Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

“Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi

   “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri:
 
   Falsafa fanlari doktori, professor
   Negmatova Shaxzoda Shuxratovna
 
   Manzil: 140104 Samarqand shaxar universitet xiyoboni 17
   Tel: +998 91 5312442
   E-mail: 

“Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi haqida ma’lumot

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 28 iyundagi PQ-3815 qaroriga muvofioq tashkil etilgan “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetida 2018-2019 o’quv yilidan boshlab “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi o’z ishini boshladi. Kafedra tarkibida 12 nafar professor-o’qituvchilar mavjud bo’lib, ulardan 4 nafari fan doktori, 3 nafari fan nomzodi va 5 nafari assistent o’qituvchilardir. Kafedraning professor-o’qituvchilari universitet talabalariga O’zbekiston tarixi, dinshunoslik, falsafa, valeologiya, jismoniy tarbiya va iqtisodchilar uchun matematika kabi fanlardan ta’lim berib kelishmoqda.

    Fanlar kesimida O’zbekiston tarixi fanidan 2 nafar fan doktori, dinshunoslik fanidan 1 nafar fan doktori va 1 nafar assistent-o’qituvchi, falsafa fanidan 1 nafar fan doktori, 1 nafar fan nomzodi va 1 nafar assistent-o’qituvchi, valeologiya fanidan 1 nafar assistent-o’qituvchi, jismoniy tarbiya fanidan 1 nafar assistent-o’qituvchi hamda iqtisodchilar uchun matematika fanidan 1 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi va 2 nafar assistent-o’qituvchilar dars berishmoqda.

    Kafedra professor-o’qituvchilarining maqsadi – yurtimizning kelajagi, vatanimizning ravnaqi uchun jon kuydiradigan, ma’naviy yetuk va Prezidentimizning ishonchlarini oqlaydigan barkamol kadrlarni tayyorlashdan iborat.