Версия для печати
Juma, 11 Iyun 2021 10:19

Luvr va Ermitaj universitet kutubxonasiga noyob nashrlarni qo‘shdilar

YuNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining ko‘magi bilan Universitet kutubxonasi noyob kitoblarning nashrlari bilan to‘ldirildi.

Rossiyaning eng yirik “Ermitaj” madaniy-tarixiy muzeyi o‘quvchilarga madaniy meros sohasida ta’limni yaxshilash uchun sovg‘a sifatida bir qator kitoblarni yubordi. To‘plamda butun dunyo olimlari ishlagan juda ko‘p original, noyob illyustratsiyalar mavjud. Xususan, to‘plamga “Buyuk Ipak yo‘li” davridagi boy adabiyotlar kiritilgan.

Sovg‘a qilingan barcha kitoblarning bosma va elektron shakllari mavjud.

Mashhur Luvr muzeyi (Frantsiya) Osiyo adabiyotlari to‘plamiga madaniyat va san’at, muzeyshunoslik va ko‘rgazma tashkil etish sohasidagi yetakchi kitoblarni qo‘shdi.

Ayni paytda universitetning kutubxona fondida 12 mingdan ortiq bosma kitob mavjud. Butun kutubxona zamonaviy uskunalar, lingafon bilan jihozlangan bo‘lib, talabalar barcha kerakli elektron materiallar bilan ta’minlangan.

O'qilgan 4063 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar