Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Sahifalar

PDF

Buxgalteriya

     Bosh hisobchi: Nosirov Shuhrat Berdiqulovich

      Qabul kunlari:     Dushanba-Shanba 14:00-16:00

      Telefon:              +99866 233-56-47

     Elektron pochta: shnosirov@mail.ru 

      Universitet buxgalteriyasi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.

BO‘LIMNING VAZIFALARI

  • Bo‘limning maqsadi universitetning samarali faoliyat ko‘rsatishi va yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishishi uchun zarur moliyaviy shart-sharoit yaratish hamda universitet moddiy-texnika bazasini kuchaytirish maqsadida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumidan oqilona va samarali foydalanishini ta’minlash, xarajatlarni moliyalashtirishda tasdiqlangan reja(smeta) va limitlar doirasidan chiqmaslikka erishish, universitetning joriy va istiqboldagi iqtisodiy holatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
  • O‘zbekiston Respublikasi  Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi bilan kelishilgan smeta xarajatlari rejasiga asosan Davlat byudjeti mablag‘larini o‘z vaqtida hisob raqamiga tushirish va tasdiqlangan smeta xarajatlari bo‘yicha sarflanishini bajarish.
  • Universitetning to‘lov-kontrakt va maxsus hisob raqamiga kelib tushadigan mablag‘larni, rahbariyat bilan kelishilgan “Nizom” asosida tasdiqlangan  smeta xarajatlari bo‘yicha sarflanishini bajarish.
  • Universitetning moddiy tovar boyliklarini saqlanishi, ulardan oqilona foydalanish va hisobini yuritilishini ta’minlash.
  • Moddiy tovar boyliklari, asosiy vositalar, pul mablag‘larini kelib tushishini hisobini yuritish.
  • Pul mablag‘larini harakatiga bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya schetlarida ko‘rsatib borish.
  • Moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, tahliliy ma’lumotlarni rahbariyatga taqdim etish va takliflar kiritish.
  • Universitet xodimlariga beriladigan ish haqi, talabalarga beriladigan stipendiya va boshqa pul to‘lovlarini hisob-kitobini tayyorlash.
  • Davlat byudjetiga va byudjetdan tashqari fondlarga soliqlarni hisoblash va to‘lovlarni amalga oshirish.
  • Buxgalteriyaning davriy hisobotlarini tuzish va belgilangan vaqtda tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdim etish.
  • Universitetning moddiy tovar boyliklari, asosiy vositalari va pul mablag‘larini inventarizatsiya o‘tkazishda o‘rnatilgan qoidalarga rioya etish.