Yangiliklar: Aprel 2022

Bugun 2022-yil 7-aprel kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi o'tkazilmoqda. Erta tongdan boshlab universitet professor-o'qituvchilari va ma'muriyati har qanday millat madaniyatining ajralmas qismi bo'lgan milliy liboslarda kiyinishgan. Bu, nafaqat, kiyim-kechak, balki butun xalq haqida ma’lumot berishi mumkin bo’lgan o’lkan dostondir. Uni  urf-odatlar kabi himoya qilish kerak.

Ushbu tadbirning maqsadi milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirishdan iborat.

Kategoriya Yangiliklar

Talabalarning boʼsh vaqtini unumli oʼtkazish maqsadida «Ipak yoʼli» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2022-yil 6-aprel “Zakovat” intellektual oʼyini tashkil etildi. Bu galgi bahslarda 12 ta jamoa oʼzaro bellashdi.

Haftalik o’yinlar davom etmoqda.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 07 Aprel 2022 14:57

Universitet kutubxonasida Xitoy burchagi

Joriy yilning 6-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasining elchi maslahatchisi Сhi Junlin boshchiligidagi vakillari "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.

Universitet bilan tanishuv jarayoni davomida maslahatchi universitetni boshqarish modeli, Buyuk Ipak yo'lining noyob tarixiy elementlari, universitet galereyalari va kutubxonalari katta taassurot uyg'otganini ta'kidladi

Shuningdek, tashrif davomida "Ipak yo'li" universiteti kutubxonasi zalida Xitoy Xalq Respublikasi elchixona maslahatchisi va universitetning birinchi prorektori J. Eltazarov ishtirokida Xitoy burchagi ochildi.

Xitoy maslahatchisi ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik ko'plab sohalarda, jumladan, madaniy, gumanitar va ta'lim sohalarida izchil rivojlanib borayotganini va davlatlarimiz rahbarlari o'rtasida erishilgan kelishuvlar buning uchun muhim asos ekanini ta'kidladi.

Ta'kidlash joizki, joriy yilda Xitoy burchagi 500 dan ortiq o'quv va badiiy adabiyotlar, sayyohlik sohasini qamrab olgan darsliklar, didaktik materiallar, xitoy tilini o'qitishning zamonaviy texnologiyalariga oid qo’llanmalar hamda madaniyat va madaniy merosni asrashga oid kitoblar bilan jihozlanadi.

Tashrif yakunida tomonlar esdalik sovg'alari taqdim etishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 5- aprel kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi professor-o'qituvchilari M.A. Boymatova, U. Yu. Abduvaxabova, T.K.Akramova hamda M.K.Yakubova tomonidan “Kitob-ma'naviyat ko'zgusi” mavzusida birinchi kurs talabalari uchun ochiq dars shaklida tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida talabalar o'zlari tanlagan she'rlarini ingliz tilida so'zlab berdilar, so'nggi yillarda o'qilgan kitoblar haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar. Shuningdek, aqliy hujum paytida talabalar “Book Lover” mavzusida so'z va maqollarni uslubiy tahlil qildilar.

Ochiq dars yakunida faol talabalarga diplomlar topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 05 Aprel 2022 17:00

Dolzarb mavzular bo'yicha davra suhbati

Joriy yilning 5-aprel kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro  universitetining № 1son TTJ da universitetning  birinchi prorektori J. Eltazarov, Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, tyutorlar B.Allamurodov, G.Husainovalar bilan birgalikda  "Inson qadri uchun" tamoyili, "Talaba-qizlar haq-huquqlari va sha'ni himoyada", "Internet tarmoqlari do'stmi yoki dushman"mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

         Davra suhbatida yig'ilgan talaba-qizlarga  unversitetning birinchi prorektori J.Eltazarov tomonidan 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning  mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida, ayniqsa, ta'lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, M. Abbasova tomonidan ularning qonuniy haq-huquqlari, oila sha'ni, obro'si hamma narsadan ustun ekanligi, bugungu kunga hayotimizni, ayniqsa, yoshlar hayotini internet tarmoqlarisiz tasavvur qila olmasliklari to'g'risida alohida to'xtalib o'tildi va bu mavzular  borasida fikr va mulohazalar o'rtaga tashlandi.

Bundan tashqari, talaba-qizlarga tazyiq va zo'ravonlikka qarshi kurashish, jamiyatimizdagi ushbu xunuk illatlarning oldini olish maqsadida anonim so'rovnoma tarqatildi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 04 Aprel 2022 16:22

Ishga joylashish bo'yicha seminarlar

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 4-aprel kuni “Mehnat yarmarkasi” o’tkazildi. Universitet talabalari uchun turistik majmua “SilkRoadSamarkand”, “Viloyat mehnat bandligi bosh boshqarmasi” va “Sogda-tour” turistik agentligi o’z taqdimotlarini namoyish etdilar.   Seminar davomida vakant o’rinlar hamda bandlikni ta’minlash to’g’risida to’liq ma’lumot berildi.

Kategoriya Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oliy ta'lim muassasalari talabalari bandligini ta'minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 4-aprel kuni Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universitetida “Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada restoran va mehmonxona biznesi vakillari, aeroport, sayyohlik markazi, muzeylarni boshqarish, Registon ansambli va boshqa tashkilotlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad turizm sohasida xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va malakali kadrlar bilan bandligini ta'minlash, shuningdek, talabalarni ish bilan ta’minlash, ularni band qilish, doimiy daromad manbaini topishlariga ko’maklashish, shu jumladan, ish beruvchilar bilan bevosita aloqada bo'lishga keng jalb etishdir.

Tadbir davomida barcha tashkilotlar universitet talabalari va bitiruvchilari uchun vakansiyalar banki bilan tanishish va ishga joylashish imkoniyatlari va shartlarini mustaqil ravishda tanlash uchun taqdimot o'tkazdilar.

Kategoriya Vakant lavozimlar

“Yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim”.

Sh.Mirziyoyev

Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil yetish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti uchun dasturulamal bo‘lmoqda.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, talabalarni kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.

2022-yil 1-aprel kuni “Ipak yo’li” universitetida talabalari tashabbusi bilan  R.Toshniyozova rahbarligida  tashkil etilgan "Kitobsevarlar jamiyati" klubining navbatdagi uchrashuvida  Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romanining muhokamasi bo'lib o'tdi.  

#kitobxonlik klubi

#besh_tashabbus

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 01 Aprel 2022 19:29

"Speaking Club" amalda

Bugun universitetimizda talabalar o'rtasida "Speaking Club" bo'lib o'tdi. Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad talabalar bilan o'zaro fikr almashish, talabalar hayotida bo'ladigan voqealar haqida suhbatlashish va, asosiysi, o'qish jarayonidagi stresslarni, biroz bo'lsa-da, bartaraf etish hisoblanadi. "Speaking Club" tashkilotchilari 204- guruh talabalari, asoschisi ushbu guruh talabasi Isroilov Hamidillo. Tadbir ortiqcha rasmiyatchilk talab etmasligi bilan ajralib turadi va yagona sharti ingliz tilda va chin dildan suhbatlashishdir. "Speaking Club" har juma kuni soat 12.00 da bo'lib o’tadi.

Kategoriya Yangiliklar
6 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar