Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

“UMUMKASBIY VA IXTISOSLIK FANLARI” KAFEDRASI

   Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari kafedrasi mudiri
   Turdibekov Xasan Ibragimovich
   
   Manzil: 140104 Samarqand shaxar universitet xiyoboni 17
   Tel: +998 90 2135908
   E-mail:  khasant2014@gmail.com
 
“UMUMKASBIY VA IXTISOSLIK FANLARI” KAFEDRASI
   “Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi PQ-3815-sonli qarori asosida tashkil etilgan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
   Hozirgi kunda kafedrada 10 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, kafedrada 3 nafar fan doktori, 4 nafar fan nomzodi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, fanlar bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari Ispaniya, Xitoy oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan xorijiy professorlar tomonidan ham olib borilmoqda.
Kafedra talabalarni o‘qitishda turizm sohasi korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlab, xalqaro talabalarga mos holda o‘qitish, fanlarning ish beruvchilar talablari asosida amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lishiga asosiy e’tibor bermoqda. Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining namunaviy o‘quv rejalari G‘arbiy YEvropaning turizm sohasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
   Kafedrada tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
  • 5111000 - Kasb ta’limi (turizm faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
  • 5233400 - Turizm sohasida marketing
  • 5610300 - Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
  • 5611000 - Turizm sohasida xizmatlar texnologiyasi va ularni tashkil etish
  • 5611200 - Restoran biznesi
  • 5610900 - Turizm sohasida loyihalash
  • 5620500 - Turizm faoliyatida logistika
  • 5611100 - Mehmonxona biznesi
  • 5611300 - Ommaviy tadbirlar menejmenti
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
  • Iqtisodiy nazariya (Ekonomiks)
  • Ma’muriy-xo‘jalik xizmatini boshqarish
  • Pedagogik faoliyat asoslari
  • Turizm  va mehmondorchilik asoslari
  • Turistik distinatsiyalarning geografiyasi
  • Turistik resursshunoslik va turistik-rekreatsion loyihalashtirish
  • Turistik resursshunoslik va turistik-ekskursion loyihalashtirish
  • Xalqaro Event-menejment
Kafedra manzili: 140104, Samarqand shahri, Universitet hiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti