Yangiliklar: Oktyabr 2022

O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda "Ipak yo'li"  turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari Antaliya shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston-Turkiya qo'shma komissiyasining 2-yig'ilishida ishtirok etadilar.

Uchrashuv davomida "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti faoliyati to'g'risida Turkiyaning turizm va madaniy merosi sohasi vakillari uchun  taqdimot o'tkazildi.

Xususiy sektor vakillari bilan muzokaralarda “Tabarruk ziyorat” konsepsiyasida belgilangan madaniy turizm yo‘nalishlarida TGА bilan birgalikda umumiy sayohat marshrutlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalarining yozgi taʼtil davomida TÜRSAB tarkibidagi turoperatorlar hamda Turkiyadagi mashhur mehmonxonalarda malaka oshirishlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini amalga oshirish, universitet kutubxonasini ilmiy adabiyotlar bilan to‘ldirishda hamkorlik qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi bosqichida g‘olib jamoalar ichidan saralangan volebol jamoasi Samarqand viloyati Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada-2022” volebol sport musobaqalarining Respublika final bosqichiga saralash o‘yinlarida munosib ishtirok etdi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Tokio shahridagi Toyo universiteti hamda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida Toyo universiteti Kuzatuv kengashi raisi Shinji Fukukava, Universitet prezidenti Esuko Yaguchi va boshqa qator masʼullar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirildi.

Uchrashuv doirasida Aziz Abduhakimov Toyo universiteti rahbariyatiga O‘zbekistonda turizm va madaniy meros sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti faoliyatidagi yangiliklar haqida maʼlumot berdi.

Shinji Fukukava O‘zbekiston va Yaponiya taʼlim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida katta salohiyatga ega ekanini taʼkidladi. Shu o‘rinda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-akademik almashuvlarni faollashtirish, yaponiyalik professorlarni O‘zbekistonga yo‘llash va o‘zbekistonlik talabalarning Toyo universitetida amaliyot o‘tashi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Esuko Yaguchi O‘zbekiston bilan gumanitar, aniq va amaliy fanlar, “yashil” va “barqaror” turizm masalalari hamda obyektlar restavratsiyasi bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar borasida hamkorlikka tayyor ekanini maʼlum qildi.

Yaponiya tomon O‘zbekistonning Ipak yo‘li mamlakatlari fuqarolari uchun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida 85 davlat granti ajratishga doir tashabbusini yuqori baholadi.

Tomonlar turizm sohasida tadqiqotlar o‘tkazish, jumladan O‘zbekistondagi buddaviylik merosini o‘rganish, buddizm  obidalari restavratsiyasi, arxeologik qazishmalarni amalga oshirish, ilmiy seminar va izlanishlarni olib borishga oid kelishuvga erishishdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Toyo universiteti rahbariyati va professorlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilish va uning davomida yurtimizning turistik va taʼlim salohiyati bilan yaqindan tanishish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishildi.

Bundan tashqari, Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Toyo universiteti talabalari uchun yozgi kampus tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Toyo universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolanib, u akademik hamkorlik, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, turizm sohasida Yaponiyaning ilg‘or tajribasini qo‘llashni ko‘zda tutadi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining “Facetime management service” (FMS) rahbari, Shveytsariya biznes kengashi a’zosi janob N.P.Kudin “Ipak yo’li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi.

Faxriy mehmonni birinchi prorektor J.Eltazarov kutib oldi.

Tashkillashtirilgan ekskursiya davomida janob Markos P.Kudin noyob smart-kampus va universitetning innovatsion kutubxonasi bilan tanishdi. O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining tarixini aks etgan galereyalar va universitet kutubxonasi mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Tashrif davomida Patrik Kudin universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari oldida ma’ruzasi bilan chiqdi. Swiss Education Group faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi, shuningdek, mehmonxonalarni boshqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda Shveytsariya ta’lim tizimiga asoslangan yangi ta’lim dasturi haqida ma’lumot berdi.

Suhbat davomida talabalar mehmonxonalarni boshqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi savollariga javob oldilar.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 12 Oktyabr 2022 19:03

Ijarada yashayotgan 1-kurs talabalari diqqatiga!

Hukumat qaroriga binoan tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan (https://lex.uz/docs/-5657191).  Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining birinchi kursga qabul qilingan ijarada yashayotgan talabalarning barchasiga hech qanday ijara shartnomasi yoki hujjatlarsiz sentabr-oktabr oylari ijara to‘lovi to‘lab beriladi.

❗️ Hurmatli ijarada turadigan talabalar, ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kategoriya E'lonlar

Har bir oila - kichik jamiyat. Agar oilaga darz ketsa, bu avvalo o‘sha kichik jamiyatning aʼzolari taqdiriga, so‘ngra mamlakat bo‘g‘ini hisoblangan ulkan jamiyatga o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatadi. Shu boisdan, oilalar tinchligini asrash, ajrimlarning oldini olish, bunga olib boruvchi sabab va oqibatlarni o‘rganish masalasi muhim ahamiyatga ega.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova, Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova bilan xamroxlikda  hamda sohaga daxldor boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda turli xil sabablar bilan ajrashish ostonasiga kelib qolishoqibatlarini oldini olish va oila qurishdan avval nikohlanish maqsadida kelayotgan yoshlar o‘rtasida ajrimlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazdi. N.Abduvaxidova Va M.Abbasova talabalarga psixologik suhbat o‘tkazish orqali oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning yozilgan va yozilmagan qonunlari, shirin, baʼzan taxir tashvishlari bilan tanishtirib, ana shu qo‘rg‘onni mustahkam tutish bilan bog‘liq zarur tavsiyalarni berishdi. Ko‘zlangan maqsad esa jamiyatga kirib kelayotgan yana bir oilaning mustahkamligiga zamin yaratish.

Kategoriya Yangiliklar

Turizm va madaniy meros vazirligi, “Ipak yo‘li”  turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mas’ul xodimlari, Xiva turizm va madaniy   meros texnikumi, Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi va Andijon turizm va servis kollejining mutaxassislik fanlari o‘qituvchilari Germaniya xalqaro hamjamiyati (GIS) tomonidan tashkil qilingan Irlandiyaning Dublin texnologiyalar universitetida  malaka oshirmoqda. Ushbu  malaka oshirish jarayonida Irlandiyaning ta’lim tizimi,   xususan turizm va mehmonxona xo‘jaligi  sohasida kadrlar tayyorlash, soha bo‘yicha nazariya va amaliyot o‘rtasidagi integratsiya, Irlandiya davlatining turizm sohasini koronavirus pandemiyasidan keyingi rivojlanish holatini o‘rganish rejalashtirilgan.

Ishtirokchilarning  malaka oshirish bilan bog‘liq   barcha xarajatlari  Germaniya xalqaro hamjamiyati (GIS) tomonidan qoplandi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 11 Oktyabr 2022 15:40

Kelajak yoshlarniki!

“Axborot-resurs markazi” va “Marketing va rekruting” bo‘limlarida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlagan Nodira Samatova Tsukuba universitetida (Yaponiya) xalqaro davlat siyosati (tadqiqotga asoslangan) yo'nalishi bo‘yicha magistrlik dasturining ta'limiy grantini qo‘lga kiritdi. Shu munosabat bilan universitetning birinchi prorektori prof. J.D.Eltazarov N.Samatovaga mehnat sertifikatini (Certificate of Employment) topshirdi.

Universitetimiz ma'muriyati va professor-o‘qituvchilari nomidan Nodira Samatovaga hayotidagi ushbu yangi muhim bosqichida muvaffaqiyat va omad tilaymiz.

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti "Tillar" kafedrasi "Nemis tili va madaniyati" fani o'qituvchisi Jurayeva Gavhar Normurodovna falsafa doktori (PhD) diplomini olganligi munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Kategoriya Yangiliklar

2011 yil 19 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 66/170-sonli qarorni qabul qilib, 11 oktyabrni xalqaro qizlar kuni deb e’lon qildi va ularning huquqlarini tan oldi.

2022 yilda biz xalqaro qizlar kuni tashkil etilganligining 10 yilligini nishonlaymiz.

Bugun erta tongdan boshlab “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida universitet Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbosova tomonidan tashkil etilgan xalqaro qizlar kuniga bag’ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda birinchi prorektor J.Eltazarov, xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

“So‘nggi 10 yil ichida qizlar uchun muhim bo‘lgan masalalarga barcha darajalarda katta e’tibor berila boshlandi va qizlar o‘z ovozlarini tinglash uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldilar. Xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va gender tengligini rag’batlantirish barqaror rivojlanishni tezlashtirish uchun juda muhimdir. Ayollar va qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini yo‘q qilish nafaqat insonning asosiy huquqlaridan biri, balki rivojlanishning boshqa barcha sohalarida bir necha bor daromad keltiradi". - birinchi prorektor J.Eltazarov qayd etdi.

Tadbir davomida xalqaro talabalarga, shuningdek ushbu tadbirni tashkil etishda yordam bergan talabalarga sertifikatlar topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar
4 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar