Reja - moliya bo‘limi
Reja – moliya bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, amaldagi Mehnat Kodeksi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanib ish ko‘radi.
Bo‘limda bajarilayotgan ishlarni takomillashtirib borish, universitet jamoasini ijtimoiy muhofaza qilish borasida zarur mablag‘ bilan moliyalashtirishni ta’minlab borish, universitet moddiy-texnika bazasini kuchaytirishda kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirish, universitet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishida xizmat ko‘rsatish, binolarning texnik holatlarini yaxshilash uchun tuzilgan smeta loyihalari doirasida moliyalashtirishni ta’minlash, bo‘lim tomonidan topshiriladigan hisobot va loyihalarning aniq va sifatli bo‘lishini ta’minlash, tasdiqlangan reja va limitlar doirasidan chiqmaslikni qat’iy nazorat qilish, universitetning iqtisodiy vaziyatini yaxshilashda muntazam faoliyat yuritib borishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.
Bo‘lim asosiy vazifalari
Bo‘limning asosiy vazifalari universitet iqtisodiy, moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini takomillashtirish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larining daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, iqtisodiy tahlil o‘tkazish, namunaviy shtatlar jadvalini to‘g‘ri yuritishni nazorat qilish hamda universitet faoliyatini muntazam moliyalashtirib borishdan iborat.
Bo‘lim asosiy funksiyasi
Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yillik smeta loyihalarini tuzish, tasdiqlatish va ro‘yxatga olish uchun Turizmni qo‘mitasiga taqdim qilish.
Universitetning budjet va budjetdan tashqari shtatlar jadvallarini ishlab chiqish, tasdiqlatish hamda shtat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish.
Universitet tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’lim va boshqa xizmatlarning narxlarini belgilash va tasdiqlatish, yillik daromadlar tushumi prognozlarini ishlab chiqish, ularning bajarilishi holatini tahlil qilish.
Xarajatlar smetasining har choraklik va yillik xisobotlarini tuzish va ularni vazirlik va statistika tashkilotlariga taqdim qilish.
Universitet rahbarining yoki uning vakolati topshirilgan shaxsning topshirig‘iga ko‘ra mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha qaror, farmoyishlarni ekspertiza qilish va iqtisodiy tahlil o‘tkazish.
Universitet budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari sarflanishi va budjet intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish.
Universitet ishchi-xodimlar jamoasini hamda talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish borasida zarur mablag‘lar bilan moliyalashtirishni ta’minlab borish;
Universitet moddiy-texnik bazasini kuchaytirishda zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Universitet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishda ximmat ko‘rsatish;
Bo‘lim tomonidan topshiriladigan hisobot va loyixalarning operativ va sifatli bo‘lishini ta’minlash;
Universitetning iqtisodiy vaziyatini yaxshilash borasida muntazam faoliyat yuritish.
Boʻlimning nomi: Reja-moliya bo‘limi
Manzili: 140104 Samarqand shahar Universitet xiyoboni, 17
Telefon: (97) 390-98-64
e-mail: info@univ-silkroad.uz, website: www.univ-silkroad.uz,