Sayt Test rejimda ishlamoqda
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
image

Bugun 8-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan “O‘zbekistonda yo‘qolib borayotgan gilam turlarini tiklash yo‘llari” mavzusida ikki kunlik ko‘rgazma va ilmiy amaliy seminar boshlandi.

Seminarning birinchi kunida o‘tkazilgan ko‘rgazmada aksariyat viloyatlardan tashrif buyurgan gilamdo‘z ustolar, madaniy meros sohasidagi olimlar ishtirok etishdi. Dastlab ishtirokchilar ko‘rgazmaga qo‘yilgan qadimiy gilam nusxalari hamda ustolar tomonidan gilam to‘qish jarayonlari bilan tanishdi. Shundan so‘ng tadbirning ochilish marosimi o‘tkazilib, unda tadbirdan ko‘zlangan maqsad vazifalarga to‘xtalib o‘tildi. Ko‘rgazmada “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti va respublika Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xalqaro seminarning ikkinchi kuni ertaga 9-aprel kuni o‘tkazilib, unda asosan ilmiy amaliy jarayonlar va kitob taqdimoti o‘tkazilishi belgilangan.


image
image
image
image
image
image
image
image
image
image
Qidiruv