Buxgalteriya bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ huquqiy hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasining qarorlari va buyruqlari, universitet rahbariyatining ko‘rsatmalari, me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar, jamoa shartnomasiga va universitetning ichki tartib qoidalariga amal qiladi.
Bo‘limning maqsadi universitetning samarali faoliyat ko‘rsatishi va yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishishi uchun zarur moliyaviy shart-sharoit yaratish hamda universitet moddiy-texnika bazasini kuchaytirish maqsadida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar tushumidan oqilona va samarali foydalanishini ta’minlash, xarajatlarni moliyalashtirishda tasdiqlangan reja(smeta) va limitlar doirasidan chiqmaslikka erishish, bo‘lim tomonidan topshiriladigan hisobot va loyihalarning aniq va sifatli bo‘lishini ta’minlash, universitetning joriy va istiqboldagi iqtisodiy holatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Bo‘limning asosiy vazifalari
Bo‘limning asosiy vazifalari universitetning to‘lov-kontrakt va maxsus hisob raqamiga kelib tushadigan mablag‘larni hamda byudjet mablag‘larni, tasdiqlangan smeta xarajatlari bo‘yicha sarflanishini bajarish, moddiy tovar-boyliklarini saqlanishi, ulardan oqilona foydalanish va hisobini yuritilishini ta’minlash, pul mablag‘larini harakatiga bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya schetlarida ko‘rsatib borish, xodimlarga beriladigan ish haqi, talabalarga beriladigan stipendiya va boshqa pul to‘lovlarini hisob-kitobini tayyorlash, moddiy tovar boyliklari, asosiy vositalar, pul mablag‘larini kelib tushishini hisobini yuritish, davriy hisobotlarni tuzish va belgilangan vaqtda tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdim etish, davlat budjetiga va budjetdan tashqari fondlarga soliqlarni hisoblash va to‘lovlarni amalga oshirish, moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, tahliliy ma’lumotlarni rahbariyatga taqdim etish va takliflar kiritish, universitetning moddiy tovar boyliklari, asosiy vositalari va pul mablag‘lari bo‘yicha inventarizatsiya o‘tkazishdan iborat.
Bo‘lim asosiy funksiyasi
Yillik moliyaviy hisobotlarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasiga topshirish.
Universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ish haqini hisoblash, naqd pullarni chek orqali bankdan olish va tarqatish hamda Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasiga so‘rovnomalar topshirish.
Mahalliy va xorijiy talabalar stipendiyasini hisoblash ishlarini amalga oshirish.
Davlat soliq inspeksiyasiga daromad solig‘i va QQS bo‘yicha oylik hisobotlarni topshirish.
Statistika boshqarmasiga Statistik hisobotlarni o‘z vaqtida yuborish.
Buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini nazorat qilish.
Universitetning to‘lov-kontrakt, boshqa manbalar bo‘yicha maxsus hamda rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining harakatini yuritish va tayyorlash.
Tovar yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasidan o‘tkazish.
Belgilangan tartibda talabnomalar asosida xarid qilinishi lozim bo‘lgan tovar ish xizmatlarni tovar xom ashyo birjasiga e’lonlar joylashtirish va ularni kuzatib borish.
Bo‘limga taqdim etilgan Bildirishnomalar asosida talab etilayotgan TMZ larni belgilangan tartibda Elektron davlat xaridlari orqali xarid qilish.
Asoslovchi hujjatlar asosan xizmat safari xarajatlarini hisoblash va to‘lash.
Moddiy javobgar shaxslarning oylik hisobotini qabul qilish va shu asosida qoldiqlarni tekshirish.
BILLING tizimida talabalar tomonidan to‘langan pullarning hisobini yuritish.
Stipendiya buyruqlarini HEMIS dasturiga to‘g‘ri kiritilganligini tekshirish.
Manzili: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy
Telefon: (66) 240-50-29
e-mail: info@univ-silkroad.uz, website: www.univ-silkroad.uz