"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining kutubxonasida ayni damda 14394 nomda 28751 nusxada (darsliklar 114 nomda 184 nusxada, o'quv qo'llanmalar 305 nomda 345 nusxada, ilmiy adabiyotlar 559 nomda 1859 nusxada, badiiy adabiyotlar 1010 nomda 1793 nusxada, xorijiy adabiyot 11657 nomda 21354 nusxada, boshqa adabiyotlar 502 nomda 2730 nusxada, lug'atlar 91 nomda 97 nusxada, siyosiy adabiyotlar 156 nomda 389 nusxada),
ARMga 98 nafar professor-o'qituvchi, 817 nafar talaba, 95 nafar magistr, 12 nafar doktorant va 109 nafar xodimlar a'zo, talabalar foydalanish holati o'rtacha 80%, professor-o'qituvchilar foydalanish darajasi 70%, kunlik foydalanish 80-90 ta.
Kutubxonadagi adabiyotlar zamonaviy, hozirgi zamon talabiga javob beradigan, oxirgi 5-10 yilda yaratilgan xorijiy va mahalliy adabiyotlar hisoblanib, xorijiy adabiyotlar aksariyati xalqaro reytinglarda "TOP-1000"ga kirgan OTMlar tomonidan yaratilgan, talabalarga zamonaviy elektron resurslar, onlayn ma'lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Kutubxonada Scopus and Springer Nature kabi xalqaro ma'lumotlar bazalaridan bepul foydalanish uchun sharoit yaratilgan.
Universitet kutubxonasida talabalar uchun 24 o'ringa ega bo'lgan partalar hamda 15 dona yumshoq yostiqlar mavjud bo'lib 24 soat rejimda ishlaydigan yuqori tezlikdagi INTERNET Wi-Fi uskunalari o'rnatilgan.
Bundan tashqari "Atrium Book System"elektron katalogining funksiya va vazifalari aynan kutubxonalar uchun yaratilgan bo'lib, bular: universitet professor-o'qituvchilari, xodimlari, talabalar va tashqi foydalanuvchilarni elektron ro'yxatga olish, Dewey Decimal Classification orqali barcha adabiyotlarni ro'yxatga olish, har bir foydalanuvchi uchun alohida shaxsiy akkaunt yaratiladi va "Atrium Book System"elektron katalogi tomonidan har bir foydalanuvchiga o'zining kutubxona kodi beriladi. Bu akkaunt kodi orqali kitobxonlarga kitoblarni elektron tarzda ro'yxatga olib, ma'lum muddatga beriladi. Barcha ma'lumotlarni junatish va qabul qilish uchun ro'yxatga olingan har bir foydalanuvchining e-mail pochtasi orqali amalga oshiriladi. Call number kodi orqali kitoblar qaysi xonada, qaysi javonda va qaysi zalda ekanligini topish juda oson va qulay. Kitobxonlardan kechikkan kitoblar uchun jarima undiriladi va bu jarimalar kutubxonani rivojlantirish uchun ishlatishga mo'ljallangan. Bundan tashqari kitobxon masofadan turub kutubxonadagi uziga kerakli kitobni maxsus berilgan kodlar orqali OPAC bo'limidan topib, o'zini nomiga zaxiraga olib qo'yish mumkin va vaqt topib kutubxonaga kelib zaxiraga olgan kitobni zaxiradan olib ketishlari mumkin.
Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistiondagi vakolatxonasi tomonidan "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining kutubxonasiga kutubxonada mavjud barcha adabiyotlarni elektron shaklini yaratish va electron.
Ayni vaqtda "Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universitetining kutubxonasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan yagona elektron kitoblar bazasidan ya'ni Unilibrary.uz saytidan keng foydalanib kelinmoqda hamda universitet kutubxonasi tomonidan 1900 nomdagi o'quv qo'llanmalar, ilmiy adabiyotlar, darslik va badiiy adabiyotlar kiritilgan