Yangiliklar: Noyabr 2020

Dushanba, 30 Noyabr 2020 17:01

⚡ Talabalar Parlamentiga Prezident saylovi

Hurmatli talaba! Sizda liderlik qobiliyati bormi? Siz universitetning strategik rivojlanishida ishtirok etishga tayyormisiz? Chetda qolmang, bu sizning imkoniyatingiz boʻlishi mumkin!

“Ipak yoʻli” universiteti ma’muriyati talabalar Parlamentiga Prezident saylovi boshlanganligini e’lon qiladi!

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalar Parlamentiga Prezident saylovi quyidagi mezonlarga muvofiq oʻtkaziladi:

  • ixtiyoriylik;
  • oshkoralik;
  • xolislik;
  • huquqlarning tengligi;
  • tashabbus.

Asosiysi, nomzodlar oʻziga ishongan, faol hayotiy pozitsiyaga, yetakchilik fazilatlariga va tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
Har bir universitet talabasi talabalar Parlamentiga saylash va saylanish huquqiga ega. Ovoz berish huquqi boʻyicha hech qanday imtiyoz va cheklovlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kunduzgi oʻquv shaklida oʻqiyotgan har bir talaba oʻz nomidan talabalar Parlamenti Prezidentlikka nomzodini qoʻyishi mumkin.

Prezidentlikka nomzodlardan nima talab qilinadi?

  • kamida uch tilni: oʻzbek, rus va chet tillarini bilish;
  • vitse-prezidentlikka oʻz nomzodlarini koʻrsatish;
  • “Men talabalar Parlamentining Prezidentiman” mavzusida qisqa videorolik tayyorlash, unda nomzod kelajakdagi ish rejalari, ushbu lavozimga strategik qarashlari va erkin mavzuni taqdim etishi kerak boʻladi.

Talabalar Parlamenti Prezidenti boʻlishga qaror qilgan har bir talaba yuqorida koʻrsatilgan talablarga sifatli va mas’uliyat bilan yondashadi deb umid qilamiz.
Barcha qoʻshimcha savollar bilan edvayzerlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Broshyurani yuklab olish (PNG)

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 24-27-noyabr kunlari “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida “Markaziy Osiyoda barqaror turizm modeli: imkoniyatlar, hamkorlikni rivojlantirish, texnologiyalarni joriy etish” loyihasi doirasida onlayn-vebinar boʻlib oʻtdi.

Tadbir Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti, Oʻzbekiston xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi va “Markaziy Osiyoda barqaror turizm modeli: imkoniyatlar, hamkorlikni rivojlantirish, texnologiyalarni joriy etish” loyihasining sherigi boʻlgan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti tomonidan tashkil etildi.

Toʻrt kun ichida Evropa Ittifoqi mamlakatlarining vakolatli mutaxassislari va ekspertlaridan tashkil topgan professor-oʻqituvchilar tarkibi onlayn mashgʻulotlar orqali ekologik sertifikatlash masalalari va “yashil texnologiyalar”ni joriy etish maqsadlari toʻgʻrisida oʻquv ishtirokchilarining xabardorligini oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirildi. Soha mutaxassislari turizm korxonalarida atrof-muhitni boshqarish mavzularida qoʻshimcha bilimlarga ega boʻlishdi. Bu shuni anglatadiki, O'zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesida “barqaror turizm” darajasi va “yashil texnologiyalar”ni tatbiq etish darajasi muttasil o'sib boradi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak Yo‘li” turizm xalqaro universitetida 2020-yil 22-dekabr kuni soat 10:00 da “Ipak Yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar va madaniyatlararo muloqot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman onlayn shaklida (internet platformaga asoslangan videokonferensiya formatida, identifikatsiya raqami va ulanish uchun parol qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi) o‘tkaziladi.

Ushbu konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Xitoyning Beijing International Studies University bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsadi Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan davlatlarda turizm sohasini rivojlanishida madaniyatlararo muloqotning roli bo‘yicha ilmiy-metodologik, amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tajriba almashinuvi uchun xalqaro platformani yaratishdan iborat.

Anjumanga yuborilgan ilmiy maqola va tezislar elektron to‘plam shaklda bepul chop etiladi.

Ushbu anjumanda o‘z maqolalari va tezislari bilan xorijiy va mahalliy olimlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Anjumanda ishtirok etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- og‘zaki ma’ruza bilan chiqish, ko‘rgazmali ma’ruza, ma’ruzalarni muhokamasida ishtirok etish, bahs-munozaralar;
- ilmiy maqola nashri.

Anjumanning asosiy mavzulari:

  1. Ipak yo‘lida joylashgan davlatlarda turizm sohasining hozirgi holati tahlili va pandemiya hamda postpandemiya sharoitida turizmni rivojlantirish yo‘nalishlari;
  2. Madaniyatlararo muloqotlarda til hamda madaniyatning o‘rni va roli;
  3. Turizm sohasini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlari.

Konferensiyaning Ilmiy Qo’mitasi

Konferensiya Ilmiy Qo’mitasi a’zolari

  1. Prof. J.D. Eltazarov
  2. A.A. Akbarov
  3. Dr. H.I. Turdibekov
  4. Dr. Sh.A. Ashurova
  5. Dr. F.A. Abdurakhmonov
  6. Dr. T.I. Sultanov
  7. T.K. Akramova

Ilmiy maqola va tezislarni qabul qilish bo‘yicha talablar: Yuklab olish

Anketa: Yuklab olish

Kategoriya Konferensiyalar

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abiturientlarning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha 2020 yil 12-13 noyabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e'lon qilindi

Faylni yuklab olish

Kategoriya E'lonlar

2021-yil uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirishga talabgorlar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari ma'lum bo‘ldi.

O‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra, quyidagi talabgorlar 2021-yil uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga qabul qilindi:

Nabiyev Obidjon Abdullo o‘g‘li

  • Ixtisoslik shifri: 10.00.06
  • Umumiy to‘plagan ball: 157

Jumanazarov Sanjar Jumanazar o‘g‘li

  • Ixtisoslik shifri: 08.00.05
  • Umumiy to‘plagan ball: 176

Nimatov Ibragim Xudayarovich

  • Ixtisoslik shifri: 08.00.05
  • Umumiy to‘plagan ball: 161

Abdullayeva Komila Timurovna

  • Ixtisoslik shifri: 10.00.06
  • Umumiy to‘plagan ball: 170

Yakubova Madina Kutfidinovna

  • Ixtisoslik shifri: 10.00.06
  • Umumiy to‘plagan ball: 176

Butoyev Ilxom Uzoqovich

  • Ixtisoslik shifri: 09.00.04
  • Umumiy to‘plagan ball: 130

Toʻliq jadvalni yuklab olish (PDF)

2021 yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga kirishga talabgorlarning topshirgan imtihonlari natijalari

Kategoriya E'lonlar

2019-yil oktyabr oyidan boshlab va bugungi kunga qadar Buyuk Britaniya Kengashining Creative Spark 5-yillik loyihasi boʻyicha “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida ingliz tili klubi (“English Speaking Club”) faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Klubning asosiy maqsadi ingliz tilini oʻrganish, shuningdek, talabalarni mustaqil ish yuritishga tayyorlash va oʻqitishdan iborat edi.

Bugun, 25-noyabr kuni “English Speaking Club” faoliyati doirasida erishilgan yutuqlar tantanali ravishda sarhisob qilindi.

Mazkur uchrashuvda klub kuratori U.Abduvaxabova toʻgarak tajribasidan mamnun ekanligini ta’kidlab, barcha yigʻilgan talabalarga oʻqishlarida muvaffaqiyatlar va belgilangan maqsadlarga erishishlarini tilab qoldi. Shuningdek, birinchi prorektor J.Eltazarov ham soʻzga chiqib,

"Talabalar – mamlakat kelajagi va Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari ekanligini ta’kidladi. Bu kabi klublarda ishtirok etish kelajakda ularning professional sohasidagi poydevorga aylanadigan tajriba va koʻnikmalarni toʻplashga yordam beradi", - deb ta'kidlab oʻtdi.

Uchrashuv yakunida “English Speaking Club” vakillari esdalik sovgʻalari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Kategoriya Yangiliklar

2021-yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga kirishga talabgorlarning topshirgan imtihonlari natijalari ma'lum bo‘ldi.

Natijalarga ko‘ra, quyidagi talabgorlar 2021-yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga qabul qilindi:

Abdusaidova Shirin Yakubovna

  • Ixtisoslik shifri: 08.00.05
  • Umumiy to‘plagan ball: 172

Axmedov Ja'sur Narzullayevich

  • Ixtisoslik shifri: 08.00.05
  • Umumiy to‘plagan ball: 169

Eshmurodova Zarifa Raxmonberdiyevna

  • Ixtisoslik shifri: 10.00.06
  • Umumiy to‘plagan ball: 156

Nabieva Dilafruz Bakhtiyorovna

  • Ixtisoslik shifri: 08.00.11
  • Umumiy to‘plagan ball: 188

Toʻliq jadvalni yuklab olish (PDF)

2021 yil uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirishga talabgorlar bilan o‘tkazilgan suxbat natijalari

Kategoriya E'lonlar
Dushanba, 23 Noyabr 2020 18:03

Global Entrepreneurship Week 2020

London Metropolitan University is delivering the following sessions as part of the Global Entrepreneurship Week 2020

1️⃣ Session, Date, Time (GMT +5): 1.6, 23rd Nov, 16:00-17:00

Speaker: Belinda Pratten

Introduction to entrepreneurship Course
This short course is designed for anyone who is curious about entrepreneurship and wants to learn the essential basic concepts needed to start a business. The sessions will teach you how to come up with an idea, identify the problem you want to solve, speak with and learn from potential customers and finally how to pitch your idea.

 Sign up link: 

Audience: Students, young entrepreneurs, academic staff, potential candidates for Big Idea Challenge competition, anyone who is curious about entrepreneurship

 


2️⃣ Session, Date, Time (GMT +5): 2.6.1, 24th Nov, 16:00-17:00

Speaker: Natasha Triay

The Importance of Brand Identity
It's important to understand what a brand is before you begin your start-up journey and you’ll leave this workshop knowing exactly how to use branding to ensure business success.
If you want your first business to thrive successfully, having a strong brand identity is essential. With millions of businesses across the globe trying to establish themselves, having a strong brand, before you even have a business idea, has become crucial for survival.

 Sign up link: 

Audience: Students, young entrepreneurs, academic staff, potential candidates for Big Idea Challenge competition, anyone who is curious about entrepreneurship


3️⃣ Session, Date, Time (GMT +5): 3.7, 25th Nov, 16:00-17:00

Speaker: Belinda Pratten

Introduction to entrepreneurship Course
This short course is designed for anyone who is curious about entrepreneurship and wants to learn the essential basic concepts needed to start a business. The sessions will teach you how to come up with an idea, identify the problem you want to solve, speak with and learn from potential customers and finally how to pitch your idea.

 Sign up link: 

Audience: Students, young entrepreneurs, academic staff, potential candidates for Big Idea Challenge competition, anyone who is curious about entrepreneurship


4️⃣ Session, Date, Time (GMT +5): 5.6, 27th Nov, 16:00-17:00

Speaker: Belinda Pratten

Introduction to entrepreneurship Course
This short course is designed for anyone who is curious about entrepreneurship and wants to learn the essential basic concepts needed to start a business. The sessions will teach you how to come up with an idea, identify the problem you want to solve, speak with and learn from potential customers and finally how to pitch your idea.

 Sign up link: 

Audience: Students, young entrepreneurs, academic staff, potential candidates for Big Idea Challenge competition, anyone who is curious about entrepreneurship

 

Kategoriya E'lonlar
Dushanba, 23 Noyabr 2020 17:52

WIPO. Yangi Intelektual Mulk online kursi

WIPO – yangi Intelektual Mulk online kursini Britaniya Kengashi taqdim etadi. Ushbu kursni tamomlash uchun 2 soat vaqt ajratish kifoya.

Roʻyxatdan o‘tish 2020-yil 9-dekabrga qadar.
Kurs 2020-yil 18-dekabrga qadar davom etadi.

Qo‘shimcha ma’lumot:
Tel: +99895 411-40-22
Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Xalqaro ta’lim dasturlari boʻlimi 304-xona

Kategoriya E'lonlar
Dushanba, 23 Noyabr 2020 17:27

The Learn English Select onlayn-kursi

Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi Creative Spark loyihasi doirasida Learn English Select onlayn-kursida ishtirok etish uchun 50 nafar ko'ngilli izlamoqda.

Ishga joylashishda oʻzingizga boʻlgan ishonchni oshirishga tayyormisiz?

Ingliz tilini oʻrganishning moslashuvchan, onlayn usuli orqali oʻzingizning til salohiyatingizni oshiring va amaliy koʻnikmalaringizni oʻz tempingizga mos ravishda yaxshilang. Talabalar ikkita darajani oʻzlashtirishadi va oxirida sertifikat olishlari uchun barcha kurslarda intizomli boʻlishlari, aktiv qatnashishlari kerak. Kurslarda toʻliq qatnasha olmaydigan talabalarga roʻyxatdan oʻtishni tavsiya etmaymiz. Ism, familiya, elektron pochta manzili va mobil telefon raqamingizni 28-noyabrgacha quyidagi havola orqali yuboring.

Toʻliq ma’lumot:

 

Kategoriya E'lonlar
1 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar