Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

Ilmiy bo'lim

     Universitetda ilmiy faoliyat professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, va iqtidorli talabalar tomonidan olib boriladi. Ularning ilmiy faoliyati universitet Ilmiy        Kengashi qarorlariga va o‘z nizomiga asoslangan va ularni amalga oshirishda yetakchi rol o‘ynaydigan ilmiy va ilmiy-pedagoglar tayyorlash bo‘limi tomonidan tashkil etiladi.Ushbu bo‘lim oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini yuqori sifat va samaradorlikda bajarilishida ilmiy-tadqiqotlarning natijalarini va innovatsion g‘oyalarni joriy etish orqali salohiyatli kasbiy muhitni yaratishni tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim universitetning ustaviga va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- turizm sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- turizm tizimidagi mavjud dolzarb muammolarni hal qilishda universitet olimlarining ilmiy potensialidan unumli foydalanish dastaklarini yaratish;
- professor-o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish orqali, ular tayyorlayotgan mutaxasislarning kasbiy kompetentlik saviyasini oshirishga ko‘maklashish;
- universitet ilmiy-pedagogik jamoasi tomonidan yaratiladigan innovatsion ilmiy ishlanmalarni o‘quv jarayoni va mamlakatimizning turli xududlarining o‘ziga hos qirralarini hisobga olgan holda, turizm sohasini rivojlantirishga joriy qilishni tashkil etish;
- professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan,byudjetdan tashqari grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishini ta’minlashda, ularga metodik va tashkiliy yordam ko‘rsatish;
- universitet professor-o‘qituvchilarining kasbiy maxoratlarini oshirishda, talabalarning bilim olishga va ilmiy izlanishlarga intilishlarini kuchaytirishda muhim omil – seminarlar. davra suhbatlari va xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar tashkil etish va o‘tkazish;
- O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan ilmiy-amaliy anjumanlarga iqtidorli talabalar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash;
- xorijiy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qilish va axborot almashinishni tashkil qilish;
- professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini, ular bajaradigan tadqiqotlarning saviyasini konvertatsiya bo‘la oladigan natijalar beradigan darajaga ko‘tarishga safarbar etish;
- universitetda malakali ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga innovatsion va tizimli tahlil va tizimli yondoshish asosida, uzviylikni ta’minlash maqsadida iqtidorli talabalar, magistrantlar va doktorantlarning faoliyatini yagona dasturga binoan kechishi va rivojlanishini ta’minlashni tashkil etish.