Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

Kadrlar bo'limi

     Bo‘lim inspektori:  Abduvaxidova Nargiza Akbardjonovna
     Qabul kunlari:       Dushanba-Shanba, 15:00 - 17:00
     Telefon:                 (0 366) 2335647
     e-mail:                   irossu@mail.ru
 
 
 
     “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti kadrlar bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmon va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, universitet Rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda universitet Nizomi, yo‘riqnomalari va tegishli ko‘rsatmalari asosida faoliyat olib boradi.
   Kadrlar bo‘limi universitetda mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi va moliya-xo‘jalik xodimlarining universitet ichki-tartib qoidalari, mehnat intizomi, lavozim yo‘riqnomalari va o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq faoliyat yuritishini tashkil qiladi.
     Kadrlar bo‘limining vazifalari:
  • professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi hamda moliya-xo‘jalik xodimlarini ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, lavozim va shtat birliklarini o‘zgartirish, mehnat ta’tili berish hamda muddatidan avval ishga chaqirib olish, o‘z hisobidan ta’til, tanlov asosida ishga qabul qilish, attestatsiyadan o‘tish muddatlarini aniqlash, belgilashni nazorat etish;
  • ishga qabul qilingan har bir xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari tuzishni nazorat qilish hamda faoliyatga oid buyruqlarni tayyorlash;
  • rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida takliflar berish;
  • universitet rektoriga professor-o‘qituvchilar tarkibi, ularning mehnat intizomi, ta’lim berish sifatini yaxshilash hamda ularning qo‘nimsizligining oldini olish yuzasidan takliflar tayyorlash va taqdim etish;
  • kadrlar masalasi bo‘yicha yuqori tashkilotlar bilan aloqada bo‘lish;
  • vazirlik va tegishli tashkilotlarga universitet professor-o‘qituvchi va xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya qilish ishlarini tashkil qilish;
  • professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi hamda moliya-xo‘jalik xodimlariga guvohnomalar tayyorlab berish va guvohnomalar muddatini uzaytirilishini nazorat qilish;
  • professor-o‘qituvchilar imzolarini tasdiqlash, ma’lumotnomalar berish;
  • mehnat daftarchalarini yuritish, ularni hisobini to‘g‘ri olib borish va mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki tugagan xodimga o‘z vaqtida topshirish;
  • professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi hamda moliya-xo‘jalik xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobotini olib borish;
  • professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi hamda moliya-xo‘jalik xodimlarning shahsiy yig‘ma jildini, shahsiy varaqasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnomasini (ob’yektivka) shakllantirish, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etish;
  • universitet shtat jadvalini moliya-iqtisodiyot bo‘limi bilan birgalikda muvofiqlashtirish va shtat jadvaliga asosan ish olib borish;
  • xar oyning boshida tuman bandlikka ko‘maklashish markaziga bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;
  • bo‘limda saqlanayotgan xodimlarga oid barcha me’yoriy va shaxsiy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma tuzish orqali universitet arxivga topshirish;
  • bo‘lim va xodimlar bilan ishlashda odob-ahloq va ichki-tartib qoidalariga, mehnat intizomi va muomala madaniyatiga rioya qilish.