Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi

   

     Bo‘lim muxandisi: Umurzakova Dilnoza Egamberdiyevna

     Telefon:          +99866 233-56-47
     E-mail:              

 

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi  universitetning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, universitet Ustavi va o‘z Nizomiga asosan faoliyat yuritadi, hamda o‘zining amaliy ishida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, farmoyishlari hamda universitet rektorining buyruq, farmoyishlari va topshiriqlaridan foydalanadi.

Bo‘limning vazifalari:

  • Universitetda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish;
  • O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Farmon va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, Rayosat majlisi bayonlari, topshiriqlari bo‘yicha qabul qilingan vazirlikning Hay’at qarorlari va buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemnomalari, universitet rektori buyruqlari bajarilishi nazoratini ta’minlash va monitoringini olib borish; 
  • Ta’lim xizmatlari, xalqaro bozor bo‘yicha buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha izlanishlarini olib borish va tahliliy xulosalar tayyorlash;
  • Qabul ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchining (korxona va tashkilot)ning mavjud ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari yoki mutaxassislarga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish;
  • Talabalar amaliyot o‘taydigan korxona va tashkilotlar bilan kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish, o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish markazlari tashkil etish, hamda moddiy-texnik hamkorlik bo‘yicha shartnomalar tuzish;
  • Respublika va viloyat ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televideniye, elektron aloqa) orqali universitet bitiruvchilari to‘g‘risida (ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar bo‘yicha viloyatlar kesimida) ma’lumot e’lon qilinishini hamda universitet veb-saytida joylashtirilishini ta’minlab borish;
  • Kelgusida universitetning magistr darajali ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bitiruvchilarni ishga taqsimlash hamda yosh mutaxassislar faoliyatining monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus ishchi guruhiga taqdim etish;
  • Talabalarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti bazalarini aniqlash maqsadida korxonalar, tashkilotlar va xususiy xo‘jaliklar bilan aloqalar o‘rnatish hamda shartnomalar tuzish;
  • Davlat granti asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berishi to‘g‘risida ikki tomonlama shartnomalar tuzish.