Yangiliklar: Oktyabr 2022

Payshanba, 27 Oktyabr 2022 16:28

“Career-2022/2023” mehnat yarmarkasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 27 oktabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy merosi xalqaro universitetida “Career-2022/2023” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad bugungi kunda raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlash , shuningdek, talabalarning bandligini ta’minlash,  daromad manbaini topishlariga ko‘maklashish orqali to'g'ridan to'g'ri ish beruvchi korxona va tashkilotlar mas'ul xodimlari bilan suhbat tashkil etildi va 20 dan ortiq talabalar tomonidan so'rovnomalar to'ldirib ishga joylshtirish ishlari amalga oshirildi.

Yarmarkada "SIYOB", "UzBAT", "PALMA" kompaniyalari guruhi, "Movenpick", "Zarafshon" mehmonxonalari, shuningdek, turli sayyohlik agentliklari vakillari ishtirok etishdi.

 

Kategoriya Vakant lavozimlar
Seshanba, 25 Oktyabr 2022 17:53

Forum

Joriy yilning 24-26-oktabr kunlari Toshkent viloyatining Bustonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida Respublika Oliy ta'lim muassasalari yoshlar yetakchilari forumi doirasida universitet yoshlar yetakchisi Haydarov Sarvar ham ishtirok etmoqda. Forum doirasida yetakchilik mahorati, loyiha boshqaruvi va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish mavzulari bo'yicha mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

10-11 oktyabr kunlari Ipak yo'li universiteti sport bazasida universitet talabalari jamoasi o'rtasida talabalarimizning mahorat darajasini oshirish uchun badminton bo'yicha Master-klass o'tkazildi. Master-klass Samarqand viloyati badminton Federatsiyasi raisi Timofeev Ulyan Petrovich ishtirokida o'tkazildi. Ushbu tadbir yakunida universitet talabalari universitetda badmintonning yanada rivojlanishiga va Universiadada ishtirok etish uchun jamoaning o'yin darajasini oshirishga yordam beradigan yangi taktik texnikani o'rgandilar

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo‘li " xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari ishtirokida "Debate club" o'z faoliyatini boshladi! Klubdan ko'zlangan maqsad yoshlarning turli mavzulardagi dunyoqarashini o'stirish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdir.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 25 Oktyabr 2022 17:25

Xotin-qizlar xaq-huquqi davlat himoyasida

Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 14 oktabrdagi 2/18-1/2-9-sonli xatiga ko‘ra,  2022 yil 25 oktabr kuni     “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova hamda faol xotin-qizlari o‘rtasida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, hotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz» mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi.  Suhbat kechasida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” kompaniyasi va talaba-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan asrash  kabi masalalar haqida so‘zlar yuritildi. Ushbu mavzu yuzasidan fakultet boshlig‘i R.Toshniyozova, Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova hamda universitetning boshqa faol liderlari tomonidan talaba-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari, ulardan himoyalanish, xotin-qizlar va erkaklarning jamiyatdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Davra suhbatida taklif va mulohazalar bildirildi, mavjud muammolarga yechimlar berildi. Davra suhbati davomida Kengash tarkibida  "Oqila ayollar" klubi tuzildi, klub a’zolari belgilandi.

         Ma’lumot uchun: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida xotin-qizlarning zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlariga duch kelganda murojaaat qilishlari uchun 1006 ishonch telefoni hamda @himoya_otv_bot      tashkil etilgan.

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalar o'rtasida shaxmat turniri o'tkazildi. Turnirda universitetning Turizm menejmenti fakultetidan shaxmat ixlosmandlari bo'lgan talabalar ishtirok etdi.Ko'tarinki ruhda o'tgan bahslar yakuniga ko'ra 1-kurs talabasi Abdusalimov Nurbek 1-o'rinni, 2-kurs Raxmatov Lazizjon 2-o'rinni, 3-kurs talabasi Yo'ldoshev Shaxriddin 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 25 Oktyabr 2022 13:50

E’LON!!!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti “Tillar” kafedrasining kengaytirilgan 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi:

  • “Tillar” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Akramova Taxmina Kamiljonovnaning 00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Edgar Allan Po asarlaridagi g‘oyaviy-badiiy obrazlar va ularning tarjimada qayta yaratish usullari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya va avtoreferati muhokamasi.
  • “Tillar” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Abduvaxabova Umeda Mamatyusupovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Gerbert E.Beyts asarlarining asliyat va tarjimalarida insoniy boyliklarni tasvirlashning pragma-stilistik vositalari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya va avtoreferati muhokamasi.

O‘tkazilish kuni: 27.10.2022-yil

O‘tkazilish vaqti: 10:00

O‘tkazilish joyi: 108-xona

Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.                                                                                                                                              

Join Zoom Meeting:

https://us02web.zoom.us/j/86408998317?pwd=NG1sQUNtSHQ4SWhUYTVsdWNWR2hoZz09

Meeting ID: 864 0899 8317

Passcode: 718733

Kategoriya E'lonlar
Juma, 21 Oktyabr 2022 19:36

O'zbek tili bayramiga tuhfa

“21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash va uni yuqori saviyada o‘tkazish munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari ishtirokida “Tillar” kafedrasi jamoasi va IT boʻlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan ushbu videorolik o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 33 yilligiga bagʻishlanadi.

Kategoriya Yangiliklar

    Unda universitet professor-o’qituvchilari va talabalari ham ishtirok etdi.

    Tadbir avvalida xalqimizning milliyligi, o’zligi va barcha qadriyatlarini o’zida jam etgan ona tilimizga e’tibor bugun har qachongidanda kuchayganligi ta’kidlandi. Xususan, bugun dunyo bo’yicha 50 million kishi o’zbek tilida so’zlashishi fakt sifatida keltirildi.

    Talabalar va teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko’tarinkilik baxsh etdi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar