Yangiliklar: Dekabr 2022

2023-2025-o‘quv yili uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga hujjat topshirgan tadqiqotchilar diqqatiga. Shu yilning 20-dekabr kuni soat 14:30 da universitetimizda mustaqil izlanuvchilik hamda tayanch doktotanturaga (PhD) o‘qishga talabgorlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranturaga (PhD) kirish uchun imtihonlar hamda mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat o‘tkazish

JADVALI

Ixtisoslik shifri va nomi

Imtihon o‘tkaziladigan fan nomi

Imtihon o‘tkazilish kuni va vaqti

Imtihon o‘tkaziladigan joy

Tayanch doktorantura (PhD)

1

08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi

Mutaxassislik

2022-yil 20-dekabr, soat 14:30

Universitet binosi, 213-xona

2

08.00.05. – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi

Mutaxassislik

2022-yil 20-dekabr, soat 14:30

Universitet binosi, 213-xona

3

08.00.13. – “Menejment” ixtisosligi

Mutaxassislik

2022-yil 20-dekabr, soat 14:30

Universitet binosi, 213-xona

Mustaqil izlanuvchilik

1

08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi

Mutaxassislik

2022-yil 20-dekabr, soat 14:30

Universitet binosi, 213-xona

 

          Talabgorlardan imtihon va suhbat o‘tkaziladigan paytdan yarim soat oldin imtihon o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) bilan kelishlari so‘raladi.

Kategoriya E'lonlar
Chorshanba, 14 Dekabr 2022 00:23

Kelajak – yoshlarniki!

Joriy yilning 13-dekabr kuni Rossiya davlat turizm va servis universiteti talabalari xalqaro dastur yo’nalishining dastlabki bosqichida ishtirok etish uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.

Start olgan xalqaro trek maqsadi - yoshlar va talabalar turizmini rivojlantirish hamda ishtirokchilarni mahorat darslari, stajirovka, ishlab chiqarish amaliyotlari va qo‘shma ilmiy izlanishlar orqali kasbga singdirish uchun xorijiy davlatlar bilan transchegaraviy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.

“Ipak yoʻli” universiteti Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida turistik oqimni koʻpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar rejasining 11-bandini bajarish maqsadida yoshlar va talabalar turizmi dasturini yanada rivojlantirish boʻyicha oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari bilan Yaponiya universiteti talabalari orasida birinchi xalqaro Zoom uchrashuvi o‘tkazildi. Bu Vakayama universiteti bilan almashinuv shartnomasi orqali aloqalarimizni mustahkamlash uchun urinish edi. Biz dastlab 2019-yilda ular bilan almashuv hamkorligini o‘rnatdik, ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli so‘nggi uch yil davomida hech qanday hamkorlik chorasini topa olmadik.

Joriy yilning sentabr oyida “Tillar” kafedrasi yapon tili va madaniyati o‘qituvchisi, doktor Chiharu Tsurutani tomonidan yapon tili kursini ochish taklif qilinganida, talabalarimizning yapon tilini o‘rganishi g‘oyasi bizni almashinuv munosabatlarimizni qayta faollashtirishga undadi. Doktor Tsurutani va Xalqaro hamkorlik va reyting bo‘limi yetakchi mutaxassisi Feruza Akramova tomonidan uyushtirilgan bir qator Zoom uchrashuvlari orqali biz hozirgi kelishuvga erishdik. Biz ikki nafar talabani Vakayamaga jo‘natishni va 2023-yilda ularning talabalaridan ham tashrif buyurishini kutayapmiz.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 12 Dekabr 2022 17:44

QUTLOV

           “Ipak yo'li” sport klubi “Ipak Yo'li” Turizm va madaniy meros universiteti rahbariyati va talabalari nomidan armrestling bo‘yicha Osiyo chempionatida 75 kg gacha bo'lgan vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egallagan 4-kurs talabasi Islom Isomitdinovni qizg'in qutlaydi hamda unga  o'qish va sportda muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 09 Dekabr 2022 23:26

Mukofot muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etilgan edi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori filologiya fanlari doktori, professor Eltazarov Jo‘liboy Danabayevich mamlakatimiz ilm-fan salohiyatini yuksaltirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissasi uchun “O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Esdalik nishoni O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirining investitsiyalar, turizm klasterlari va litsenziyalash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nusratilla Zikrillayev tomonidan topshirildi. 

Kategoriya Yuksak e'tirof
Chorshanba, 07 Dekabr 2022 19:05

Konstitutsiyamiz 30 yoshda!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning
7-dekabr sanasida “8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi” hamda Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan “Harbiy-vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda universitet xodimlari, talabalar, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi 29080 harbiy qism harbiy xizmatchilari, orkestr jamoalari ishtirok etib, harbiy xizmatchilar tomonidan vatanparvarlik ruhini oshirishga xizmat qiluvchi qo‘l jangi usullaridagi chiqishlari hamda universitet talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarni bayram ishtirokchilariga namoyish etildi.
Hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotganini barchamiz yuksak qadrlaymiz.

Kategoriya Yangiliklar

Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2022-2023-o‘quv yili uchun quyida fanlar uchun o‘zbek, rus va ingliz tilida dars mashg‘ulotlari olib borish tajribasiga ega yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni ishga taklif etadi:

  • Turizm asoslari (o‘zbek va rus tilida);
  • Iqtisodiyot nazariyasi (o‘zbek va rus tilida);
  • Turizm huquqi (o‘zbek va rus tilida);
  • Amaliy matematika (o‘zbek va rus tilida);
  • Iqtisodiyotda axborot komunikatsion texnologiyalar va tizimlar (o‘zbek va rus tilida);
  • Menejmentga kirish (o‘zbek va rus tilida);
  • Mehmonxona boshqaruvi;
  • Sayohat xizmatlarini tashkil qilish va boshqarish (o‘zbek va rus tilida);
  • Tadbirlarni boshqarish (o‘zbek va rus tilida);
  • Iqtisod (o‘zbek va rus tilida);
  • Marketing (o‘zbek va rus tilida);
  • Buxgalteriya (o‘zbek va rus tilida);
  • Logistika (ingliz tilida)
  • Iqtisodiyot asoslari (ingliz tilida);

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • PhD yoki DSc ilmiy darajasi (agar mavjud bo‘lsa);
  • nomzodning ingliz, oʻzbek yoki rus tillaridagi CV/rezumesi;
  • ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat;
  • taʼlim sohasida eng kamida 2 yillik tajribaga ega boʻlish;
  • kompyuter va elektron qurilmalardan erkin foydalana olish.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilarni quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlaydi:

  • barqaror maosh (oylik ustama haqi bilan);
  • istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati;
  • xorij davlatlariga xizmat safari.

Ish tartibi: dushanbadan jumaga qadar (soat 09:00 dan 18:00 gacha).

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlardan quyidagi hujjatlar yig‘ma jildini Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishi so‘raladi:

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2023-yil 8-yanvar.

Murojaat uchun telefon: +99866-240-67-73, +99866-240-67-68, +99899-600-99-09

Kategoriya E'lonlar
Seshanba, 06 Dekabr 2022 18:43

Zo‘ravonliksiz hayot sari!

Joriy yilning 5 dekabr kunida dunyo bo‘ylab, jumladan mamlakatimizda keng miqyosda olib borilayotgan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va psixolog D.Turdieva talabalar turar-joyiga tashrif buyurib, ma’anviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi. Unda xorijlik talabalar, ya’ni Eron, Hindiston, Malayziya, Tojikistondan o‘qishga kelgan qizlar ham ishtirok etishdi.

M.Abbasova gender tenglik mavzusi yuzasidan tushunchalar berib, O‘zbekiston Qomusida belgilangan va ayollarni himoya qilishga qaratilgan qonunlar haqida so‘zladi va yig‘ilganlarni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi bilan qutladi. Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, uning qurbonlari bo‘lgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha qabul qilingan 8 ta normativ-huquqiy hujjat haqida so‘z yuritib, shulardan ikkitasi qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuvda talaba qizlarni qiynayotgan dolzarb ijtimoiy masalalar muhokama qilindi.

Universitet psixologi D.Turdieva qizlarning psixologik holati, ruhiy kechinmalari bilan bog‘liq savollariga javob berdi. “Hammasi o‘z qo‘lingizda!” motivatsion treningi barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 06 Dekabr 2022 13:36

Yil talabasi - 2022

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o'tkazilgan "Yil talabasi - 2022" tanlovi bo’yicha Sultonov Shohruh 1-o'rinni, Mustafaqulova Sabina 2-o'rinni, 3-o'rinni Amirulloyev Shodiyorlar qo'lga kiritdi.

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o'qituvchisi Akramova Taxmina Kamiljonovna O’zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining “Turizm fidoyisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Universitet ma’muriyati hamda barcha o’qituvchi va talabalar nomidan tabriklab, keyingi ishlariga omad tilaymiz!

Kategoriya Yuksak e'tirof
3 dan 4 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar