Версия для печати
Payshanba, 30 Iyun 2022 09:47

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar diqqatiga

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar diqqatiga PR & Press Department © All Rights Reserved

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-sonli qaroriga muvofiq “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Davlat test markazi veb-sayti orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlarida, istisno tariqasida, xorijiy til (ingliz tili) bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan, IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for languages (CEFR) bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq, Davlat test markazi tomonidan taqdim yetilgan ingliz tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori) to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abiturientlarning hujjatlarini rasmiylashtirilishiga ruxsat etilishi belgilangan.

     Turizm va madaniy meros vazirligi tasarrufidagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari ingliz tilida hamda sirtqi ta’lim shaklida rus va o‘zbek tillarida olib boriladi.

     Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2022-yil talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari va shu jumladan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat hamda xorijiy OTMlar filiallaridan universitetning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballari quyidagicha belgilanganligini ma’lum qilamiz.

Shifri

Yo'nalish nomi

O'tish ballari

1

60230700

Amaliy tillar

94

2

61010400

Smart turizm

80

3

61010400

Turizmda media va kommunikatsiya

80

4

60411200

Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha

105

5

61010400

Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

80

6

61010500

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tillar)

80

O'qilgan 3050 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar