• icon
  • icon
  • icon
  • icon
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
  • Universitet
    • Universitet haqida
      • Missiya
      • Ramzlar
      • Aloqa
      • Bitiruvchilar assotsiatsiyasi
    • Rektor tabrigi
    • Meyoriy hujjatlar
      • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
      • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari
      • Universitet ustavi
      • Maqsadli ko'rsatkichlar
      • KPI
      • Ochiq ma'lumotlar
    • Davlat ramzlari
      • Bayroq
      • Gerb
      • Madhiya
    • Vakansiya
  • Tuzilma
    • Rahbariyat
      • Rektor
      • Senat
      • Prorektorlar
    • Fakultetlar
      • Turizm menedjmenti
    • Kafedralar
      • Turizm
      • Tarix va madaniy meros
      • “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi
      • Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi
      • Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot kafedrasi
    • Markaz va bo'limlar
      • Ishlar boshqarmasi
      • Raqamli ta'lim texnologiyalari va masofaviy ta'lim markazi
      • Xodimlar bilan ishlash(HR) bo'limi
      • Kutubxona
      • Qabul komissiyasi va marketing
      • Devonxona va arxiv
      • Ta'lim sifatini ta'minlash va akkreditatsiya bo'limi
      • Professional ta'lim muassasalari
      • PR va matbuot bo'limi
      • Ishlar boshqarmasi
      • Reja - moliya bo‘limi
      • Buxgalteriya
      • Magistratura bo’limi
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
    • Universitet tuzilmasi
      • Universitet tuzilmasi
    • Rahbariyat vazifalari
      • Rektor lavozim vazifalari
      • Birinchi prorektor
      • O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
      • Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
  • Faoliyat
    • O'quv jarayonlari
      • Dars jadvali
      • Imtihon
      • Ofis registratori bo'limi
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
      • Akademik kengash
      • Fan dasturlari (syllabus)
    • Ilmiy faoliyat
      • E-jurnal
      • Ilmiy tadqiqotlar bo'limi
    • Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
      • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
      • Sport mashg‘ulotlar bo‘limi
      • Tyutorlar faoliyati
      • Yotoqxona tarbiyachi-pedagogi
      • University prevention inspector
      • Xotin-qizlar kengashi raisi
      • Universitet psixologi
      • Yoshlar ittifoqi
      • Sport klubi
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Xalqaro aloqalar
      • Xalqaro grantlar va shartnomalar
      • Global ta'lim bo'limi
      • Xalqaro hamkorlik bo'limi
    • Sifat siyosati
      • Sifat siyosati
      • Yil sarhisobi
    • Erasmus+
      • Erasmus+
      • Loyiha jamoasi
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • O'tkazilyotgan tadbirlar
    • Universitet Kasaba uyushmasi
      • Rektor murojaati
      • Universitet Kasaba uyushmasi
  • Abituriyentlarga
    • Qabul
      • Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat qabul qilish tartibi
      • Qabul kvotalari
      • O‘tish ballari
      • Qabul komissiyasi
    • Bakalavryat
      • Eslatma
      • Kirish imtihonlari
    • Xorijlik abituriyentlarga
      • Qo'llanma
      • Stipendiyalar
      • Study in Uzbekistan
    • Magistratura
      • Nizom
      • Qabul kvotalari
      • Manzil
      • Qabul komissiyasi
  • Talabalarga
    • Bakalavriat
      • O'quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Stipendiyalar
      • Axloq kodeksi
      • Talabalar klublari
      • Kontrakt to'lovlari
    • Magistratura
      • O‘quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Kontrakt to'lovlari
      • Ro'yhatdan o'tish
    • TEDx
      • TEDx
    • Akademik taqvim
      • Akademik taqvim
    • Tizimlar
      • Tizimlar
    • Ekofaol talabalar
    • Bitiruvchilar
      • Karyera markazi
      • Bitiruvchilar bandligi
      • KELAJAKGA QADAM MARKAZI
    • Akademik mobillik
      • Akademik mobillik
  • Yangiliklar
    • Universitet yangiliklari
    • E'lonlar
    • Maʼnaviy tadbirlar
    • Yashil universitet
      • Yashil makon
      • Yashil universitet
    • Faxriy mehmonlar
    • Galereya
  • SDGs
Qabul
logo
  • info@univ-silkroad.uz
  • +99866 240-67-68
shape
shape
shape

Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat

Home Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ‘Ipak yo‘li’ turizm va madaniy meros xalqaro universitetidagi boshlang‘ich tashkilotlari to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — boshlang‘ich tashkilot)ning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.

2. Boshlang‘ich tashkilot oliy ta’lim muassasasida kamida besh nafar Ittifoqning maqsad va vazifalariga xayrixoh bo‘lgan yoshlar tashabbusi bilan tuziladi hamda Ittifoqning hududiy Kengashlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.

3. Boshlang‘ich tashkilot oliy ta’lim muassasasidagi talaba-yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularning ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini oshirish borasida faoliyat yurituvchi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining eng quyi tuzilmasi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy, hududiy va mahalliy Kengashlariga bo‘ysunadi.

4. Boshlang‘ich tashkilot o‘z faoliyatini oliy ta’lim muassasasi rahbariyati va muassasadagi boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

5. Boshlang‘ich tashkilot o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Ustaviga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


2-bob. Boshlang‘ich tashkilotning maqsad va vazifalari

6. Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasasida talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

7. Boshlang‘ich tashkilotning asosiy vazifalari:

  • talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan takliflar tayyorlash;

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba-yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish;

  • huquqbuzarlikdan jabrlangan yoki huquqbuzarlikka moyil bo‘lgan talaba-yoshlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish ishlarida ishtirok etish;

  • talaba-yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni singdirish;

  • Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish;

  • yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;

  • talaba-yoshlarning murojaatlari va muammolarini ko‘rib chiqish hamda hal etishda ko‘maklashish;

  • chuqur bilim olish, chet tillarini o‘rganish, zamonaviy AKTni egallash va kasb-hunarga yo‘naltirishga ko‘maklashish;

  • iqtidorli yoshlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

  • intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;

  • kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

  • “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli illatlar, axborot xurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

  • yoshlar turizmini rivojlantirish, tarixiy obidalar, qadamjolar, muzeylar, teatrlar va mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflar uyushtirish;

  • ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish va sport musobaqalarida ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratish;

  • tibbiy madaniyatni, xususan kasalliklardan himoyalanish yo‘llarini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;

  • ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ‘ib etish orqali ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.


3-bob. Boshlang‘ich tashkilotning huquq va majburiyatlari

8. Boshlang‘ich tashkilotning huquqlari:

  • talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘quv-tarbiya va boshqa jarayonlarda ishtirok etish;

  • mas’ul xodimlar va o‘qituvchilardan zarur ma’lumotlarni olish hamda nazorat qilish;

  • darslar sifati, professor-o‘qituvchilarning talabalar bilan munosabati, kutubxona va sport obyektlari faoliyatini o‘rganish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

  • talaba-yoshlarning muammolari va tashabbuslari yuzasidan rektor va yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish;

  • oliy ta’lim muassasasidagi sharoitlardan to‘liq foydalanish, yoshlar ishtirokida to‘garak va klublar tashkil etish;

  • ish rejasidagi tadbirlarning oliy ta’lim muassasasi tomonidan moliyalashtirilishini tashkil etish;

  • belgilangan tartibda qo‘shimcha tuzilmalar tashkil etish;

  • faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish va targ‘ib etish;

  • tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.

9. Boshlang‘ich tashkilotning majburiyatlari:

  • amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va oliy ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilingan lokal hujjatlar doirasida faoliyat yuritish;

  • belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining yuqori turuvchi Kengashlari va oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining topshiriq hamda ko‘rsatmalarini bajarish;

  • tegishli hududiy Kengash va oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga har chorakda hisobot taqdim etib borish;

  • ajratilgan xona, moddiy-texnik vositalar va mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanish;

  • oliy ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya va boshqa ishlariga ko‘maklashish.


4-bob. Boshlang‘ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasi

10. Boshlang‘ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

  • umumiy yig‘ilish;

  • Yoshlar Kengashi;

  • fakultet koordinatorlari;

  • akademik guruh koordinatorlari;

  • boshlang‘ich tashkilot qoshidagi tuzilmalar (to‘garaklar, klublar, uyushmalar, harakatlar va boshqalar).

11. Umumiy yig‘ilish boshlang‘ich tashkilotning rahbar organi hisoblanadi. Hisobot yig‘ilishi bir yilda kamida bir marta, vakolatli umumiy yig‘ilish esa ikki yilda kamida bir marta чақирiladi. Uni chaqirish to‘g‘risidagi qaror Yoshlar Kengashi tomonidan qabul qilinadi va kun tartibi kamida ikki hafta oldin e’lon qilinadi.

12. Umumiy yig‘ilish:

  • boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga daxldor barcha masalalarni ko‘rib chiqadi;

  • qayta tashkil etish yoki faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

  • yoshlar yetakchisi, Yoshlar Kengashi a’zolari va fakultet koordinatorlari hisobotlarini tinglaydi;

  • Yoshlar Kengashi tarkibini saylaydi.
    Qayta tashkil etish va tugatish bo‘yicha qaror delegatlarning uchdan ikki qismi ovozi bilan, boshqa masalalar esa ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

13. Yoshlar Kengashi umumiy yig‘ilishlar oralig‘ida boshlang‘ich tashkilotning rahbar organi hisoblanadi va kamida 7 kishidan iborat tarkibda 2 yil muddatga saylanadi.

14. Yoshlar Kengashi tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • yoshlar yetakchisi;

  • intellektual loyihalar koordinatori;

  • besh tashabbus loyihalari koordinatori;

  • harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori;

  • tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;

  • “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori;

  • talaba-qizlar koordinatori.

15. Yoshlar yetakchisi:

  • boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi;

  • tizimdagi barcha yetakchilar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi;

  • talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi;

  • tashkilot nomidan ish yuritadi;

  • yuqori tashkilotlar va rahbariyatga axborot hamda hisobotlar taqdim etadi;

  • ajratilgan xonalar, texnika va mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi;

  • tegishli kengashlar, ishchi guruhlar va komissiyalarda a’zo sifatida faoliyat yuritadi.

16. Yoshlar yetakchisi oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi hamda hududiy Kengash va rektorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadi.

17. Fakultet koordinatori fakultet miqyosida faoliyat yurituvchi bo‘g‘in bo‘lib, fakultet talabalari orasidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

18. Akademik guruh koordinatori guruh darajasida ishlovchi quyi bo‘g‘in hisoblanadi. Talabalar soni kamida 20 nafardan ortiq bo‘lgan guruhlarda saylanadi, aks holda yo‘nalish yoki kurs kesimida saylanadi.

19. Boshlang‘ich tashkilot o‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqib to‘garaklar, klublar, uyushmalar, volontyorlik guruhlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etishi mumkin. Ularning ishiga tegishli yo‘nalish koordinatorlari rahbarlik qiladi.


5-bob. Boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchisini saylash

20. Yoshlar yetakchisi saylovi umumiy yig‘ilishda ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

21. Yetakchilikka nomzodlarni fakultetlar Yoshlar Kengashlari, talabalarning tashabbuskor guruhlari hamda oliy ta’lim muassasasi rektori bilan kelishilgan holda ko‘rsatish mumkin.

22. Ko‘rsatilgan nomzodlar rektor tavsiyasi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli hududiy Kengashi huzuridagi tanlov komissiyasiga suhbatdan o‘tish uchun yuboriladi.

23. Tanlov komissiyasi suhbatidan o‘tgan nomzodlar saylov jarayonlarida ishtirok etish huquqini oladi.

24. Yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzod:

  • 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

  • talaba, magistr, tayanch doktorant yoki pedagog xodim bo‘lishi;

  • yetakchilik, notiqlik, tashabbuskorlik va fidoyilik xususiyatlariga ega bo‘lishi;

  • boshqaruv, tashkilotchilik va jamoat bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • zararli g‘oyalar va ma’naviy tahdidlar haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lishi;

  • yoshlarga oid davlat siyosati va ta’lim-tarbiya jarayoniga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.

25. Nomzodlarga saylovoldi tashviqoti olib borish uchun 10 kun muddat beriladi. Saylovoldi tashviqoti saylov kunidan bir kun oldin to‘xtatiladi. Nisbatan ko‘p ovoz olgan nomzod yoshlar yetakchisi etib saylangan hisoblanadi va 2 yil muddat faoliyat olib boradi.

26. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda saylovga tayyorgarlik va saylov jarayoni yoritib borilishi mumkin.


6-bob. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash

27. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan boshlang‘ich tashkilotga alohida xona, ish stoli va stullar, javonlar, kompyuterlar jamlanmasi, printer, proyektor, ekran, raqamli fotoapparat hamda zaruriy devonxona mollari bilan ta’minlanadi.

28. Boshlang‘ich tashkilotning ish rejasida belgilangan chora-tadbirlar oliy ta’lim muassasasining ish rejasiga kiritiladi.

29. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, uslubiy qo‘llanmalar va tarqatma materiallar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan ta’minlanadi.


7-bob. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini to‘xtatish

30. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini to‘xtatishga asosli sabablar bo‘lsa, uning faoliyati umumiy yig‘ilish qarori bilan belgilangan tartibda tugatiladi.


Qidiruv
Oxirgi xabar
  • image
    2026-04-30
    🎓 Buyuk Britaniya ta’limi endi O‘zbekistonda! 🇬🇧✨
  • image
    2026-04-30
    Universitetimizda Modalar namoyishi – 2026
  • image
    2026-04-30
    Sog‘lom hayot — porloq kelajak poydevori!
Tags
Ta'lim Ilmiy tadqiqotlar Texnologiyalar Talabalar hayoti Xalqaro hamkorlik Konferensiyalar Grantlar Innovatsiyalar Karyera Tadbirlar Yutuqlar Yangiliklar
shape
shape
shape
shape
shodow

Universitet

  • Haqida
  • Aloqa
  • Universitet yangiliklari
  • Eʻlonlar
  • Vakansiya

Biz bilan bog'laning

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

  • Ish vaqti:

    Dush - Jum: 09.00 - 18.00

  • Qoʻngʻiroq qiling:

    +99866 240-67-68

  • Pochta:

    info@univ-silkroad.uz

© Copyright «Silk Road» International University of Tourism and Cultural Heritage 2018-2024

  • Terms & Condition
  • uniRank.org