Yangiliklar: Dekabr 2022

Dushanba, 19 Dekabr 2022 17:03

Sport – omadga eltuvchi yo‘l!

Joriy yilning 12-15 dekabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Sportklubi va Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligiga bag‘ishlangan Universitet birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Unda 37 nafar talaba qatnashdi, musobaqa yakunida g‘oliblar va sovrindorlar aniqlandi:

1-o‘rin – Norbekov Sherbek (3-bosqich, ommaviy tadbirlar yo‘nalishi);

2-o‘rin – Mustafoev Timur (2-bosqich, media yo‘nalishi);

3-o‘rin – Rabbimkulov Oxun (3-bosqich, turizm menejmenti yo‘nalishi).

Kategoriya Yangiliklar

Turizm menejmenti kafedrasi o'qituvchisi Sanjar Jumanazarov DAAD (German Academic exchange Servis) loyihasining "Sharqiy hamkorlik" dasturi doirasida doktoranturada grant asosida 2 oylik Germaniyaning Konstanz HTWGda turizm sohasida ilmiy tadqiqot yuritish imkonini qo’lga kiritdi. S.Jumanazarovning mamlakatimizda turizm bo'yicha ilmiy kadrlar salohiyatini yuksaltirishida samarali natijalar berishiga ishonamiz! Yutuqlar bardavom bo'lsin!

Kategoriya Yangiliklar

          “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zou Tong Qian tomonidan universitetimiz professor o‘qituvchilari, doktorantlari mustaqil izlanuvchilari hamda talabalari uchun xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini sifatini oshirish maqsadida webinar o‘tkazildi. Webinarda Amerika Qo‘shma Shtatlari George Washington universiteti, Mehmondo‘stlik sanoati boshqaruvi hamda Biznes maktablari professori, Dr Larry Yu o‘zining Scopus va Google Scholarda indexlanuvchi Tourism Management, Journal of Travel Research, International Journal of Hospitality Management, International Journal of Contemporary Hospitality Management, Tourism Geographies, Event Management, Journal of Hospitality Marketing and Management, Journal of Heritage Tourism, Cornell Hotel and Restaurant Administration Quarterly, Journal of Hospitality and Tourism Research kabi top jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Webinar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi.

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil 13-15-dekabr sanalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki “O‘rta shaharlarni komleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4409-son qarori doirasida Investetsiyalar va tashqi savdo vazirligining loyiha amalga oshirish, xalqaro va mahalliy eksportlar guruhlari ishtirokida tashkil etilgan o‘quv seminarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalaqaro universiteti “Marketing va rekruiting” bo‘limi mas’ul xodimi, 2-kurs talabalari F.Bakhramkulova, Z.Bakhramkulova, N.Ahmedov hamda N.Davronovalar faol qatnashishganligi munosabati bilan maxsus seritifikat bilan taqdirlanishdi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zou Tong Qian tomonidan universitetimiz talabalari uchun Xitoyning Zhejiang International Studies (ZISU) universiteti bilan hamkorlikda vebinar tashkil etildi. Vebinarda ZISU universiteti Xalqaro ta’lim va aloqalar kolleji dekani Mr. Yang Liqian hamda kordinatori Mr Xu Hanglar o‘zlarining ma’ruzlari bilan ishtirok etdilar. Vebinar davomida talabalarga Zhejiang International Studies universitetida o‘qish uchun hujjat topshirish jarayonlari va unga qo‘yiladigan talablar, universitet tomonidan talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, taklif etilayotgan o‘quv dasturlari va talabalarga ajratiladigan grantlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Kategoriya Yangiliklar

“Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi videoselektor yig‘ilishi ijrosi yuzasidan Turizm va madaniy meros vazirligi Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi yuzasidan “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 4-kurs talabalariga to‘liq ma’lumot berildi va davra suhbati o‘tkazildi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 15 Dekabr 2022 18:08

Work and Travel

Attention students of the International University of Tourism and Cultural Heritage "Silk Road"!

NO PREPAYMENT!

We inform you that we start accepting application forms in 5* hotels of Antalya coast (Turkey). The season begins in mid-May to October.

