Yangiliklar: Oktyabr 2022

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti “Tillar” kafedrasining kengaytirilgan 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borayotgan 2 nafar mustaqil izlanuvchining tugallangan tadqiqot ishlari muhokama etildi.

Muhokamada Akramova Taxmina Kamiljonovnaning “Edgar Allan Po asarlaridagi g‘oyaviy-badiiy obrazlar va ularning tarjimada qayta yaratish usullari” va Abduvaxabova Umeda Mamatyusufovnaning “Gerbert E.Beyts asarlarining asliyat va tarjimalarida insoniy boyliklarni tasvirlashning pragma-stilistik vositalari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya va avtoreferatlari professor-o‘qituvchilar tomonidan tahlil qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilarining qaroriga ko‘ra, T.K.Akramova va U.M.Abduvaxabovalarning dissertatsiya hamda dissertatsiya avtoreferatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiyasi Komissiyasining so‘nggi talablari asosida yozilgan ilmiy tadqiqot ishi sifatida baholandi va Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarga tavsiya etildi.

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil 25-oktabrda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Samarqand tarixida birinchi marta xotin-qizlar o'rtasida lakros sport turi bo'yicha mashg'ulotlar bo'lib o'tdi! "Tillar" kafedrasida faoliyat olib borayotgan amerikalik assistent-o'qituvchi Chanel Nassir talabalarga klyushkada to‘pni ushlash, uloqtirish va ushlab turish usullarini o‘rgatdi. Bu O'zbekistonda Amerikaning qiziqarli sport turi rivojlanishining boshlanishi, xolos!

Kategoriya Yangiliklar

27-28- oktabr kunlari Samarqand shahri mezbonlik qilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Parlamentlararo Assambleyasi majlisi davomida universitetning bir guruh talabalari volontyor sifatida faoliyat olib bordi. Faoliyat davomida Ommaviy tadbirlarni tashkil etish sohasida tajribalarini oshirishdi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2022-yil 20-oktabrdan “dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlanishi xabar berilgandi. 

Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tashabbusi bilan  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari – yashil makon uchun!” aksiyasiga start berildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2021-yilda e’lon qilingan “Xalqaro tog‘larni barqaror rivojlantirish yili”, BMTning ekotizimlarni tiklash xalqaro o‘n yilligi (2021-2030)ni qo‘llab-quvvatlash hamda tog‘larning o‘ziga xos tabiatini asrab-avaylash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamda Jamoat ekologiya uyushmasi, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari va tashkilotlari tashabbuskor guruhlari hamkorligida Samarqand tumanining Ohalik hududida universitetning mahalliy va xorijiy talabalari Italiya, Tojikiston, Hindiston, Iran, Bangladesh, Qozogʻiston, Bangladesh, Belorussiya, Tojikiston, Malayziya, Rossiya davlatlaridan kelib oʻqiyotgan magistrantlari ishtirokida 180 ga yaqin pista kuchatlari ekildi.

Aksiyaning asosiy maqsadalaridan biri tabiatni asrash va yoshlarimizga ekomadaniyat tushunchasini singdirishdir.

Kategoriya Yangiliklar

2022- yil 28-oktabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti marketing va rekruiting bo‘limi tashabbus bilan univesitetda tahsil olayotgan talabalari kelgusida mehmonxona boshqaruvi hamda xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash xohishi bo‘lgan talabalar Samarqand viloyatida faoliyatini boshlayotgan «Movenpick» besh yulduzli mehmonxonasiga sayohat tashkillashtirildi hamda suhbat davomida ishlash xohishi bor 10 nafar bakalavr hamda magistr talabalari o‘zlarining rezyumelarini taqdim etishdi

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 28 Oktyabr 2022 14:38

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”

Ma’lumki, oxirgi yillarda O’zbekistonda gender tenglik va gender masalalariga keng e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2019-yil 17-avgustda O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Yurtimizda ushbi qonunda belgilangan vazifalar bo’yicha tegishli sohalar kesimida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

      “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning 27-oktyabr kuni Xotin-qizlar maslahat kengashining navbatdagi “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusidagi yig’ilishi noan’anaviy tarzda tashkil etildi. Yig’ilish universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasovaning “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz” haqidagi  ma’ruzasi bilan ochildi. Unda yurtimizdagi gender masalalariga doir statistik ma’lumotlar berildi, oilaviy zo’ravonlikning kelib chiqish sabablari, gender muammolariga e’tibor qaratishning global asoslari borasida keng qamrovli va asosli munosabat bildirildi.

      Universitet Axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi A.Izbasarova kutubxona fondida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan va ayollarni himoya qilishga qaratilgan qonunlar haqida so‘z yuritdi. Zo‘ravonlik shakllariga to‘xtalib, ularga atroflicha yondashdi. Shuningdek, ma'naviy-axloqiy ta'sirga ega bir nechta roliklarni taqdim etdi.

      “Turizm menejmenti” fakulteti dekani R.Toshniyozova ham so’zga chiqib, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning mustahkam asosini yaratish va bu yoʻlda oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik, oilaviy munosabatlar, talim muassasalarida ijtimoiy-ma‘naviy muhit barqarorligini ta‘minlashda xotin-qizlarning o‘rni,  talabalarning kiyinish madaniyati, ijtimoiy masalalari to‘g‘risida fikr yuritdi.

      Universitet psixologi D.Turdiyeva zo‘ravonlikning psixologik aspektlariga batafsil to‘xtalib, insonning ma'naviy, jismoniy va ruhiy qiyofasiga nechog‘lik ulkan ta'sir ko‘rsatishini ochib berdi. Universitetda psixologik xizmat yo‘lga qo‘yilganligini ham ma'lum qildi va talaba qizlarni har doim qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 28 Oktyabr 2022 12:30

Ilmiy-amaliy anjuman

Toshkent moliya institutida joriy yilning 11-noyab kuni “Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda innovatsion menejment: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 4-noyabr kuni Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida “Agroklasterlarni rivojlantirish istiqbollari: yutuqlar, muammolar va strategik yo‘nalishlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani; 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan “Navoiy va Sharq renessansi” mavzusida xalqaro simpozium o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kategoriya E'lonlar

2022-yil 11-noyabr kuni “Xavfsiz mahalla tamoyilining asosiy mezonlari hamda ularga asoslangan tizimni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga to‘laqonli va samarali joriy etish mexanizmlari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Anjumanga maqola va tezislar 2022-yilning 30-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Kategoriya E'lonlar

2022-yilning 25-noyabr kuni “Inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari: muammo va ularning yechimlari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Anjumanga maqola va tezislarni joriy yilning 21-noyabrgacha Markazning Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. hamda +998946432534 @sulton inklyuziv telegram kanali orqali yuborilishi lozim.

Kategoriya E'lonlar
Juma, 28 Oktyabr 2022 10:42

“Mustaqillik mening taqdirimda”

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo’limi tomonidan “Mustaqillik - mening taqdirimda” mavzusida universitet yosh o‘qituvchilari va xodimlari va  talabalari o‘rtasida ma’rifiy uchrashuv  va davra suhbatlar tashkil etildi.  Bugungi kunda ta’lim, fan, sport, san’at, ijod, tadbirkorlik va boshqa sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ilg’or yoshlar bilan talabalar o‘rtasida “Mustaqillik mening taqdirimda” shiori ostida ma’rifiy uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish vazifasi belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosini taminlash maqsadida  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning 20-oktyabr kuni tadbir tashkil etildi. Tadbir marosimida universitetning birinchi prorektori professor Eltazarov Juliboy Danaboevich nutqining avvalida, Mustaqillik - ulug‘ ne’mat ekanligi va xalqimizning azaliy orzusi bo’lgan mustaqillik tufayli o‘z erkimizga, e’tiqodimizga, o‘zimizning mustahkam taraqqiyot yo‘limizga ega bo‘lganligini aytib o‘tdi. Istiqlolimizning o‘tgan 31 yili jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini qamrab olgan keng ko‘lamli islohotlar davri bo‘lganini ta'kidladi. Shuningdek tadbirda,

2018-yil Armrestling bo’yicha Jahon Chempionati sovrindori,  2018-2020 yil O’zbekiston Respublikasini ikki karra chempioni, 2016-yil Osiyo Chempionati g’olibi,  2018-yil O’zbekiston Respublikasi Armrestling bo’yicha sport masteri, 2018-yil Armrestling bo’yicha xalqaro sport masteri Isometdinov Islom Fozilovich ishtirok etdi. Isometdinov Islom talabalarga erishgan yutuqlari va Mustaqil yurtimiz bilan faxrlanishi, Mustaqillik - ulug‘ ne’mat ekanligi va xalqimizning azaliy orzusi bo‘lgan mustaqillik tufayli o‘z erkimizga, e’tiqodimizga, o‘zimizning mustahkam taraqqiyot yo’limizga ega bo’lganligini aytib o’tdi. Istiqlolimizning o‘tgan 31 yili jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini qamrab olgan keng ko‘lamli islohotlar davri bo‘lgani, jannatmakon yurtimiz O‘zbekiston dunyodagi eng bunyodkor davlatlardan biriga aylanganini ta’kidladi.

Sportchi uchrashuvda talaba-yoshlarga sport bilan qanday shug‘ullanish kerakligi, kunlik mashg‘ulotlar qay yo‘sinda bosqichma-bosqich bajarilishi, sportchilarning musobaqa oldidan psixologik holatini qanday bo‘lishiligi, to‘g‘ri ovqatlanish, havaskor sportchini professional sportchidan farqlari haqida yosh sportchi-talabalarga o‘z tavsiyalarini berdi. Qolaversa, uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berib, mahorat darsini ham o’tib berdi.

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar