Universitet haqida

O’zbekistonning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud manbalari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni joriy etish, investisiyalarni faol jalb qilish turizmni rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda. Turizmni mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog’iga bosqichma-bosqich o’tishini hisobga olgan holda, jahon sayyohlik industriyasi bozorida yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarga obyektiv ehtiyoj paydo bo’ladi. Buyuk ipak yo’lidagi turizmning jozibador markazi sifatida mamlakatimizning ijobiy imijini shakllantirish, xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish va hududlarning salohiyatini to’liq jalb qilishni ta’minlash zarurati mavjud.

Turizm sohasida oliy ta’lim muassasasini ochish tashabbusi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Sindao shahrida bo’lib o’tgan Sakkizlik sammitida ilgari surilgan edi. Buning mantiqiy davomi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 28- iyundagi 3815-sonli qarori bilan xalqaro maqomga ega birinchi davlat universiteti tashkil etildi.

Bizning universitetda bakalavrlar mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim olishadi:

Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha dasturlari:

  • Professional ta’lim (turizm);
  • Turizm sohasida marketing;
  • Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha: raqamli turizm);
  • Turizmda loyihalashtirish;
  • Turizm faoliyatida logistika;
  • Ommaviy tadbirlar menejmenti;
  • Gid-ekskursovod va tarjimonlik faoliyati;
  • Menejment (rekreasiyalar va sayohatni boshqarish);
  • Menejment (turistik biznesni boshqarish);
  • Menejment (mehmonxonalarni boshqarish);
  • Menejment (merosni boshqarish);
  • Menejment (xalqaro mehmondo’stlik va turizmni boshqarish);
  • Menejment (restoran biznesini boshqarish).

Bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo’yicha dasturlari:

  • Turizm sohasida marketing;
  • Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha);
  • Turizm sohasida xizmat ko’rsatish texnologiyasi va ularni tashkil etish;
  • Ommaviy tadbirlar menejmenti;
  • Gid-ekskursovod va tarjimonlik faoliyati.

Magistratura dasturlari:

  • Turizm, mehmonxonalar va ommaviy tadbirlarni boshqarish;
  • Xalqaro mehmondo’stlik va turizm sohasida menejment;
  • Iqtisodiyot va turizmni boshqarish.

Universitet oldida turgan missiya

Universitetning vazifasi aholining bilimli, o’qimishli bo’lishini ta’minlash, takomillashtirish va mavjud bilimlarini saqlash va oshirish, ochiq fikrlash, mustaqil ilmiy tadqiqotlar va o’ziga xos badiiy ijodni rivojlantirish, insoniyat jamiyatining ijodiy rivojlanishini har tomonlama qo’llab-quvvatlashdir.

O’z faoliyati natijalari uchun davlat va jamiyat oldida javobgar bo’lgan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini, shu jumladan, turizmni rivojlantirish uchun kadrlar tayyorlash, ilmiy izlanishlar va ilg’or bilimlarni taqdim etadigan Markaziy Osiyo mintaqasining yetakchi ilmiy va ta’lim markaziga aylanish.

Universitet mustaqil jamoatchilik muassasasi bo’lib, ijodiy-ilmiy, o’quv, ijodiy-madaniy faoliyatni amalga oshiradi va akademik erkinliklar va akademik huquqlarni nazarda tutadi.

Universitetdagi pedagogik faoliyat ilmiy-tadqiqot ishlari, ishlanmalar va yangiliklar, badiiy yoki boshqa ijodiy faoliyat (bundan buyon matnda – ijodiy faoliyat), shu jumladan, o’z tadqiqotlari natijalariga asoslanadi.

Universitet barcha turdagi o’quv dasturlarini, shuningdek, uzluksiz ta’lim dasturlarini amalga oshiradi.

Bundan tashqari, universitet, birinchi navbatda, ilmiy-tadqiqot faoliyati, shuningdek, universitetning ijtimoiy hayoti, kutubxona va boshqa axborot xizmatlarini taqdim etadi, tahririyat, nashriyot faoliyati bilan shug’ullanadi. Universitet mahalliy va xorijiy universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy jamoatchilik a’zolariga ushbu tadbirlarda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratadi. Universitetning yuridik shaxslar bilan hamkorligi shakli shartnomalar bilan tartibga solinadi.

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti – bu ta’lim, fan va ishlab chiqarishning yaqin integrasiyasiga asoslangan oliy o’quv yurtidir.

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetining vazifasi va qarashlari rivojlanish ustuvorliklariga asoslanadi:

  • fan, ta’lim va iqtisodiyotning zamonaviy sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
  • ilmiy kadrlarni ko’paytirish – ilmiy daraja va doktor ilmiy darajasiga ega bo’lish;
  • axborot-kommunikasiya texnologiyalari, biznes, huquq va boshqaruv, gumanitar va ijtimoiy fanlar, ta’lim, jurnalistika, tabiiy fanlar, matematika va statistika sohalarini qamrab olgan akademik kadrlar tayyorlash;
  • professor-o’qituvchilar tarkibi sifatini ta’minlash, shu jumladan, mamlakatning yetakchi olimlarini va chet ellik mutaxassislarni jalb qilish;
  • talabalarni tanlab olish: bakalavr talabalarining qariyb 80% xalqaro va respublika fan olimpiadalari va ilmiy loyihalar tanlovlarining g’oliblari. Magistr va doktorantlar o’rtasidagi yuqori raqobat talabalarni tanlashda ham muhim omil hisoblanadi;
  • Yevrosiyo va Osiyo tadqiqot-ta’lim makoniga qo’shilish masalalariga e’tibor qaratish: xalqaro tashkilotlar va birlashmalarga a’zo bo’lish;
  • o’qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi;
  • ikki diplomli ta’lim;
  • mintaqadagi (O’rta Osiyo) va jahon universitetlari orasida yetakchilikka intilish, bu esa milliy reytingda yuqori o’rinlar va xalqaro reytingda muhim o’rinlardan iborat ekanligini isbotlaydi.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar