Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: info@univ-silkroad.uz

Sahifalar

PDF

Creative Spark: Oliy ta’lim korporativ dasturi

    “Creative Spark” - oliy ta’lim korporativ dasturining maqsadi quyidagilardan iborat:  ijodkorlikka asoslangan  tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish madaniyatini vujudga keltirishda  oliy ta’limning o‘rni va mavqeini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni tuzishdan iborat. Ushbu loyiha dunyoning 7 ta mamlakati (O‘zbekiston, Gruziya, Ukraina, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston va Buyuk Britaniya)dan 120  ishtirokchidan iborat guruhni  o‘z ichiga oladi. Loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad ishtirok etayotgan davlatlar faoliyatini  Buyuk Britaniya misolida milliy siyosat, strategiyaga oid  dasturlarni  ishlab chiqish, universitetlar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda dasturni amalga oshirish hamda kelgusida muxokama etiladigan mavzularni kelishib olishdan iborat.
     Loyiha doirasida hamkorlikda  quyidagi tadbir va loyihalar muhokama qilinadi:
1. Hamkorlikdagi universitetlar o‘rtasida turizm sohasidagi turli loyihalar doirasidagi sherikchilik faoliyatlari va manfaatlari ko‘zda tutilgan ilmiy tadqiqotlarni  bajarish rejasini ishlab chiqish;
2. Turistlarni qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlarni tashkil etishda  axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda  marketing va boshqaruvga oid masala va muammolarni birgalikda hal qilish;
3. Xalqaro hamkorlikka asoslangan  eng yaxshi tajribasini almashish;
4. Ishtirokchi mamlakatlar talabalari  o‘rtasidagi raqobat metodologiyasini muvofiqlashtirish;
5. Ishlab chiqilgan  dasturlarning yetti mamlakatda joriy etilgan siyosat va uning tarmoqlaridagi tahlillarini muhokama qilish.
     “Creative Spark” hamkorligidagi loyixalar turli sheriklik modellari asosida taqdim etiladi. Ularning hisobotlari  Silk Road universiteti taqdim etgan ma’lumotlarga asoslangan  holda monitoring qilinadi  va baholanadi.
     Ko‘pincha dastur  ishtirokchilari tomonidan o‘tkazilgan veb-seminarlar, dasturning amalga oshirilishi va rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Loyihada, shuningdek, uning ish rejalari va ularni amalga oshirish  bosqichlari, shu jumladan, mehnat bozorini o‘rganish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘ziga xos ehtiyojlarini aniqlash, yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, talabalar o‘rtasida ijodiy fikrlash va tadbirkorlikning ijodiy qudrati tanlovlarini tashkil etish va boshqa ko‘plab tadbirlarni ishlab chiqiladi.
Ushbu grant doirasida ingliz tilini o‘rganish uchun Urganch davlat universiteti ӯqituvchisi Baxtiyor Ruzimetov rahbarligidagi 200 nafar, Buxoro davlat universiteti dotsenti Abror Jo‘rayev rahbarligidagi 100 nafar, Samarqand davlat universiteti professori Baxtiyor Safarov rahbarligidagi  100 nafar talaba bilan  aloqa ӯrnatildi. Ingliz tilini o‘rganish uchun asbob-uskunalar hamda majmualar to‘plami yaratildi va loyiha ijrosi  sifatida uning natijasi yuqorida qayd etilgan talabalar ӯrtasida sinab kӯrish platformalari yaratildi va  eng yaxshi innovatsion g‘oyalar tanlovi e’lon qilindi. Loyiha ishtirokchi davlatlar (Gruziya, Ukraina, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston, Buyuk Britaniya va O‘zbekiston) ishtirok etgan 35 ta tashkilotlarning orasida "Start-up" boshlandi.
     Loyihada, shuningdek, uning ish rejalari va ularni amalga oshirish  bosqichlari, shu jumladan, mehnat bozorini o‘rganish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘ziga xos ehtiyojlarini aniqlash, yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, talabalar o‘rtasida ijodiy fikrlash va tadbirkorlikning ijodiy qudrati tanlovlarini tashkil etish va boshqa ko‘plab tadbirlarni ishlab chiqiladi.
Birinchi tanlov natijalari mart oyida ma’lum bo'ladi.