Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda universitet rektori buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi. Bo‘limda amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda universitet rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
universitetda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
universitet talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni universitet rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;
attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda universitetda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
universitetning tarkibiy tuzilmalarida pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
universitet professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni Universitet rektoriga ma’lum qilish;
universitetning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
universitetda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig‘iga binoan universitet reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
universitetdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi “El-yurt umidi” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va Universitet hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
universitet reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni universitet rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
universitet tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;
universitetda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;
o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
universitet Senatida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;
ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Universitet rahbariyatiga taqdim etish.
“Ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya” bo‘limining 2025/2026 o‘quv yili uchun
ISH REJASI
№ | Belgilangan vazifalar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Kutilayotgan natija |
1 | Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning fanlar bo‘yicha o‘quv va elektron adabiyotlar, videodarslar bilan ta’minlangan darajasini ARM va kafedralar (fanlar) kesimida o‘rganish. | Universitet ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejasidagi fanlarning o‘quv va elektron adabiyotlari, videodarslar bilan ta’minlanganlik holati (jumladan, tillar kesimida), ARM fondida mavjudligi o‘rganiladi. Mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida universitetda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini bosqichma-bosqich tayyorlash bo‘yicha reja ishlab chiqilishi muvofiqlashtiriladi, uning ijrosi nazoratga olinadi. | 2025-yil oktabr | Professor-o‘qituvchilar va talabalarning ARM fondidan foydalanganlik koeffitsienti oshiriladi. |
2 | Universitetda o‘quv jarayonining DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari (sillabus) bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish. Ularni kadrlar iste’molchilari fikrlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarish bilan ta’lim integratsiyasi nuqtai nazardan yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va universitet rektoriga (Senatga) taqdim etish. | Mazkur hujjatlarning o‘quv bo‘limi, dekanat, kafedralar kesimida mavjudligi o‘rganiladi. Hujjatlar asosida ta’lim jarayonining tashkil qilinganligi, ularning o‘zaro mantiqiy mosligi, fan dasturlarida fanning maqsad va vazifalarini aniq yoritilganligi, mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanilayotganligi baholanadi, kamchilik va muammolar aniqlanadi. Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi nazoratga olinadi. | 2025-yil oktabr | Universitetda o‘quv jarayonining DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari (sillabus) bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartarf etish orqali universitet tashqi baholash jarayonlariga tayyorlanadi. |
3 | Universitet professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)ga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o‘tganligi yoki mos ixtisosliek bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni universitet rektoriga taqdim qilish. | Universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning tayanch ma’lumotlari hamda o‘quv yuklamalari bo‘yicha o‘tadigan fanlari tahlil qilinadi va tegishli tartibda ma’lumot tayyorlanadi. | 2025-yil oktabr | Universitetda dars berayotgan professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)ga mosligini tahlil qilish, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o‘tkazish yoki mos ixtisosliek bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish asosida universitet tashqi baholash jarayonlariga tayyorlanadi. |
4 | Universitet moddiy texnik bazasini o‘rganish (kafedralar kesimida). Bu jarayonda kafedralar tomonidan amalga oshirilayotgan grantlar, shartnomalar asosida moddiy-texnik bazani yaxshilashga qo‘shgan hissasining ulushiga e’tiborni qaratish. Tegishli takliflarni tayyorlash, ularni universitet rektori (Senatga) taqdim etish. | Har bir kafedra kesimida ta’lim jarayoni moddiy texnik bazasining holati (amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan maxsus o‘quv xonalari va ulardagi jihozlarning mavjudligi, zamonaviyligi, yaroqlilik muddati, zarur moddiy ashyolar bilan ta’minlanganligi va h.k.) tahlil qilinadi, tegishli takliflar beriladi. | 2025-yil noyabr | Universitet moddiy texnik bazasini o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish orqali universitet tashqi baholash jarayonlariga tayyorlanadi. |
5 | Universitetda (kafedralarda) mustaqil ta’limning tashkil etilganligini o‘rganish. | Universitetda talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishga oid sharoitlar (uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalarning mavjudligi, o‘quv-laboratoriya xonalarining zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi, ulardan talabalarning foydalanishi uchun imkoniyatlarning yaratilganligi, ARMdagi sharoitlar, uning ish rejimi, kompyuter texnikalari va ularning internetga ulanganligi, ishlash tezligi, Wi-Fi zonalarining mavjudligi, TTJlarda kutubxonalarning mavjudligi, ularda yaratilgan sharoitlar va b.)ning yaratilganlik holatlari o‘rganiladi. Tegishli takliflar tayyorlanadi, ular universitet rektoriga (Senatga) taqdim etiladi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazoratga olinadi. | 2025-yil dekabr | Talabalarning mustaqil ta’lim olish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali raqobatbardosh kadarlar tayyorlashga erishiladi. |
6 | Xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishi (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida xorijiy investitsiyalarning jalb qilinish holatini (tegishli bo‘limlar, kafedralar kesimida) o‘rganish va tahlil qilish. | Xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishi (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida xorijiy investitsiyalarning jalb qilinish holatini tegishli bo‘limlar, kafedralar kesimida o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi hamda faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha tegishli takliflar taqdim etiladi. | 2026-yil fevral | Xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud shartnomalar va memorandumlarda ko‘rsatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash orqali universitetning xalqaro jozibadorligi oshiriladi. |
7 | Universitetda dars berayotgan professor-o‘qituvchilarning rivojlangan xorijiy davlatlar yetakchi oliy ta’lim muassasalarida malakasini oshirish, stajirovka o‘tash, magistratura va doktoranturada o‘qishi holatini o‘rganish. | Professor-o‘qituvchilarning rivojlangan xorijiy davlatlar yetakchi oliy ta’lim muassasalarida malakasini oshirish, stajirovka o‘tash, magistratura va doktoranturada o‘qishi holatini o‘rganiladi va bu borada olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. | 2026-yil mart | Universitetda dars berayotgan professor-o‘qituvchilarning rivojlangan davlatlarning yetakchi OTMlarida malakasini oshirishga, stajirovka o‘tashga, magistratura va doktoranturada o‘qishini rag‘batlantirishga sharoit yaratiladi. |
8 | Universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish. Iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga, har xil tanlovlar, yosh olimlar ilmiy-amaliy loyihalarida va ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga qiziqtirish va ularni bu borada kengroq jalb qilish ishlariga e’tiborni qaratish. Iqtidorli talabalar haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish. | Universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar holati tegishli bo‘lim, fakultetlar va kafedralar kesimida o‘rganiladi. O‘rganish natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlanadi va ular universitet rektoriga (Senatga) taqdim etiladi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazoratga olinadi. | 2026-yil aprel | Iqtidorli talabalarni respublika va xalqaro fan olimpiadalari, shuningdek turli tanlov va musobaqlarda ishtirokini ta’minlash orqali universitet ta’lim tizimining raqaobatbardoshligi oshadi. |
9 | Ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini o‘rganish. | Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganiladi. | 2026-yil aprel | Ilmiy-tadqiqot ishlarini iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan tashkil etish orqali ish beruvchilar bilan xo‘jalik shartnomalari tuziladi va pirovardida budjetdan tashqari tushadigan mablag‘lar hajmini oshadi. |
10 | Bakalavriat va magistratura talabalarining amaliyotini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish. | Talabalar amaliyotiga tayyorgarlik, ularni samarali tashkillashtirish sifati o‘rganiladi, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mehnat bozori marketing tamoyillari asosida tahlil qilinadi va natijalari bo‘yicha universitet rektoriga ma’lumot taqdim etiladi. | 2026-yil may | Universitet bitiruvchilarini amaliyot o‘tgan korxona va tashkilotlarda kelgusida ish bilan bandligini ta’minlashga erishiladi. |
11 | 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun o‘tkaziladigan YaDA (DAK) faoliyatiga tayyorgarlikning borishini, ushbu jarayonning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan talablar asosida sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishiga qaratilgan faoliyatni nazoratga olish. | Bakalavr va magistratura bitiruvchilari uchun o‘tkaziladigan YaDA (DAK) faoliyatiga tayyorgarlikning borishi, ushbu jarayonning qo‘yilgan talabalar asosida sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilish holati nazoratga olinadi. Natijalari bo‘yicha universitet rektoriga ma’lumotnoma taqdim qilinadi. | 2026-yil iyun | Talabalarning bilimi va ko‘nikmalari odilona va holis baholashga erishiladi. |
12 | Professor-o‘qituvchilarning va xodimlarning 2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) doirasidagi mehnat majburiyatlari va vazifalarining bajarilishini o‘rganish va natijalari bo‘yicha universitet rektoriga ma’lumotnoma tayyorlash. | Professor-o‘qituvchilarning va xodimlarning 2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) doirasidagi mehnat majburiyatlari va vazifalari bajarilganligi tahlil qilinadi hamda natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma universitet rektoriga taqdim qilinadi. | 2026-yil iyun | Professor-o‘qituvchilar va xodimlar tarkibidan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) doirasida mehnat majburiyatlari va vazifalarini samarali bajargan qismi bilan yangi o‘quv yili uchun mehnat shartnomalari tuziladi. |
13 | Oʻquv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida toʻgʻri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini oʻrganib borilganligi (jumladan, axborot tizimiga maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda kiritilganligi, kredit- modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan berilgan reglament asosida ish jarayoni to‘g‘ri tashkil etilganligi o‘rganiladi. Tegishli mas’ullar tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning ishonchliligi o‘rganiladi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etiladi. | 2026-yil yanvar-iyul | HEMIS elektron tizimidan foydalanish ko‘nikmalari rivojlantiriladi, shuningdek barcha ma’lumotlarning raqamlashtirilishiga erishiladi. |
14 | Kuzgi va bahorgi semestr yakunlari bo‘yicha talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida baholash jarayonining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash. | Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari semestr yakuni bo‘yicha (tanlash asosida) solishtirma jadvallar, sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi, takliflar tayyorlanadi va universitet rektoriga (Senatga) taqdim etiladi. | 2026-yil mart-iyul | Talabalar bilimini adolatli va holis baholash natijasida talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanadi. |
15 | Dars oʻtish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislar jalb etilganligini o‘rganish. | Kafedralar hamkorlik qilayotgan korxona va tashkilotlar bilan universitet o‘rtasida qo‘shimcha shartnomalar tuzish orqali ishlab chiqarishdan malakali mutaxassislar ta’lim jarayoniga jalb etiladi. | O‘quv yili davomida | Ishlab chiqarsh, fan va ta’lim o‘rtasida integratsiya ta’minlanadi. |
16 | Universitetda 2025/2026-o‘quv yilida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha tashkil etilgan darslarning sifatini tekshirish va monitoring qilib borish. | Professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan darslarning sifati kuzatib boriladi, samaradorligi tahlil qilinadi. Aniqlangan kamchiliklarni baratarf etish chorlari ko‘riladi. Bildirilgan fikr-mulohazalar va tegishli takliflar o‘rnatilgan tartibda universitet rahbariyatiga kiritiladi. | O‘quv yili davomida | Professor-o‘qituvchilarning o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashlari uchun jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi va ilg‘or pedagogik texnologiyalar ommalashtiriladi. |
17 | ERASMUS-EDU-2023-CBHE 101127171-raqamli QUARTZ – “Quality Assurance for Reform and Transformation of HEIs in Uzbekistan” (O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalarini isloh qilish va o‘zgartirish, sifatini ta’minlash”) loyihasida faol ishtirok etish. | QUARTZ – “Quality Assurance for Reform and Transformation of HEIs in Uzbekistan” loyihasi doirasida universitetga yuklatilgan vazifalar tegishli muddatiga qarab ijrosi ta’minlanadi, erishilgan natijalar bo‘yicha takliflar universitet Senatiga taqdim etiladi. | O‘quv yili davomida | QUARTZ loyihasi doirasida Yevropa tajribasi o‘rganiladi, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va xodimlarning malakasi oshiriladi. |
18 | Turizm va mehmondo‘stlik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligini TedQual xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tkazish. | UN Tourism Academy tashkiloti rasmiy vebsaytining tegishli havolasi orqali universitet ro‘yxatdan o‘tkaziladi, Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi va mutaxassisiligi bo‘yicha ta’lim dasturlari ichki baholashdan o‘tkaziladi va hisobot UN Tourism Academy tashkilotiga yuboriladi, ichki baholash hisoboti bo‘yicha BMTning Turizm bo'yicha maslahat kengashining ijobiy xulosasi olinadi, akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolanadi, so‘ralgan ma’lumotlar tashqi ekspertga yuboriladi, tashqi ekspertning ijobiy xulosasi olinadi, UN Tourism Academy tashkiloti tomonidan ta’lim dasturlari akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi to‘g‘risida sertifikat olinadi. | O‘quv yili davomida | TedQual xalqaro akkreditatsiyasi turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi dasturlarining sifatini yaxshilashga, ta’lim yo‘nalishi jozibadorligini va global miqyosida raqobatbardoshlikni oshirishga olib keladi. |