“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, kundalik yangiliklar, qabul jarayonidagi targ‘ibotlarni tezkor, sifatli yoritish, kontentlar tayyorlash, OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda universitet faoliyatini keng targ‘ib qilish bo‘limning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bo‘lim boshlig‘i va xodimlari doimiy ravishda OAVlari jurnalistlari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari bilan hamkorlikda ishlaydi. Ish jarayonida OAV vakillari bilan axborot almashinib tadbirlarda, anjumanlarda zarur axborot bilan ta’minlaydi.
Siz uchun universitetning yetakchi mutaxassislari – jahon darajasidagi olimlar bilan suhbatlar tashkil qilamiz, universitet faoliyatiga doir so’nggi yangiliklar va tadqiqotlar natijalari bilan o’rtoqlashamiz, tegishli mavzular bo’yicha eksklyuziv ma’lumotlar beramiz.
Bo‘limning zimmasiga universitetning tashqi va ichki kommunikasiyalarini boshqarish kiradi. Pr va Matbuot bo‘limi tashqi aloqa (davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, hamkorlar) bilan kommunikasion munosabatlarni yo’lga qo’yib, universitetning axborot maydonini kuzatib boradi, shuningdek, yangi aloqa kanallarini ishlab chiqadi va rivojlantiradi.
Universitet faoliyatining ichki korporativ kommunikasiyalari (umumiy universitet tadbirlari, konferensiyalar, korporativ axborot nashrlari) katta ahamiyatga ega bo’lib, ular universitet strategiyasini amalga oshirishda xodimlar va talabalarni maqbul integrasiyaga qaratilgan va universitetning korporativ madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Samaradorlik, bilimdonlik, professionallik, kichik bir detallargacha e’tiborlilik, ochiqlik hamda fan va ta’limni ommalashtirishga yo’nalganlik – “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Pr va matbuot bo‘limining asosiy professional prinsiplaridir.