Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

Turizm sohasida innovatsiyalar markazi

       Markaz boshlig'i: Umarov Toxir Oblaqulovich

         Qabul kunlari:  Dushanba - Chorshanba (10:00 - 13:00)

       Telefon: 

       Elektron pochta:  toxir.umarov.2018@mail.ru

       Markazning asosiy faoliyati oliy ta’lim tizimida turizm sohasida innovatsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Markaz  o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, hay’at qarorlariga, shuningdek o‘zining Nizomiga amal qiladi.
Universitetning tuzilmasiga muvofiq, Markaz o‘z vakolati doirasidagi tashkiliy va ijro intizomiga oid masalalar bo‘yicha, ilmiy ishlar va  innovatsiya  bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
    Markazning vazifalari
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida:
1.1.Oliy ta’lim sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mo‘ljallangan vazifalar bajarilishini ta’minlaydi;
1.2.Oliy ta’lim muassasalarida turizm innovatsiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishini tashkil etadi;
1.3.Oliy ta’lim tizimida yuqori turizm madaniyatini shakllantiradi, ta’lim muassasalarining yagona turizm makonini yaratadi va rivojlantiradi;
1.4.Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasida turizm soxasida innovatsiyani joriy etish masalalarini muvofiqlashtiradi;
1.5.Oliy ta’lim muassasalarida turizm innovatsiyasini joriy etish, ushbu sohada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning monitoringini olib boradi;
1.6.Oliy ta’lim muassasalarida turizm innovatsiyalarini ommaviylashtirish bo‘yicha (tanlovlar, ko‘rgazmalar, musobaqalar va h.k.) chora-tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi.
2.Fan va innovatsiyalar sohasida:
2.1.O‘quv jarayoniga va rahbarlik faoliyatiga turizm innovatsiyalarini joriy etadi;
2.2.Yangi avlod darsliklarini yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq, elektron, multimedia darsliklari, o‘quv-uslubiy adabiyotlar va axborot-ta’lim resurslarini yaratishni tashkil etadi;
2.3.Turizm innovatsiyalari  sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar monitoringini tashkil etadi;
2.4.O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi;