Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

Yoshlar bilan ishlash

   Bo‘lim boshlig‘i
   Shodmonqulov Navro‘zbek G‘ulomjonovich
   Qabul vaqti:  Dushanba-Juma kunlari, har ish kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha
   Telefon: +99890-808-11-49
    Elektron pochta:  navik2191@gmail.com

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon Qaror va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari hamda institut ichki tartib-qoidasi va ushbu bo‘lim Nizomiga binoan faoliyat ko‘rsatadi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiysi bo‘lib yetishtirishdan iborat.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining aosiy vazifalari:
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy, madaniy ishlarga doir tadbirlarni o‘tkazish;
- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
- milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
- talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
- universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;
- respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.
Universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bevosita O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.