Yangiliklar: Sentyabr 2022

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida 2022-yil 28-sentyabr kuni soat 10:00 da “Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondashuv, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar” mavzusidagi IV Respublika yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Anjumanda sohada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

Kategoriya E'lonlar

Ushbu konferensiyada soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar va talabalar o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiyaga maqola va tezislar 2022-yilning 20-sentyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 9908734962

Kategoriya E'lonlar

Tanlovning asosiy maqsadi –  talabalar  o'rtasida  badiiy  asarlarning hayotimizdagi  o'rni  va  ahamiyatini targ'ib  qilish  orqali  yoshlarimizni  har  tomonlama sog'lom  va  barkamol  etib  tarbiyalash,  ulaming kitobdan  foydalanishlari  uchun  shartsharoitlar  yaratish,  mustaqil  va  erkin  fikrga  ega  iste'dodli  yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan  iborat.  Tanlovning  barcha bosqichlari quyidagi tartibda  o’tkaziladi:

"Eng bilimdon  kitobxon"  sharti  (test  shaklida).

Bunda, tanlov ishtirokchilari o'rtasida test (50 ta  savoldan iborat)  o’tkaziladi.

"Annotatsiya  mahorati"  sharti.

Bunda, ishtirokchi  tomonidan  "Men  yoqtirgan  asar"  nomi  ostida  o’zi  sevib  o’qigan asar  bo'yicha  qisqacha  ma'lumotlar – annotatsiya  beriladi.

"Kitobxonlik  va  mutolaa  madaniyatini keng  targ’ib  etish"  sharti.

 Bunda,  ishtirokchi  tomonidan  kitobxonlik  va mutolaa  madaniyatini targ'ib  etish jarayoni amalga  oshiriladi.

“Eng yaxshi kitobxon talaba” respublika ko'rik-tanlovining universitet bosqichi g'oliblari aniqlandi.

1-o'rin. Rahimova Umida (2-bosqich talabasi);

2-o'rin. Abdullayeva Shirin (3-bosqich talabasi);

3-o'rin. Rabbimqilova Ra'no (2-bosqich talabasi). G'olib talabalarimizni samimiy qutlaymiz hamda keyingi bosqichlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Kategoriya Yangiliklar

DAAD tomonidan moliyalashtiriladigan Ostpartnerschaften loyihasi doirasida 2023-yil may/iyun oylarida Germaniyada bir yoki ikki oylik tadqiqot uchun oyiga 1200 evro miqdoridagi stipendiya (faqat PhD talabalari uchun) taqdim etiladi.

Loyiha boshqaruvi: Prof.Dr.T.Thimm

Tanlangan PhD-talabalar HTWG tadqiqot loyihalariga jalb etiladi, misol uchun ma'lumotlar yig‘ish; hammualliflikdagi maqola nashri ko‘rib chiqilishi mumkin. Bundan tashqari, tanlangan PhD-talabalar o‘zlarining tadqiqotlari haqida gapirib berish uchun HTWG Konstanz seminarlariga taklif qilinadilar.

Tanlov mezoni: motivatsion xatning o‘ziga xosligi. Tanlov komissiyasi professor doktor Gunnar Shubert, professor Xanno Langveg, professor Tatjana Thimm (barchasi HTWG Konstanz)dan iborat.

31.10.2022 ga qadar Geraldine Kortmann xonimga arizalar (jumladan motivatsiya xati, rezyume va ingliz tili B2 darajasini tasdiqlovchi hujjat): Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра..  Grant egasidan 2023 yilda HTWG tomonidan tashkil etilgan raqamli yoki shaxsiy tadbirda o‘z bo‘lish natijalarini taqdim etishi so‘raladi. Bundan tashqari, tadqiqot bo‘yicha bir sahifalik hisobot so‘raladi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 4-9 sentyabr kunlari "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari Moskvada bo‘lib o‘tgan yoshlar va talabalar turizmini rivojlantirish dasturining birinchi xalqaro trekida ishtirok etishdi.

Tadbir davomida talabalar Rossiya davlat turizm va xizmat ko‘rsatish universitetida “Yozgi turizm va mehmondo‘stlik maktabi” kursini to‘liq tingladilar. Kursni tugatgandan so‘ng talabalar sertifikatlar oldilar.

Shuningdek, Rossiya davlat turizm va xizmat ko‘rsatish universiteti mehmonxona biznesining eng yaxshi mutaxassislari talabalar uchun Moskvadagi Ararat Park Hayat mehmonxonasida amaliy mashg’ulot o‘tkazdilar.

Ta'kidlash joizki, “Ipak yo‘li” universiteti ma’muriyati Rossiya davlat turizm va xizmat ko‘rsatish universiteti rektori F.A.Alekseevich bilan ham uchrashdi. Yoshlar va talabalar turizmini rivojlantirish dasturi doirasida akademik almashinuvni rivojlantirish, bakalavrlar va professor-o‘qituvchilar tarkibini birgalikda tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma ilmiy loyihalar va ilmiy-tadqiqot dasturlarini tashkil etish, qo‘shma seminarlar va ilmiy-amaliy konferentsiyalar o‘tkazish va ularga boshqa manfaatdor tomonlarni jalb etish bilan qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 9 sentyabr kuni Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammitida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Indoneziya Xalq vakillari Kengashi raisi Puan Maxarani boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, nafaqat ta’lim sohasida, balki turizm sohasida ham O‘zbekiston-Indoneziya munosabatlarini rivojlantirish uchun “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishishdan iborat.

Faxriy mehmonni Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vaziri, "Ipak yo‘li" universiteti rektori A. Abduhakimov kutib oldi.

Aziz Abduhakimov hamrohligida professor Puan Maharani universitet faoliyati bilan tanishdi, unga xalqaro universitetlar va sayyohlik tashkilotlari bilan hamkorlik natijalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni, xususan turizm bo‘yicha ikki tomon uchun manfaatli tur paketlarni tashkil etish bo‘yicha muloqot o‘tkazildi.

Ta'kidlash joizki, mehmonlarda madaniy merosni asrab-avaylashga bag‘ishlangan noyob kitoblar to‘plamini o‘z ichiga olgan universitet kutubxonasi katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori Aziz Abduhakimovning sa’y-harakatlari bilan turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, rasm san’ati, haykaltaroshlik, arxitektura, madaniy meros kabi yo‘nalishlar bo‘yicha eng qisqa vaqt ichida kutubxonaga 20 mingga yaqin dunyoning barcha burchaklarida nashr etilgan kitob yetkazib berildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 7-sentabr kuni “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros  universitetida Birinchi Oʻzbekiston-Isroil akademik forumi boʻlib oʻtdi.

Mazkur forumda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduhakimov, Oliy Majlis Senati aʼzosi, professor Rustam Xolmurodov, Samarqand davlat universiteti rektori, Isroilning O‘zbekiston va Tojikistondagi elchisi Ben-Hillel Zehavit xonim, Xolon texnologiya universiteti rektori professor Eduard Yakubov va Xolon universiteti professorlari ishtirok etdi.

Aziz Abduhakimov forumni rasman ochib berarkan, Isroil oliy oʻquv yurtlari, jumladan, Xolon texnologik universiteti bilan kelajakdagi hamkorlik muhimligini taʼkidladi. Rektor Isroil va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sur’atlarini oshirishga alohida e’tibor qaratib, bunda talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalar ustida ish olib borilayotgani muhim ekanligini ta'kidladi.

Bundan tashqari, Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ShHT sammiti arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Samarqand ruhini aks ettirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida gapirdi.

Xolon texnologik universiteti rektori professor Eduard Yakubov o‘z nutqida barcha forum ishtirokchilariga minnatdorlik bildirib, Isroil va O‘zbekiston o'rtasidagi o'zaro hamkorlik  turizmni rivojlantirish va ikki mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilganligini ta’kidladi.

Birinchi Isroil-O‘zbekiston akademik forumi madaniy meros va turizm, innovatsion texnologiyalar, axborot, kompyuter va muzey texnologiyalariga bag‘ishlandi.

Ushbu forumning maqsadi Isroil, BAA va Markaziy Osiyo davlatlaridan oliy taʼlim, sanoat va jamiyat vakillarini hamda innovatsiyalar, akademik doiralar, sanoat, sogʻliqni saqlash va atrof-muhit sohalaridagi Oʻzbekistonning yuqori martabali vakillarini birlashtirishdan iborat.

Konferensiya ishtirokchilari hamkorlikni yanada rivojlantirish, fan va texnologiya, sun'iy intellekt, mashinalarni o'rganish va katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish hamda amaliy matematika, raqamli tibbiy texnologiyalar, madaniy meros va turizm, ta’lim, elektron ta’lim texnologiyalari va boshqa sohalarda yangi tendensiyalar borasida fikr almashishdi.

Ma'lumot uchun, Birinchi O‘zbekiston-Isroil akademik forumining allaqachon Toshkent va Buxoroda o‘tkazilgani muhim ahamiyatga ega.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 05 Sentyabr 2022 17:56

Hurmatli birinchi kurs talabalari!!!

Joriy yilning 10-sentabriga qadar (shu kuni ham) quyidagi hujjatlarni universitet qabul komissiyasiga taqdim qilishlaringizni so‘raymiz.

1. Pasport nusxasi (3 dona);

2. Attestat yoki diplom (asli);

3. IELTS sertifikati (asli, agar mavjud bo'lsa);

4. 3,5 × 4,5 o‘lchamdagi 12 ta rasm;

5. DTM tomonidan berilgan abituriyent ruxsatnomasi;

6. DTM tomonidan berilgan javoblar varaqasi;

7. Konvert (1 dona);

8. Qog’oz uchun papka.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun universitet qabul komissiyasining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz:

+998662406770

+998662408616

+998662406786

+998662408606

Kategoriya E'lonlar

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ga aʼzo mamlakatlarning yetakchi inflyuenserlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi va Samarqand shahridagi “Ipak yoʼli” xalqaro turizm va madaniy meros​ universitetida Bosh vazir oʼrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri. rector Аziz Аbduhakimov bilan uchrashishdi.

Аziz Аbduhakimov ular bilan muloqot qilar ekan, Oʼzbekistondagi turizm sohasidagi islohotlar hamda ShHT sammiti oldidan Samarqand ruhini aks ettirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli ishlar haqida maʼlumot berdi.

Tashkillashtirilgan ekskursiya davomida inflyuenserlari noyob smart-kampus va universitetning innovatsion kutubxonasi bilan tanishdi. O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining tarixini aks etgan galereyalar va universitet kutubxonasi katta taassurot qoldirdi.

“O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining sohaviy taʼlimga oid resurslari bilan mavjud kamchiliklar bartaraf qilinishiga shubha yo‘q. Turizm sohasi yildan yilga faqat yaxshi bo‘lishiga ishonaman”, - deydi Rossiya Federatsiyasi vakili – Butunjahon peterburgliklar klubi va Rus geografik hamjamiyati aʼzosi Vladimir Dervenyov. Shuningdek, u muloqot davomida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti kutubxonasiga “Город верит” nomli mualliflik kitobini sovgʼa qildi.

Bundan tashqari, Qirgʼiziston vakili – taniqli bloger Аdelet Nogoybaev ham universitet haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Universitetda juda yaxshi sharoit yaratilgan. Har bir xona zamonaviy jihozlangan. Bu yerda yetarlicha ta’lim olish uchun hamma imkoniyat bor", – dedi bloger.

Pokiston vakili - taniqli blogger Sana Tosif o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi: "Bilasizmi, biz sizning sayyohlik universitetingizga tashrif buyurganimizda, bu bizning kutganimizdan ham oshib ketdi, bu ajoyib! Bu biz ko‘rgan eng zamonaviy universitetlardan biri va bizga bu Markaziy Osiyodagi turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi universitet ekanligini aytishdi. Sizning hukumatingizning ajoyib tashabbuslari va qo‘llab-quvvatlash aniq! Biz sizning mamlakatingizga yana sayyoh sifatida tashrif buyurishni xohlaymiz. Mehmondo‘stligingiz uchun yana bir bor katta rahmat!».

Inflyuenserlar, o‘z o‘rnida, Oʼzbekistonning Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida boʼlib, sohadagi oʼzgarishlarga shaxsan guvoh boʼlganliklarini taʼkidlashdi hamda islohotlarni yuqori baholashdi. 

Kategoriya Yangiliklar

Hurmatli hamkasbimiz Odil Fayzullayevich Boynazarovni falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz. Odil Fayzullayevichga kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida bundan-da yuqori marralarni zabt etishni tilaymiz.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 4 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar