Yangiliklar: Mart 2021

Joriy yilning 29-mart – 4-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari “Hikoyalar karvoni” loyihasi doirasidagi Yoshlar sayyohlik festivalida ishtirok etmoqda. Festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 735-sonli “Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori asosida o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ikkinchi bosqich talabasi – Amirbek Mirzayev boshchiligidagi talabalar Parlamenti huzurida “Hikingly” sport va ekstremal turizm klubi faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 30-mart kuni Samarqand viloyati “Zarafshon” milliy bog‘i hududida “Hikingly” klubi a’zolari “Belgilangan yo‘nalishda oriyentirlash” sport yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirok etishdi. Quvonarlisi, talabalar belgilangan vazifalarni a’lo darajada bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Musobaqaning maqsadi sport turizmi, tog‘da oriyentirlash va “mountain bike” velosportini keng rivojlantirish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ichki turizm sharoitida yoshlarning sayyohlik faolligini oshirishdan iborat.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini va mavqeyini tubdan oshirish hamda 2020-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari orasida o‘zbek tilida “Eng chiroyli nutq” tanlovi tashkil etildi. Tanlov g‘oliblari 2021-yil 30-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida taqdirlandi.

Tavlovda faxrli 1-oʻrinlarini egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida; faxrli 2-oʻrin egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida; faxrli 3-oʻrinni egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining hamda Buxoro turizm texnikumining talabalariga sertifikatlar taqdim etildi.

Kategoriya Yangiliklar

Jahon sayyohlik bozorining o‘sib borishi bilan so‘nggi yillarda ommaviy turizm (yoki “overturizm”) dan voz kechish tendensiya paydo bo‘ldi. “Alohida qiziqish” yoki “Nish (niche) tourism” deb atalgan bu tendensiya sayohatchilarning (ko‘pincha yuqori darajali va tajribali sayohatchilar) yangi va ekzotik turistik zonalarni izlashga qiziqishi bilan tavsiflanadi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 25-26-mart kunlari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida “O‘zbekistonda maxsus Nish turizmini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “Research Support Center” tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkillashtirildi.

Mazkur sho‘balar doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
- Nish (Niche) turizmi yuzasidan xalqaro tajribalar;
- O‘zbekistonda Nish (Niche) turizmini rivojlantirish omillari va yo‘nalishlari;
- Nish (Niche) turizmi bilan parallel ravishda rivojlantirilishi zarur bo‘lgan turizmning boshqa yo‘nalishlari;
- Nish (Niche) turizmi paketini yaratish va turistik mahsulotlarini sotish;
- Nish (Niche) turizmi bo‘yicha marketing tadqiqotlarini olib borish, SWOT-tahlili;
- O‘zbekistonda Nish (Niche) turizmini rivojlantirishda mintaqaviy xususiyatlar;
- Sport turizmi.

Nish (Niche) turizmi COVID-19 pandemiyasi ta’siridan keyin xorijiy sayyohlarni jalb qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tadqiqotchilar fikricha O‘zbekistondagi Nish (Niche) turizmi uchun foydalanilmagan imkoniyatlar to‘g‘risida ko‘proq ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish zarur. Bu konferensiya shu yo‘ldagi harakatlardan biridir.

Kategoriya Yangiliklar

     Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini tugatayotgan har bir bitiruvchini aniq bir tashkilotga biriktirishni ta’minlash bilan birga, uning bo‘lajak ish joyi, ishlashi va ijtimoiy sharoitlarini bugundanoq aniq belgilamoq zarur.
     Ayni paytda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining 2020-2021 o‘quv yili bitiruvchilarini korxona, tashkilot va muassasalarga ishga taqsimlash hamda joylashtirishni tashkil etish bo‘yicha jarayon qizg‘in tus olgan. Ya’ni, bitiruvchilar bandligini kafolatli ta’minlashga ko‘maklashish, maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida 2020-2021 o‘quv yili bitiruvchilari uchun 2021 yilning 15 aprel kuni soat 10:00da “Karera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tadi.
     “Karera kuni” tadbiri offlayn formatda o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari, Respublika va Samarqand viloyatidagi turistik firmalar, logistika firmalari, Toshkentdagi Hilton, Marriott, Hyatt Regency kabi premium-klass mehmonxonalari, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalarining Personal bilan ishlash bo‘limlari boshliqlarini, restoranlar va boshqa tashkilotlardan ko‘pgina ish beruvchilarning qatnashishi rejalashtirilgan. Mazkur yarmarka bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga, bo‘lajak mutaxassislarni ish beruvchilar bilan tanishtirishga ko‘maklashadi.
     Tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan turli tashkilot, turizm ob’ekti rahbarlari va vakillari quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi. https://forms.gle/7LbrxcBYrSReAHD46
Ro‘yxatdan o‘tish muddati 2021 yil 10 aprelgacha deb belgilangan.
Barcha ish beruvchilarni “Karera kuni” tadbiriga taklif etamiz!

Kategoriya E'lonlar

“Rektor Kubogi” doirasidagi musobaqalarning rasmiy qismi futbol bo‘yicha saralash bahslaridan boshlandi. Bugun Samarqand shahar “Spartak” stadionida jamoalar birinchi yarimi o‘rtasida pley-off o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Rektor kubogida jami 16 jamoa kurashmoqda.

Rektor Kubogi musobaqalari universitetda talabalar orasida ommaviy sportining yuqori darajasini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Aziz talabalar! Omad sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Kategoriya Yangiliklar

2021-yil 24-mart kuni Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabxat “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga amaliy tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Ipak yo‘li” universitetining Hindiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik salohiyatlari, hamda turizm va ta’lim sohasida hind-o‘zbek munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mehmonga universitetda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ilmiy va amaliy ishlar haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, Janob Manish Prabxat “Ipak yo‘li” universiteti talabalari uchun “Hindiston Respublikasining sayyohlik salohiyati va bu sohaga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Ikki kun davomida Janob Manish Prabxat uchun Samarqandning diqqatga sazovor joylariga ziyorat tashkil etiladi. Mehmon Samarqand bo‘ylab sayohatini Doniyor Payg‘ambar maqbarasidan boshlaydi, keyinchalik Ulug‘bek rasadxonasi va qadimiy shaharning boshqa tarixiy-me’moriy yodgorliklari bilan tanishadi.

Kategoriya Yangiliklar

Bu yil “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida ilk marotaba “Rektor Kubogi” sport musobaqalar tashkil etiladi, unda talabalar turli sport turlari bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan sport, ta’lim, madaniyat va tarbiya hamda yoshlar bo‘sh vaqtini o‘tkazishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida ilgari surilgan beshta tashabbusning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 23-mart kuni “Rektor Kubogi” musobaqalari doirasida Samarqand shahar shaxmat Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi ko‘magida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari uchun shaxmat bo‘yicha professional trening o‘tkazildi.

Trening davomida ishtirokchilarni ro‘yxatga olish va qur’a tashlash, musobaqani tantanali ochish tartibi, shaxmat o‘yin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha hakamlarning majburiyatlari, musobaqa natijalarini sarhisob qilish tartibi kabi masalalar ko‘rib chiqildi hamda qatnashchilarga tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar