Yangiliklar: Mart 2022

Payshanba, 03 Mart 2022 15:12

Psixologik farovonlikka erishamiz!

 Joriy yilning 2-mart kuni “Yaqinlarga mehr va muhabbat ulashish” kuni doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva tomonidan motivatsion trening tashkil etildi.

    Afsuski, bugungi kunda insoniy his-tuyg‘ular va axloqiy fazilatlar tobora o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Hayot tashvishlari, kundalik muammolar odamlarni butkul holdan toydirmoqda, ko‘pchilik emotsional beqarorlik, hissiy charchash - yonishni boshidan kechirmoqda. Shuning uchun bugungi kunda psixologik farovonlikka erishish juda muhimdir.

    Bugungi trening maqsadi: ijobiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, nazorat qilish qobiliyatini shakllantirish, ijobiy his-tuyg‘ularni yaratish, stressdan xalos bo‘lish, hissiy barqarorlikni rivojlantirish, o‘ziga ishonch hissini paydo qilish, bir-biriga do‘stona munosabatda bo‘lish, o‘zini omad, baxt, ezgulik, mehr-muhabbat, tinchlik va muvaffaqiyatga dasturlashni o‘rganish.

    Trening davomida psixolog Dildora Turdiyeva tomonidan bir qancha qiziqarli psixologik eksperimentlar, o‘yinlar, affirmatsiya seansi o‘tkazilib, yig‘ilganlarning umumiy kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qildi. Motivatsion trening interaktiv shaklda o‘tkazildi, taklif va shaxsiy fikrlar tinglandi.

    Relaksatsion musiqa va kofe-breyk o‘rin olgan tadbir iliq va samimiy do‘stona muhitda o‘tdi va barcha ishtirokchilarda ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otdi. Bir so‘z bilan aytganda, oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishildi!

Kategoriya Yangiliklar

Sizlarni kirib kelayotgan  8 mart — Xalqaro xotin  qizlar kuni bayrami munosabati  bilan  chin  ko‘nglimizdan tabriklab, sizlarni 4-mart kuni, soat 14.00 da universitet Faollar zalida, bayram munosabati bilan tashkil etilayotgan “Ayollari ardoqlangan yurt” bayram-konсertiga taklif qilamiz!

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 28-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining majlislar zalida universitetning xotin-qizlar uchun “Xodim odob-axloqi, uning imidji va unga qo‘yiladigan talablar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo’limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda bo’lim boshlig‘i N.Abduvohidova so’zga chiqdi va  so‘nggi yillarda universitet xodimlarining imijiga, odob-axloq qoidalariga to’liq rioya etilishiga katta e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o’tdi.  Ta'lim muhitida ishtirok etuvchi shaxslarning axloqiy xulq-atvor tamoyillari va normalarini asoslanishga alohida ahamiyat berilayotgani qayd etildi.

Seminarda ishtirok etgan universitetning xotin-qizlar jamoasi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 2-mart kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universiteti negizida turizm va servis kasb-hunar kollejlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha tadbirlarni amalga oshirishni muhokama qilish, shuningdek, ushbu sohada

amalga oshirilayotgan ishlarni hamda kutilayotgan natijalarni muhokama qilish va keyingi qadamlarni rejalashtirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda GIZ loyihasi menejeri Beate Shorait ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining vakili, mehmondo‘stlik va barqaror turizm sohasidagi xalqaro eksperti Maeve O’Brien, "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari, shuningdek, Toshkent, Andijon, Marg‘ilon va Xiva turizm va servis kasb-hunar kollejlari rahbarlari ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuv davomida turizm sohasida ixtisoslashtirilgan adabiyotlarni turizm va servis kasb-hunar kollejlarining kutubxona fondiga topshirish rasmiy marosimi tashkil etildi.

GIZning “O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda loyiha doirasidagi pilot hududlarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda bir qator tadbirlar amalga oshiriladi:

 1) 3 ta turizm va servis kasb-hunar kollejini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, ushbu kolejlar o’quv tizimiga dual o’qitish tizim elementlarini joriy etishga ko‘maklashish;

2)  Qoraqalpog‘istonda turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

3)  Farg‘ona vodiysida turizmni rivojlantirish bo’yicha:

− Mahalliy jamiyatga asoslangan turizmni rivojlantirish (CBT pilot loyihasi);

− Xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar salohiyatini oshirish;

− Farg‘ona vodiysining turizm salohiyatini targ‘ib qilish;

− Hunarmandchilik salohiyatini targ‘ib qilish.

Loyiha haqida qisqacha ma’lumot

“O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi 2021-yil iyun oyidan boshlab amalga oshirilib kelinmoqda va hozirda O‘zbekistonning 5 ta hududida qishloq xo‘jaligida qiymat qo‘shilish zanjirini rivojlantirish (ya’ni organik mevalar yetishtirish, sertifikatlashtirish, baliq yetishtirish va chorvachilik), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi

akademiyasi bilan hamkorlik qilish, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda ish olib bormoqda.

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil II-chorak mustaqil izlanuvchilar uchun 28-fevral kuni o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi

Natijalar

Kategoriya E'lonlar

Oʼzbek sheʼriyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligi munosabati bilan 1 mart kuni «Ipak yoʼli» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbirni universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Аbbosova kirish soʼzi bilan ochib berdib barchani bahor ayyomi, yangilanish fasli bilan tabrikladi. Shuningdek, tadbirda soʼz olgan Turizm menedjmenti fakulьteti boshligʼi Raʼno Toshniyozova shoiraning benazir sheʼriyati haqida toʼxtalib oʼtdi. Shoiraning betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuygʼusini, olijanob insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum qilgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti hamda ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga qoʼshgan ulkan hissasi eʼtirof etildi. Tadbirda shoira Zulfiya ijodidan parchalar oʼqildi. Ona Vatanni, bahorni tarannum etuvchi sheʼrlari yangradi.

“Ushbu tadbirdan koʼzlangan asosiy maqsad, albatta, talaba-qizlar qalbida oʼz ajdodlaridan faxrlanish va ularga munosib voris boʼlishga intilish tuygʼusini jo etish, hayot chorrahalarida matonatli, jasoratli boʼlish, vafodorlik kabi tuygʼularni shakllantirishdan iboratdir. Bunday tadbirlar talabalarni mustaqil fikrlashga, tanqidiy fikrini rivojlantirishga, mustaqil mutolaaga, mulohaza qilishga oʼrgatadi, jamoat boʼlib ishlash muhitini yaratadi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bunday tadbirlar tufayli ilm istagi hamda dam olish uygʼunlashadi, talabalarning boʼsh vaqtlari mazmunli oʼtishiga munosib hissa qoʼshadi,- deydi Yoshlar bilan bilan mahallabay ishlash va tadbirlar boʼlimi boshligʼi N.Аbduvaxidova.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 01 Mart 2022 18:06

Maktablar bilan hamkorlik

Joriy yilning 1-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga Samarqand shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 10 – “V” sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida ularga o‘quv-ishlab chiqarish kompleksiga kiruvchi mehmonxona xonalari, bar-restoran; ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan va 250 kishiga mo‘ljallangan konferens-zal; kafeteriy usulida qayta ta’mirlangan oshxona; universal sport zali; shuningdek, kutubxona va suv havzasi namoyish etilib, batafsil ma’lumotlar berildi.

#5_MUHIM_TASHABBUS_AMALDA

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil 1-mart kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamda Sport klubi raisi o‘rinbosari Z.Kafiyev  tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va ularning ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida yotoqxonada istiqomat qiladigan  talabalar  o‘rtasida "Voleybol" bo‘yicha  musobaqa  o‘tkazildi.

#5_MUHIM_TASHABBUS_AMALDA

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi "Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi PF-4958-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 304-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida"gi Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 28-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchilika qabul qilish bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi.

Kategoriya Yangiliklar
4 dan 4 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar