Manzil: O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy

Telefon: +998(66) 233-5647
Fax: +998(66) 233-6306
Email: txudevonxona@umail.uz

Barchasi

Barchasi

Tadbirlar
OB-HAVO

DAVLAT DASTURI

VALYUTA KURSI

O‘zbek mutaxassislari Qozog‘istonda turizm universiteti ochilishiga ko‘maklashishadi

Qozog‘istonning Nursultan shahrida turizmga mo‘ljallangan Turizm va mehmondo‘stlik xalqaro universiteti ochilishi rejalashtirilgan. Yangi universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 16 sentyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori B.X.To‘rayev taklif etildi.

Batafsil

Vakillarmiz Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bo‘lishdi

16 sentyabr kuni universitetimiz vakillari Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bo‘lishdi. Davra suhbati shaklida kechgan uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlini yo‘lga qo‘yish, kadrlar malakasini oshirish hamda gid tarjimonlarni o‘qitish, shuningdek seminar va konferensiyalar o‘tkazish borasida kelishib olishdi.

Batafsil

9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi

2019 yil 4-may kuni Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi katta leytenanti Bekzod Ochilov va markaz kursantlari Abdullayev Abdurashid, Ro‘ziyev Nurshod,Abduvaliyev Azimjonlar ishtirokida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti talabalari bilan “Ajdodlarni xotirlash-muqaddas qadriyat”, “E’tibor va g‘amxo‘rlik insoniy burch” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad talabalarni vatanni sevishga o‘rgatish va talabalar qalbida Vatanparvarlik ruhi tuyg‘usini uyg‘otishdan iborat.

Batafsil

2019 yilning 30 aprel kuni Samarqand shahri Yoshlar markazi binosida turistik soha muammolariga bag‘ishlangan turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kengash raisi i.f.d. professor B.Turaev, turizm bo‘yicha Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari B.Nurullaev, hamda «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti vakillari, xususiy tashkilotlar, hukumat idoralari va Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi gidlar va blogerlar ishtirok etishdi.

Batafsil

Antaliya xalqaro turizm akademiyasi “Ipak yo'li” xalqaro turizm universitetiga tashrif buyurdi

O’zbekiston va Turkiya xalqlari o'rtasida o’zaro hamkorlik rivojlanib bormoqda. Ayniqsa turizm sohasini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar sohasida umumiy ustuvor yo'nalishlarga ega ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Batafsil

«Ibero-Amerika Turizm mutaxassislari uyushmasi» (UIPT) vakillari bilan uchrashuv

2019 yil 26 mart kuni Samarqand viloyati Yoshlar markazining zalida «Ibero-Amerika sayyohlik professionallari uyushmasi» vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Batafsil

Xitoyning Xian Guang Xin Lighting Co. kompaniyasi vakillari «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti o‘quv binosi tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar doirasida «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetiga Xian Guang Xin Lighting Co. Xitoy kompaniyasi jalb etilib, kompaniya vakillari universitetga 2019 yilning 12 mart kuni tashrif buyurishdi.

Batafsil

Akademik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Ipak yo‘li”turizm xalqaro universitetida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich bilan talabalarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

    Namoyish etilayabdi 1-8 ta yozuv 9 tadan.
    230
    229
    127
    125
    102
    101
    90
    78