Yangiliklar: Avgust 2021

  “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti ma'muriyati O'zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi-Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklaydi!

  Biz buyuk ajdodlarimizning ishlarini davom ettirmoqdamiz va mamlakatimiz tarixi va mustaqilligini saqlab qolish, ilg'or davlat qurilishida faol ishtirok etish burchimizdir. Bir-birlarini hurmat qilish, har qanday qiyinchiliklarni bartaraf etish va muvaffaqiyatga erishish muhimdir.

   Milliy o'zligimizni anglash, sha'ni va iftixor tuyg'usi, yurtimiz taqdirini hal etish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an'analarimizdan faxrlanish huquqini bizga qaytargan Mustaqillik kuni tariximizda abadiy qoladi va Vatanimiz solnomasida oltin harflar bilan yozilgan bo'ladi.

Hurmat bilan, universitet ma'muriyati.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 31 Avgust 2021 16:25

X A B A R N O M A

“Ipak Yo’li” turizm xalqaro universiteti 2021-2022 yil sirtqi ta’lim shakliga hujjat topshirgan abiturientlar uchun qabul yakunlangani haqida xabar beradi.

Joriy yil sirtqi ta’im shakli uchun kirish test imtihonlari gibrid usulida amalga oshiriladi. Ya’ni sirtqi ta’ilm shaklida ariza yuborganlar universitetda imtihon uchun ajratilgan xonada(offline) tizimda yoki o’ziga qulay (uyidan, istiqomat qilayotgan hududidan) zarur texnik talablarga javob beradigan internet va shaxsiy kompyuter mavjud joyda (online) tizimda “Examus” proctoring platformasi orqali kirish imtihonlariga qatnashadi.

Agar imtihon topshiruvchi testni o‘ziga qulay joyda shaxsiy kompyuteri vositasida topshirsa, internetga barqaror ulanishini ta’minlash uning o‘z zimmasidagi majburiyat hisoblanadi. Aks holda, imtihon jarayonidan texnik muammo borligi sababli, aloqa uzilib qolsa, kompyuter vositasi ba’zi sabablarga ko’ra ishdan chiqsa yoki elektr energiya o’chishi sababli dasturdan chiqib ketsa,o’qishga tavsiya etilmaganligi sababchisi va javobgari imtihon topshiruvchi hisoblanadi.

Kirish imtihonlari joriy yilning 7-9 sentabr etib belgilangan. Universitetga kelib imtihon jarayonida qatnashaman deganlar, imtihon belgilangan kuni passport bilan universitet binosiga belgilangan vaqtdan yarim soat oldin kelishi shart.

O’ziga qulay joyda imtihon topshirmoqchi bo’lganlarning kompyuter vositasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

-Windows 7 dan katta bo'lmagan operatsion tizim

- 500 mb  xotira

-operativ xotira

- Protsessor - Intel Core 2 DUO yoki AMD Athlon x2, SSE3, s 2 yadro va tizim chastotasi kamida 1,8

- 2,1 gigagertsli protsessor,

- kamida 1Mbit 5 Mbitgacha / s dan tezlikdagi Internetga ulanish

Brauzerni yangilash uchun havola:  chrome://help/   Google Chrome uchun, browser://version  Yandex Brauzer uchun va edge://settings/help  Microsoft Edge uchun.

 

Operatsion tizim:

  • Windows 7 Home Basic / Windows 8 / Windows 10 Home
  • macOS versiya 10.11 Google Chrome uchun, yoki 10.12 va undan yuqori Yandex yoki Microsoft Edge uchun;
  • Ubuntu 14.04 (x64) yoki undan keyingi versiya;
  • Debian 8 (x64) ) yoki undan keyingi versiya;
  • OpenSUSE 13.3 (x64) ) yoki undan keyingi versiya;
  • Fedora Linux 24 (x64) ) yoki undan keyingi versiya;

640x480 va undan yuqori aniqlikdagi ishlaydigan va yoqilgan old veb-kamera (noutbukni o’zida o’rnatilgan bo’lishi ham mumkin) mavjudligi;

Ishlaydigan va yoqilgan mikrofonning mavjudligi (noutbukni o’zida o’rnatilgan bo’lishi ham mumkin);

Foydalanuvchidan ma'lumotlarni uzatish tezligi kamida 1 Mbit / s (tavsiya etilgan tezlik - 5 Mbit / s) va shu tezlikda Internetga ulanishning mavjudligi. Ulanish tezligini bu havolada sinab ko'rishingiz mumkin https://yandex.ru/internet/ Tarmoq portlarida ma'lumotlarni uzatishga ruxsat berilgan: 80 TCP, 443 TCP, 3478 TCP / UDP.

Imtihonni boshlashdan oldin, siz kompyuteringizning https://proctoredu.ru/check  havola orqali proktoring tizimi bilan mosligini tekshirishingiz kerak.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi havolaga o'ting:   EXAMUS

EXAMUS tizimidan foydalanish bo’yicha video yo’riqnoma:

UZBEK:      https://youtu.be/rL_Av8SsDDk

ENGLISH: https://youtu.be/86OpiHJ9GoE

 Iltimos imthon topshirish vaqti passport yodingizdan ko'tarilmasin 

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti

Kategoriya E'lonlar

  Joriy yilning 30-avgust kuni “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetida Turkiyadagi Naqshbandiya tariqati vakillari bilan ziyorat turizmi yo'nalishida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda kelgusida turizm sohasidagi ziyorat yo'nalishini rivojlantirish shuningdek, jahon hamjamiyatiga Islomning asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishga qaratilgan xalqaro tadbirlarni tashkil etish, uning boy merosini saqlab qolish va o'rganish rejalashtirilayotgani ta'kidlandi. Uchrashuv doirasida har ikki tomonning ziyorat turizmi yo'nalishidagi sayyohlik salohiyatini ochib beruvchi videorolik ham namoyish etildi.

  Ushbu hamkorlik ikki tomon o'rtasida sayyohlarni jalb qilish va tajriba almashish imkonini beradi, bu esa o'z navbatida O'zbekistonga ziyorat safarlarining ommalashuvini oshiradi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 26 Avgust 2021 18:46

E’LON!

Malayziyaning Al-Buxoriy xalqaro universiteti o‘rta maxsus va oliy ta’lim dasturlarida tahsil olish uchun stipendiya tanlovini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, o‘qish 2022-yil oktabr oyidan boshlanadi va bu stipendiya kam ta’minlangan oilalar qatoridagi iqtidorli yoshlarga beriladi. Batafsil ushbu fayllarda:

File 

File1 

Kategoriya E'lonlar

Talabgorlar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining https://ikkinchitalim.edu.uz/ - onlayn platformasi orqali hujjat topshirishlari mumkin.

Talabgorlar Sirtqi (masofaviy) ta’lim shakliga ikkinchi oliy ma'lumotga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hujjat topshirishlari mumkin: 

  • Menejment: Оmmaviy tadbirlar menejmenti
  • Marketing (turizm marketingi)
  • Turizm faoliyat yo'nalishlari bo'yicha

Qo'shimcha ma'lumotga ega bo'lish uchun https://t.me/univ_silkroad_uz rasmiy kanalimizni kuzatib boring yoki quyidagi raqamlarga telefon qiling:

+998(91) 5199363

+998(66) 2408608

Biz bilan o'z imkoniyatlaringizni kengaytiring!

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 25 avgust kuni Samarqand shahrida “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetida “Sohibqiron Amir Temur kubogi” bo'yicha 1 - xalqaro shaxmat turniri boshlandi.

Musobaqa Oʻzbekiston shaxmat Federatsiyasi tomonidan FIDE ko'magida va O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqdi.

Musobaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi “Shaxmatchilarni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-4954-sonli qarori ijrosini ta'minlash, yoshlar, havaskorlar va malakali shaxmatchilarni musobaqa va turnirlarda ishtirok etish, O'zbekistonda shaxmat ommaviyligini ommalashtirish va rivojlantirish, madaniy va sport an'analarini asrab-avaylash va ko'paytirish bilan birgalikda O'zbekiston sportchilarining mahoratini oshirishdir.

Samarqand viloyatidagi “Sohibqiron Kubogi” shaxmat boʻyicha birinchi xalqaro turnirda 18 ga yaqin xalqaro grossmeyster, 10 ta xalqaro sport ustasi va 10 ta mamlakatdan (Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya, Isroil, Belarus, Qozog'iston, Ukraina, Tojikiston, AQSh va O'zbekiston) FIDE sport ustalari ishtirok etadi.

Shuni ta'kidlashni istardimki, umumiy sovrin jamgʻarmasi 50 000 AQSh  dollari. shu jumladan Rapid mukofoti fondi-40 000 AQSh dollar. Blitz mukofoti fondi-10 000 AQSh dollar.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 25 Avgust 2021 14:51

“Do‘stlik” ordeni bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yorqin iste’dod, serqirra ijod, samarali ilmiy-amaliy faoliyati, mamlakatimiz ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi katta xizmatlari, shuningdek, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi – “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti Turizmni kompleks o‘rganish kafedrasi dotsenti Mustayev Kamol Turonovich “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ma’muriyati Mustayev Kamol Turonovichni orden bilan tabriklaydi hamda keyingi g‘alabalar va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 24 Avgust 2021 11:58

E’LON!

