Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

Ilmiy kengash

    Ilmiy Kengash kotibi:  Vasiyev Zokir Sobirovich
    Qabul vaqti: Dushanba  - Shanba,  15:00 - 17:00
    Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni  17 uy
    Telefon             (0 366) 2332607
    e-mail                vasiev_zokir@mail.ru
 
 
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti Ilmiy Kengashi universitet faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun universitet rektori raisligida tashkil etilgan.
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti Ilmiy Kengashi tarkibiga muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlovchi, yirik olim va mutaxassislar, viloyat xalq ta’limi, o‘rta - maxsus kasb – hunar ta’limi boshqarmalari rahbarlari kiradi.
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti Ilmiy Kengashi o‘z faoliyatini har o‘quv yili uchun ishlab chiqariladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi.
«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalari bo‘yicha Ilmiy Kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
I.         Umumiy qoidalar.
1.1.     Universitetning faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun rektor raisligida universitet Ilmiy kengashi tashkil etiladi.
1.2.     Ilmiy kengash tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, universitet tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Ilmiy kengashning boshqa a’zolari fakultetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Ilmiy kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Ilmiy kengash tarkibiga universitetning muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislari ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil.
1.3.     Ilmiy kengash tarkibi universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har o‘quv yilining boshida, turli sabablarga ko‘ra Ilmiy kengash tarkibidan chiqqanlar o‘rniga, yangi a’zolar saylanadi yoki nizom bo‘yicha kiritiladi.
II.         II. Ilmiy kengashning maqsad va vazifalari
2.1.     Ilmiy kengashning maqsadi – universitet jamoasi say’-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.
2.2.     Universitetning Ilmiy kengashi:
-           Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o‘rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;
-           fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi, akademik litseylar, universitet qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek marketing xizmatining xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
-           ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
-           iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “Iste’dod” jamg‘armalari orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tishga tavsiya etadi;
-           universitet iqtidorli talabalari va stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;
-           "Sog‘lom avlod uchun" jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liqlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;
-           asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
-           xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
-           ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarldarning hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
-           universitet talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.
III.        Ilmiy kengash faoliyatini tashkil etish
3.1.     Ilmiy kengash o‘z faoliyatini har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Ilmiy kengash rejasi 
Ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.
3.2.     Universitetning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bo‘yicha 
Ilmiy kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Ilmiy kengash majlisi uning tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
3.3.     Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
3.4.     Ilmiy kengash qarorlari universitet rektori tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.
3.5.     Ilmiy kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Ilmiy kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi.
3.6.     Ilmiy kengash raisi muntazam ravishda Ilmiy kengash qarorlarining bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Ilmiy kengash a’zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.