Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

XORIJIY TALABALAR UCHUN AXBOROT

«Ipak yo‘li» xalqaro turizm  universiteti
XORIJIY  TALABALAR UCHUN AXBOROT
«Ipak yo‘li»  turizm  xalqaro universiteti (keyingi  matnda - Universitet)    O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2018 yilning  28 iyun kungi PQ-3815 qarori  asosida  Samarqad  shahrida  tashkil  etildi. Bugungi  kunda  universitet  turizm  sohasidagi  takchi   professional  ta’lim    muassasasidir.  Universitet  bitiruvchilariga butun  jahon  bo‘ylab  turistik  firmalar, mehmonxonalar,  restoranlarda  ishlash  imkoniyatini  beruvchi  kasb  haqida  tushunchalarini  o‘zgartirishga  qodir  nazariy  bilimlar va  amaliy  tajriba  berish  imkoniga  ega.
Universitetning asosiy  maqsadi, Buyuk  Ipak Yo‘lidagi  turistik  yo‘nalishda    go‘zal  turistik  markaz  sifatida    respublikamiz  ijobiy  imidjini  shakllantirish,   xizmatlar  sohasini  rivojlantirish,  turistik  aylanmaga  hududlar  salohiyatini    to‘laqonli  jalb  etilishini  ta’minlovchi   turizm  industriyasi   jahon  bozorida    yuqori  malakali  va  raqobatbardosh  kadrlarni  tayyorlashdir.
2019-2020  o‘quv  yilida,  2019 yilning  20 avgustiga  qadar,   bakalavriatning  13 yo‘nalishi  bo‘yicha  xorijiy  abituriyentlarni   qabul  qilinish  boshlangan.