O‘zbekistonning Saudia Arabistonidagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Pokistondagi COMSATS universiteti Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar fuqarolari uchun mazkur tashkilotning Ta’lim almashinuvi dasturi doirasida 100 ta stipendiya ajratishni rejalashtirgan. Batafsil ushbu fayllarda.

stipendiya tanlovi-1.pdf

stipendiya tanlovi-ilova-1.pdf

stipendiya tanlovi-ilova-2.pdf

 

Kategoriya E'lonlar
Dushanba, 23 Avgust 2021 16:23

E’LON!

Salonikining Arestotel universiteti (AUTh) va IEREK (tadqiqotlarni boyitish va bilim almashish bo'yicha xalqaro ekspertlar) tomonidan “Silk Road Sustainable Tourism Development and Cultural Heritage” mavzusida 22-24 – noyabr kunlari onlayn konferensiya tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Konferensiyaning maqsadi xalqaro olimlar, tadqiqotchilar, jamiyat liderlari, sanoat mutaxassislari o‘rtasida mashhur Ipak yo‘li bo‘ylab barqaror turizmni rivojlantirish imkoniyatlari haqida bahs yuritish hamda Ipak yo‘li merosini saqlash va himoya qilish bo‘yicha ogohlikni kuchaytirish to‘g‘risida Sharq va G‘arb o‘rtasida dialog tashkil etishdir.
Tanlab olingan maqolalar Scopus ilmiy bazasiga kiritilgan IEREKning “Advance Science, Technology and Innovation” (ASTI) nomli kitobida chop etiladi.
Qatnashuvchilar yo‘riqnomasi haqida batafsil ma’lumot quyidagi havolada:
https://www.ierek.com/events/SRSTDCH
Qo‘shimcha savol va ma’lumot uchun Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. ga murojaat etishingiz mumkin.
Konferensiya axborot xati ilova qilinadi.

Kategoriya E'lonlar

Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlovchi talabgorlarning taklifiga binoan, magistratura mutaxassisliklari boʻyicha hujjatlarni qabul qilish muddati 2021- yil 10-sentabrga qadar uzaytirildi.

Test sinovlari 2021-yil 14-15-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hujjatlarni qabul qilish universitet rasmiy saytining https://admissions.univ-silkroad.uz/index.php  havolasi orqali 2021- yil 10-sentabrga qadar amalga oshiriladi.

Eslatma: “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Oʻqishga kirish uchun IELTS (6,5 dan yuqori), TOEFL (79 balldan yuqori), CEFR (B2 darajasidan yuqori) sertifikati talab qilinadi. Hozirda muayyan sertifikatga ega bo‘lmagan abituriyentlarga talabalar safiga qabul qilinishi uchun sertifikatni 2021-yil 1-oktabrgacha taqdim etish imkoni beriladi.

Agar abituriyent 2021-yil 20-avgustdan 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘yicha imtihonlarni topshirib, tegishli ball toʻplagan boʻlsa, mazkur abituriyentlarning til boʻyicha imtihon topshirish xarajatlari universitet tomonidan qoplab beriladi.

Ta’lim tili ingliz tilida olib boriladigan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, ta’lim tili ingliz tilida olib boriladigan mamlakatimizdagi nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilaridan universitetning magistratura mutaxassisliklariga ro‘yxatdan otishda ingliz tilini bilish darajasi boyicha milliy yoki xalqaro sertifikat talab etilmaydi.

Universitet magistratura mutaxassisligiga kirish uchun talabgorlar ingliz tilidan tegishli sertifikatga ega bolishlari bilan birga, mutaxassislik fanidan test sinovini topshirishlari shart. Ushbu test sinovi sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan Examus onlayn proktoring tizimi orqali amalga oshiriladi.

Talabgor onlayn testni universitetda imtihon uchun ajratilgan xonada yoki o‘ziga qulay joyda (uyida, ishxonasida) zarur texnik talablarga javob beradigan internet va shaxsiy kompyuter mavjud bo‘lganda topshirishi mumkin. Agar talabgor testni o‘ziga qulay joyda shaxsiy kompyuteri vositasida topshirsa, internetga barqaror ulanishini ta’minlash uning o‘z zimmasidagi majburiyat hisoblanadi.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun universitet rasmiy sayti yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

+998973978285 (Telegram, WhatsApp)

+998662406770

+998662408616

+998662408606

+998662406786

Kategoriya E'lonlar
1 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar