Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

Axborot resurs markazi

      Axborot-resurs markazi (ARM) o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, ta’lim boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, universitet ustaviga, rahbariyatning buyruqlari va farmoyishlariga, universitetning ichki tartib qoidalariga hamda o‘z Nizomiga amal qiladi.
     ARM o‘z faoliyatida aholi barcha qatlamlarini axborot-resurslari va kutubxona fondidan erkin foydalanish huquqini ta’minlaydi.
     Axborot-resurslari va kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro‘yxati, xizmat ko‘rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va  javobgarligi ARMdan foydalanish qoidalarida belgilanadi.
ASOSIY VAZIFALAR
  • Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko‘maklashadi.
  • Milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, zamonaviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratadi.
  • Axborotlarga bo‘lgan talablarga muvofiq ARM ma’lumotlar qidirish apparati  tizimi orqali har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlarning elektron bazalari, internet resurslari) asosida aholiga zarur darajada axborot xizmati ko‘rsatadi.
  • Kutubxona axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy metodlariga o‘rgatadi.
  • Kutubxona-axborot jarayonlarini, zamonaviy texnologiyalarni va kompyuterlashtirishni joriy etish asosida takomillashtiradi.
  • Ta’lim muassasasi sohasiga va foydalanuvchilarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantirish. Ma’lumotlar qidirish apparatini, ma’lumotlar bazalarini, kataloglar va kartotekalarni tashkil etish va yuritish.
  • Madaniy, ta’lim, axborot va dasturlar, loyihalar, aksiyalarni birgalikda amalga oshirish uchun shuningdek, foydalanuvchilarning hujjatlarga va axborotlarga ehtiyojini yanada to‘liq qondirish uchun ARMlar, axborot-kutubxona markazlarini (ARMlar), kutubxonalar, ta’lim muassasalari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy ta’minot xizmatlari, milliy-madaniy markazlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish va kooperatsiyalashtirishni rivojlantiradi.
  • Kutubxona xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, ARMni texnik jihozlash, kutubxona-axborot jarayonlarni kompyuterlashtirish asosida xizmatlar sifatini oshiradi.