Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

Devonxona

Bo`linma haqida
Devonxona oliy o`quv yurtining mustaqil tizimli bo`limi bo`lib, OO`Y Nizomi asosida harakat qiladi va bevosita rektorga bo`ysinadi. Bo`limga 2018 - yil iyul oyida «Ipak yo`li» turizm xalqaro universiteti tuzilmasida asos solingan. Bo`lim o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va OO`Y Nizomiga tayanadi. Bo`limni OO`Y Rektori buyurug`i bilan tayinlangan boshliq boshqaradi va universitetning tizimli bo`limi hisoblanadi.
Bo`linma tarixi
2018 yil 15 avgustdan hozirgi davrgacha Arziqulov Zayniddin Qo`ziboyevich devonxona boshlig`i lavozimida faoliyat olib bormoqda. Bo`lim o`zininig faoliyatining dastlabki davridan hujjat yuritishni olib borish, hujjatlarni shakllantirish va saqlash, yozishmalarni qabul qilish, ro`yxatdan o`tkazish va yuborish bo`yicha ishlarni olib boradi. Bugungi kunda bo`limda ish elektron hujjat aylanishning “E hujjat” dasturi asosida olib borilyapti.
  Bo`lim boshlig’i 
  Arziqulov Zayniddin Qo`ziboyevich
  Manzil: 
Qashqadaryo viloyati.
  Ma’lumoti:  oliy  

 
 
 

 Kurer 
 Qoxxorova Maxliyo
 Xushvaqt qizi
 Manzili: Samarqand viloyati .
 Ma’lumoti: – o`rta maxsus

 
 
 
 
 Arxiv xodimi
 Pulatova Maxfuza Rayimovna
 Manzili: 
Samarqand viloyati.
 Ma’lumoti – oliy.
     
 

                      Bo`linma ishlari
Bo`lim faoliyatining asosiy yo`nalishlari quydagilar:
1. Hujjat  yuritish bo`yicha Nizomga amal qilishni umumiy nazorat qilish devonxona boshlig`i zimmasiga yuklatilgan.
2. OO`Y da hujjat  yuritishni tashkil qilish va takomillashtirish.
3. Yozishmalarni to`g`ri ro`yxatdan va hisobdan o`tkazishni tashkillashtirish. 
4. Hujjatlashtirishda tugallangan hujjat materiallaridan foydalanish va saqlashni tashkillashtirish.
Bo`lim faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish:
•    Bo`limni boshqarish OO`Y rektori buyurig`i bilan tayinlangan bo`lim boshlig`i tomonidan amalga oshiriladi. 
•    Bo`limga xodimlar rektor tomonidan bo`lim boshlig`i tavsiyasiga asosan qabul qilinadi. 
•    Boshliq universitet  Nizomi va bo`lim Nizomiga mos holda hamma faoliyat ustidan boshqaruvni amalga oshiradi.
Bo`lim tuzilishi:
Bo`lim 3 shtat birligiga ega, ulardan:
•     Boshliq 
•    Kur`yer 
•    Arxiv xodimi
Bo`limning vazifalari:
1. Boshqarish faoliyatini hujjatlashtirish. 
2. Kelayotgan yozishmalarni qabul qilish, ro`yxatga olish va jo`natish.
3. Ishlarning shakllanishi va ishlarning nomlarini tuzish.
4. Hujjatlarni idora arxiviga topshirish uchun tayyorlash.
5. Yozishmalarni qabul qilish va jo`natish 
6. Rahbariyatga yetkazish uchun fuqarolar arizalari va hujjatlarini ro`yxatdan o`tkazish hisoboti va bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib borish.
7. OO`Y xodimlarini buyruq hujjatlari bilan tanishtirish. 
8. OO`Y rahbariyatga hujjat yaratish va bajarilish nazorati masalalari  bo`yicha ma`lumotlar taqdim qilish.
9. Devonxona xodimlarining lavozimi va funksional vazifalarini tuzish hamda malakalarini oshirishni tashkillashtirish. 
Kontakt ma`lumotlar
Bolimning nomi:
 Devonxona.
Manzil: Samarqand sh. Universitet xiyoboni, 17.
tel. +998(66) 239-16-46, 97-920-71-72
Xodimlarga
Devonxona murojaat qiluvchilarning qabulini amalga oshiradi:

1.    Shikoyat va arizalarni ro`yxatga olish.
2.    Xat va buyuriqlarning firma blankalarini berish.
3.    Hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash.
Devonxona tashkilotga tashqaridan kelgan hujjatlar bilan ish olib boradi, aynan:  
•    Hujjatlarni qabul qililsh va yetkazish;
•    Hujjatlarni birlamchi ishlovi ;
•    Hujjatlarni dastlabki ko`rigi;
Universitetdan tashqariga yuborilayotgan hujjatlar bilan ishlash:
•    Mas`ul ijrochilardan hujjatlarni to`g`ri rasmiylashtirilgannini va qabulini tekshirish:
•    Hujjatlarni ro`yxatga olinishi :
•    Hujjatlarni jo`natishga tayyorlash :
•    Hujjatlarni nazorat nusxalarini papkalarga joylashtirish:
•    Hujjatlarni nazorat nusxalari bilan ishlash va keyinchalik saqlash