Bugun 13-mart kuni universitetimizning bir guruh 1-2-bosqich talabalari ruzai ramazon kunlarida Samarqand shahridagi "Saxovat uyi"da yashayotgan keksalar va nogironligi bo‘lgan insonlar xolidan xabar olishdi. Talabalarimiz "Saxovat uyi"ga tashrifi davomida bu yerda istiqomat qilayotgan otaxon va onaxonlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning quvonch va tashvishlari bilan o‘rtoqlashdi