko‘nikma va tajribani ham qo‘lga kiritish.