Wanted:

Sports and children's animators ($ 400-500, plus extra)

Waiters (from $ 350 to $ 400, plus tips)

hostesses and reception (from $380 to $500 plus tips)

interpreters (from $500 plus tips)

party-assistants (stage set-up and costume help $400-$500)

Housekeepers, cleaners, kitchen staff (from $ 350-400).

Experience and knowledge of languages is welcome.  

Schedule: 6/1, 8 hour working day.

The employment programme costs $350.

The amount includes: work visa, airfare, shuttle from the airport to the hotel, consultation, visa application form, medical insurance.

Hotel provides you with free meals, accommodation, uniform, health insurance and a return ticket at the end of the season.

If you agree with the terms of the program, you must fill out an application in Russian. Be sure to attach 2-3 full-length photos (photos must be without Photoshop, not selfies). After reviewing your resume, the details are negotiable.

For the detailed information you can approach office 320 and/or advisers.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 14 Dekabr 2022 17:22

Pushti rang pufak

Psixolog minbari

Inson muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning o‘z-o‘zini emotsional-irodaviy boshqarish qobiliyatiga bog‘liq. Relaksatsion terapiya muqarrar umidsizliklar, omadsizliklarga chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi, stressga qarshi kurashishni o‘rgatadi. Demak, boshladik...

Ko‘zlaringizni yuming. Tasavvur qiling, barcha ezgu orzu-umidlaringizni jamladingiz va pushti rang pufakka jo qildingiz. Nega aynan pushti rang, deya qiziqayotgandirsiz? Chunki bu rang iliqlik va samimiylikni ifodalaydi. Yuragimizga bundan boshqa yana nima yaqin?
Endi esa orzularga limmo-lim pufakni qo‘yib yuborayotganingizni tasavvur qiling. Uning ko‘klarga baland ko‘tarilishini, osmonda suzib yurishini, so‘ngra orzularingizning amalga oshishi uchun Koinot quvvatini o‘ziga tortib olayotganini kuzating.

Ko‘zlaringizni oching. Chuqur nafas olib, sekin chiqaring. Atrofga boqing – hayot siz o‘ylagandan-da yorqinroq, go‘zalroq! Pushti rang pufakni qo‘lingizga olib, orzular sari odimlang.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 13-dekabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ma'naviyat va marifat markazi Samarqand viloyat bo'limi tashabbusi bilan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Zuhra Eshonqulova bilan universitet talaba-yoshlari ishtirokida "Ona yurt farzandlari!" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Shoira Zuhro Eshonqulova "Oqibat"(2014) nomli nasriy, "Umid bahori"(2007), "Sevgimga bitilgan nomalar"(2009) , "Ko‘klam nafasi"(2012) ,"Ko‘ngil fasli"(2015), "Yuragimga aylanar Vatan"(2016) , "Bir quchoq otash"(2019 yil AQShda nashr etilgan) , "Ishq dostoni" (2021), "Samarqanddan esgan sabolar" (2022), bolalar uchun "Bolalarga baxshida olam"(2015) , "Yurtimiz nihollari" (2017)  “Nima yaxshi dunyoda?"(2019), "Ona yurt farzandlari"(2021) she’riy kitoblari muallifidir. 

Davra suhbati bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Shoira Zuhra Begim tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga o‘z mualliflik kitoblaridan esdalik uchun taqdim etdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 13 dekabr kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari tyutorlari Husainova Gavhar va Kayumova Rayhon boshchiligida xalqlar do'stligi va diniy bag'rikenglik ko'rgazma binosida bo'lib o'tgan "mening milliy merosga qo'shgan hissam" aksiyasi doirasida sotib olingan buyumlar ko'rgazmasiga tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida talabalar Payarikdan topilgan ikki ming yillik bronza sakov qozoni bilan tanishdilar; miloddan avvalgi II asr va milodiy XIV asr bronza nometalllari; Qoraxoniylar davridagi 180 ta kumush tangalar to'plami bilan; ipak gilamchalar, antiqa zargarlik buyumlari va tarixiy liboslar va rasmlar bilan.

Shuningdek, talabalarga O'zbekistonning taniqli rassomlari bilan shaxsan tanishish, sayyohlar bilan muloqot qilish va ko'plab yangi va ma'rifiy narsalarni o'rganish nasib etdi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 4 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar