Версия для печати
Shanba, 18 Noyabr 2023 09:00

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari sizlarni Vatanimizning muhim ramzlaridan biri bo‘lgan Davlatimiz Bayrog‘i qabul qilinganligi munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

Barchamiz uchun vatanimizning muqaddas ramzi – Davlat bayrog‘i aziz bo‘lib, u erkimizning eng muhim timsolidir. O‘zbekistonliklarning asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz Vatanimiz ertasini, kuch va qudratini aks ettirishda bardavom bo‘lsin!

Hurmat bilan, Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

O'qilgan 606 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar